|
Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar. Reja: Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar
|
Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 67,9 Kb. | | #119242 |
Bog'liq yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar
Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar.
Reja:
1. Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar.
2. Xalqaro tadbirlarda 60 ta davlat va 5 ta xalqaro tashkilotdan jami 400 dan ziyod taniqli siyosat va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari va ekspertlari, jumladan,
3. Xorijlik ma'ruzachilar tomonidan O'zbekiston Markaziy Osiyoning yangi “kuchli yo'lbars”iga, mintaqamiz barqaror rivojining drayveriga aylanayotgani yuksak baholandi.
4. Xorijiy ekspertlar O'zbekiston Inson taraqqiyoti indeksi–2022 bo'yicha 0,727 indeks qiymati bilan 2020 yil hisobotiga nisbatan o'z reytingini besh pog'onaga yaxshilaganiga e'tibor qaratdi.
Joriy yil 3–7 iyul kunlari “Yangi O'zbekistonda taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusida Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi o'tkazildi.
Haftalik doirasida fuqarolik jamiyati institutlari, tadqiqot va tahliliy markazlar, biznes hamjamiyat tomonidan 300 dan ortiq xorijiy hamkorlar bilan birgalikda 8 ta xalqaro anjuman va 50 dan ziyod konferensiya, seminar, davra suhbati va amaliy muloqotlar tashkil etildi.
Xalqaro tadbirlarda 60 ta davlat va 5 ta xalqaro tashkilotdan jami 400 dan ziyod taniqli siyosat va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari va ekspertlari, jumladan, 203 nafar xorijiy tashkilot, kompaniya va assotsiatsiya boshliqlari, 70 dan ziyod nufuzli universitetlar, tadqiqot markazlari rektorlari, prezidentlari, direktorlari va boshqalar ishtirok etdi. Shuningdek, 10 mingdan ziyod milliy siyosatchi, olimlar, biznes hamjamiyati, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qatnashdi.
Birgina yangi “Ivent xoll” markazida o'tgan xalqaro anjumanlarda 17 ta umumiy yig'ilish va qator uchrashuvlar tashkil etilib, 160 dan ortiq, jumladan, 107 nafar xorijiy ekspert ma'ruzalar bilan ishtirok etdi. Xususan, tadbirlarda “VEON” kompaniyasi davlat organlari bilan hamkorlik bo'yicha maslahatchisi, Serbiya sobiq Prezidenti Boris Tadich, Latviya Respublikasining sobiq Prezidenti Raymonds Veyonis, Gruziya sobiq Prezidenti Georgiy Margvelashvili, Qirg'iz Respublikasi sobiq Bosh vaziri Djuumart Otarbaev, Moldova Respublikasi sobiq Bosh vaziri Kiril Gaburichi, BMTning Xalqaro elektraloqa ittifoqi sobiq bosh kotibi (2007–2014) Hamadun Ture, Ruminiya raqobat organi prezidenti Bogdan Kirisu, Tashqi siyosat bo'yicha AQSh Milliy qo'mitasi prezidenti va Bosh direktori Syuzen Elliott, “NCAFP “ACWA Power” kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Abid Malik, “ACIR” kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Migel De La Kruz, “Smart Workers Ltd” kompaniyasi bosh direktori Djani Xavunun, “Japan Regio Sahou Association” kompaniyasi prezidenti (Yaponiya) Norio Amemiya, “Work Global Canada Inc” kompaniyasi prezidenti (Kanada) Pol Shelliy va boshqalar qatnashdi. Shuning o'zi ham ushbu tadbirlar qanchalik nufuzli ekanini ko'rsatib turibdi.
Tadbirlarda mamlakatimizdagi so'nggi 6,5 yilda yuzaga kelgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy makon, O'zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari atroflicha muhokama qilindi.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o'rni va mavqei ortib borayotgani, yangi O'zbekiston – inson qadri, huquq va manfaatlari himoyalanadigan ijtimoiy davlat, ochiq fuqarolik jamiyatiga aylanib borayotgani e'tirof etildi. Yangi O'zbekistonning dunyoga, dunyoning esa O'zbekistonga ochilganiga alohida urg'u berildi.
Xorijlik ma'ruzachilar tomonidan O'zbekiston Markaziy Osiyoning yangi “kuchli yo'lbars”iga, mintaqamiz barqaror rivojining drayveriga aylanayotgani yuksak baholandi.
