Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 3 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-3-734-737
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
734
March, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
YUK OQIMLARINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Dilnoza Botirali qizi Abdurasulova
TATU FF “Dasturiy injiniringi” kafedrasi assistenti
Maqsadxon Sultaniyazovich Yakubov
TATU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yuk oqimlarini boshqarishning ananaviy va o‟ziga hos
xususiyatlari haqida so‟z borgan. Shuningdek xalqaro
va mahalliy mahsulot
aylanmalarining bajarilish tuzilmasi haqida ham so‟z borgan.
Kalit so’zlar:
logistika, konsalting, transport, iste‟molchi.
KIRISH
Dunyo miqyosida ishlab chiqarish va sanot maxsulotlari hajmi ortib borar
ekan, shu bilan birgalikda avtomobil yo‟llari, mahsulotlarni
yetkazib berishning
barcha katta hamda kichik sohalariga talab ortib boraveradi. Bundan kelib chiqadiki
yuk oqimlarini nazorat qilish va samaradorligini oshirish dolzarb masalaga aylanadi.
Deyarli barcha soxalar uchun zarur bo‟lgan homashyoga extiyojni to‟laqonli
qondirish va umumiy tizim ishlab chiqish zarurati paydo bo‟ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Iqtisodiyotning rivojlanib borishi bir mamlakatdagi
mahsulotni boshqa
mamlakatga yetkazib berish, import-ekport jarayonlarini
sifatli darajada amalga
oshirish esa bizdan logistika sohasini rivojlantirishni talab qiladi.
Logistik konsalting
• mijozning axborot va ishlab chiqarish sohasidagi joriy holatini tahlil qilish;
• eng maqbul axborotni tashkil etishning to'liq sxemalarini ishlab chiqish va
mijozning xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish
logistikasi oqimlari;
• moliyaviy va tahliliy
hisobotlarni tayyorlash, shuningdek,
hisob-kitoblar va
investitsiyalar, ishlab chiqarish birligiga to'g'ri keladigan logistika maydoni;
• bozor kon'yunkturasi to'g'risida axborot va tahliliy
ma'lumotlarni taqdim etish;