Yangi O'zbekistonning global va mintaqaviy tashabbuslari nafaqat Markaziy Osiyo, balki boshqa turli mintaqalarning barqaror rivoji va xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilayotgani ko'rsatib o'tildi. Ushbu tashabbuslar asosida birgina BMT Bosh Assambleyasining 10 dan ziyod rezolyutsiyasi qabul qilingani e'tirof etildi. Zero, BMT tomonidan dunyoda juda kamdan kam davlatlar rahbarlarining 6 yil ichida 10 tashabbusi bo'yicha rezolyutsiyalar qabul qilingan.
Quyida xorijiy ishtirokchilari tomonidan bildirilgan ayrim xulosalarni keltiramiz.
Birinchi. Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarning bosh bog'lovchi bo'g'inini, o'zagini yangi O'zbekistonda “Inson qadri uchun”, “Avval inson – keyin jamiyat va davlat”, “Hech kim ortda qolmaslik” g'oyalari tashkil etadi. O'zbekiston tarixda ilk marotaba BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo bo'lishi – mamlakatda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining jahon hamjamiyati tomonidan e'tirofidir.
Yangi O'zbekistonda “Inson qadri uchun” g'oyasi, har qanday shaxsning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati, boshqa daxlsiz huquqlarini joyiga qo'yish, ulug'lash hamda mamlakatning har bir fuqarosi uchun tinch va xavfsiz hayotni, malakali tibbiy xizmat, sifatli ta'lim, kuchli va manzilli ijtimoiy himoya va sog'lom ekologik muhit ta'minlanishini, munosib turmush sharoitini yaratishni nazarda tutishi alohida e'tirof etildi va yuksak baholandi.
Ekspertlar ta'kidlashicha, qatorasiga beshinchi yildirki Qonun ustuvorligi indeksida davlatlar reytingi jahon miqyosida pasayib borayotganiga qaramay, O'zbekiston 2022 yilda ko'rsatkichi oshayotgan davlatlar qatoriga kirdi va 7 pog'onaga ko'tarilib, 140 davlat orasida 78-o'rinni egalladi.
Bugunda inson qadri ulug'lanadigan Yangi O'zbekiston g'oyasini hayotga tatbiq etish – umummilliy harakatga aylangan. Fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, turli sohalarning ekspertlari bilan uchrashuvlar fuqarolar islohotlarni nafaqat to'la qo'llab-quvvatlayotgani, balki yangi O'zbekistonning o'z kuchi va iqtidoriga tayanib barpo etayotgan faol va jipslashgan ijtimoiy kuch ekanini namoyish etmoqda.
Ikkinchi. Yangi O'zbekistonni dunyoning taraqqiy topgan, ijtimoiy-iqtisodiy barqaror o'sayotgan va inson kapitali yuqori bo'lgan demokratik davlatlari qatoriga kirishini ta'minlash – amaldagi islohotlarning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.
Ekspertlarning yakdil fikriga ko'ra, Yangi O'zbekiston – ijtimoiy davlat tamoyilining konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlanishi, inson qadrini yanada ulug'lash, hozirgi va kelgusi avlodlarning farovon turmushini ta'minlashga qaratilganini alohida e'tirof etish zarur. Zero, bu ikki tushuncha o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Bunday davlatda barqaror rivojlanishning muhim maqsadlari bo'lmish – ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo'llab-quvvatlash, kambag'allik va ishsizlikni qisqartirish, yoshlar va ayollar tadbirkorligiga ko'maklashish, ta'lim, sog'liqni saqlash va ma'naviy-madaniy sohalarning muntazam taraqqiy etishini ta'minlash, samarali ijtimoiy sug'urta ta'minotini yo'lga qo'yish, jamiyatda keskin ijtimoiy farqlanish va ijtimoiy tengsizlikka yo'l qo'ymaslik, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish kabi vazifalarga ustuvor ahamiyat beriladi.
Xorijlik ishtirokchilar e'tirof etishicha, agar 2018 yilda mamlakatning ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga yo'naltirilgan xarajatlari 35 trillion so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda 105,5 trillion so'mga yetdi (3 barobarga oshgan). 2023 yilda ta'lim sohasi xarajatlariga 58,4 trillion so'm, sog'liqni saqlash sohasiga 28,4 trillion so'm, madaniyat sohasiga 2,5 trillion so'm, sport sohasiga 2,3 trillion so'm va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,8 trillion so'm yo'naltirish belgilandi.
Bu so'nggi besh yil ichida ijtimoiy siyosatni izchil mustahkamlash imkonini berdi va yangi O'zbekiston “ijtimoiy davlatlar” orasida munosib o'rinni egallashiga xizmat qilmoqda.
Uchinchi. Yangi O'zbekiston — tashqi dunyoga ochiq va investitsiya kiritish uchun jozibador mamlakat.
Xorijiy ekspertlar milliy iqtisodiyotimizni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rib kelinayotganiga yuqori baho berdi.
Ularning fikriga ko'ra, jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan qiyinchiliklarga qaramasdan O'zbekistonda 2017–2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotning (YAIM) o'rtacha yillik o'sishi 5,1 foizni tashkil etgan.
Shu bilan birga, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YAIM hajmi 2020–2021 yillarda avjiga chiqqan “COVID-19” pandemiyasi sharoitida ham tadrijiy ravishda 2018 yildagi 1597 dollardan 2022 yilda 2255 dollargacha oshganki, bu kamdan kam mamlakatlarda kuzatiladigan ko'rsatkich hisobladani.
Natijada amalga oshirilgan ishlar xalqaro miqyosda e'tirof etilib, 2022 yilga kelib O'zbekiston Ochiq ma'lumotlar reytingida 191 mamlakat orasida 40-o'ringa va Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida 1-o'ringa ko'tarildi.
To'rtinchi. Yangi O'zbekiston – insonning ekologik huquqlari ta'minlanadigan, mamlakat tabiiy resurslari asrab-avaylanib, oqilona foydalanib, barqaror taraqqiyotga hizmat qiladigan davlat.
Dunyoda aniqlangan mavjud tabiiy yoqilg'i-energiya resurslari (tabiiy gaz, neft) 60–150 yil ishlatishga yetadi. Shu sababli, ko'p davlatlarda energiya xavfsizligini ta'minlash va energiya samaradorligini oshirish siyosati qo'llanilmoqda. Energetika butun dunyoda dolzarb masalaga aylanib borayotgani bois, salohiyatli davlatlar uning muqobil yo'llarini izlamoqda. Bugun jahon energetikasida “yashil energetika” ulushi qariyb 30 foizga yetgan, ayrim Yevropa davlatlarida 80–90 foizdan oshgan.
Tadbirda ishtirok etgan energetika sohasi mutaxassislari va olimlarning ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning energiya sig'imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va “yashil energetika” siyosatini amalga oshirish, ya'ni qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, jumladan, quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanishni kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
So'nggi 4,5 yilda O'zbekistonda issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo'yicha xorijiy investorlar bilan umumiy qiymati 16 milliard 62 million dollarga teng 34 ta bitim imzolandi.
Beshinchi. Yangi O'zbekistonning tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, ularga turli imkoniyat hamda imtiyozlar berish, samarali faoliyati uchun zarur kafolatlar bilan ta'minlash borasidagi ishlari ham mutlaqo yangicha.
Mutaxassislar ta'kidlashicha, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo'nalishida O'zbekistonda so'nggi olti yilda amalga oshirilgan islohotlar barchani quvontirishi tabiiy. Misol uchun, 2017–2022 yillarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda huquqlarini himoya qilish sohasida jami 3087 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. Shuning o'zi tizimdagi ishlar ko'lamini yaqqol ko'rsatib turibdi.
Darvoqe, ekspertlar ta'kidlashicha, so'nggi besh yil ichida O'zbekiston Global iqtisodiy erkinlik indeksida 33 pog'onaga ko'tarilib, sarmoya va moliyaviy erkinlik bilan bog'liq vaziyatni sezilarli darajada yaxshiladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishidagi sa'y-harakatlar ham inson qadrini ulug'lash, mamlakatda ishbilarmonlik hamda investitsiya muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilib kelmoqda.
Oltinchi. Yangi O'zbekiston – raqamli jamiyat qurish, barcha sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiyalardan unumli foydalanishga intilayotgan mamlakat. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ekspertlar ta'kidlashicha, ajablanarlisi shundaki, O'zbekistonda har yili IT-xizmatlari eksporti hajmi o'rtacha 2 barobar ortib bormoqda. Elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qator xalqaro tashkilotlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Xususan, o'tgan yili O'zbekiston BMTning “Elektron hukumat” reytingida 18 pog'onaga ko'tarilib, “tez rivojlanayotgan davlatlar” qatoriga kirdi, Jahon bankining “Davlat texnologiyalari yetukligi” reytingida esa mamlakat 37 pog'onaga ko'tarilib, dunyoda 43-o'rinni egalladi.
Ettinchi. Yangi O'zbekiston – inson kapitalini yuksaltirish, “innovatsion rivojlanish”, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o'tish orqali Uchinchi Renessans asoslari mustahkamlanayotgan davlat.
Xorijiy ekspertlar O'zbekiston Inson taraqqiyoti indeksi–2022 bo'yicha 0,727 indeks qiymati bilan 2020 yil hisobotiga nisbatan o'z reytingini besh pog'onaga yaxshilaganiga e'tibor qaratdi. Zero, so'nggi yillarda mamlakatda ta'lim sohasini tubdan isloh etish, uni eng rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi darajasiga ko'tarishga qaratilgan qator strategiyalar va konsepsiyalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Natijada, birgina maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 2017 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshirilib, 27,7 foizdan 71,8 foizga yetkazildi. Hozirda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 2 milliondan ortiq bola tarbiyalanmoqda. Bunga sohaga xususiy tadbirkorlikning kirib kelishi, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilgani, davlat-xususiy sheriklik institutidan keng foydalanish chora-tadbirlari asos bo'lmoqda.
Xorijlik ekspertlar mamlakat taraqqiyoti maktabdan boshlanishiga alohida urg'u berdi va bu g'oya yangi O'zbekiston barqaror rivojining harakatlantiruvchi kuchi ekani va bunda maktab sohasini isloh etish borasidagi chora-tadbirlar ahamiyati yuksakligiga e'tibor qaratdi. Jumladan, bugungi kunda 10,1 mingdan ziyod umumta'lim maktabi, 14 ta Prezident maktabi, 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 219 ta Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyat yuritayotgani va ularda 6,4 million o'quvchi ta'lim olayotgani, 527 ming o'qituvchi ta'lim berayotgani yangi O'zbekiston yutuqlari sifatida ko'rsatib o'tildi.
Oliy ta'lim tizimida asosiy e'tibor mamlakatimiz yoshlari ta'lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Natijada, o'tgan 6 yil mobaynida oliygohlar soni 77 tadan 210 taga yetkazildi, ularga qabul 3,5 barobarga ortdi. Sog'lom raqobat muhitini shakllantirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali 65 nodavlat oliy ta'lim muassasasi tashkil etildi. Xorijiy oliy ta'lim muassasalari soni 30 taga, davlat oliy ta'lim muassasalari 115 taga yetkazildi.
Mutaxassilar O'zbekistonda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirilgani – mamlakatda inson kapitalini yuksaltirish orqali “bilimlar iqtisodi” va “innovatsion rivojlanish” yo'lidan sobitqadamlik bilan ilgarilashga xizmat qilishini ta'kidladi.
So'nggi olti yil ichida sohada amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida 2022 yilda O'zbekiston Global innovatsiyalar indeksida to'rt pog'onaga ko'tarilib, umumiy reytingda 82-o'rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida Hindiston va Erondan keyin 3-o'rinni egallagan.
Sakkizinchi. Bugun ochiqlik va oshkoralik, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash yangi O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishlari sifatida belgilangan va hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, xorijiy ishtirokchilar:
– xalqaro haftalikni o'tkazish aynan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan tashabbus qilingani;
– “CNN” xalqaro media kompaniyasi haftalikning media hamkori sifatida ishtirok etgani, tadbirlarning “Euronews”, “Rossiya-24” va boshqa 70 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida 400 dan ziyod jurnalist va blogerlar tomonidan keng yoritilgani, tahliliy materiallar 20 dan ortiq tillarda tarqatilgani;
– tadbirlar Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi, sobiq madaniyat va xalqaro taraqqiyot vaziri Lord Uorton, “Business New Europe” xalqaro nashriyotining bosh muharriri Ben Aris, halqaro jurnalist Stiven Koul, teleboshlovchi va jurnalist Ali Aslan kabi taniqli xorijiy moderatorlar tomonidan olib borilganiga alohida e'tibor qaratdi.
Bu esa, davlatning tegishli ochiqlik va oshkoralik siyosatining in'ikosi, “mevasi” sifatida e'tirof etildi.
Tadbirlar ishtirokchilarining umumiy fikriga ko'ra, ushbu ko'rsatkichlarning barchasi bugungi kunda yangi O'zbekistonda mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy makon yuzaga kelganidan dalolat beradi. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatimizdagi muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega jarayonlarni eng yuksak xalqaro talablar asosida o'tkazishga asos bo'ldi va shunday bo'lib qoladi.
Bir so'z bilan aytganda, yangi O'zbekistonni barpo etish shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asosga ega, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyat taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishiga mos, milliy manfaatiga to'la javob beradigan ob'ektiv zarurat ekanligi yana bir bor e'tirof etildi.
Tadbir ishtirokchilarning umumiy fikriga ko'ra, yurtimizda ulug' niyatlar bilan poydevori qo'yilayotgan yangi Uyg'onish davrining yorqin sahifalarga boy buyuk tarixi yaratilmoqda va bu olamshumul, samarali voqea-hodisalarga to'la davr kelgusi avlodlarga munosib meros qoldirishi shak-shubhasiz.
Dolzarb
Культурные - массовые мероприятия страны – в едином календаре
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar. Reja: Yangi o zbekiston amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar
|