INFORMATIKA TA’LIMIDA SCRATCH DASTURIDAN FOYDALANISH TA’LIM SAMARADORLIGIDAN BIRIDIR
1Akmalov Abbos Akramovich, 2Akmalova Nargiza Abbos qizi
1Nizomiy nomidagi TDPU Matematika va uni o’qitish
metodikasi kafedrasi dotsenti,p.f.n
2Nizomiy nomidagi TDPU Matematika va informatika yo’nalishi 1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8051668
Annotatsiya. Ushbu maqolada sodda vizual dastur Scratch dasturlash muhiti va ushbu dasturlash muhitini informatika ta’limidagi o’rni haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: dastur, Scratch dasturlash muhiti, dasturlash, kompyuter, it-industriya.
Bugungi ilm-fan va texnika asrida kompyuter texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Kundan-kunga yangi innovatsion texnologiyalar, zamoniy qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi hayotimizni komyuterlar va elektr asboblarsiz tassavur qilishimiz qiyin, chunki kompyuterlar kirib bormagan sohalarning o’zi yo’q. Shunday ekan zamon bilan hamnafas bo’lgan holda kelajak poydevorlari bo’lmish yosh avlodga informatika va axborot texnologiyalarini ilmini chuqur o’rgatishimiz kerak.
Muhtaram Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851 sonli Qarorida yoshlarni informatika va it yo’nalishlariga jalb qilish doirasida “Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushurildi va umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini ishlab chiqish doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiqlashtirildi. Shu yildan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablariga yangi va zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi.
Yangi o’quv dasturi bo’yicha dasturlash asoslari umumta’lim maktab o’quvchilariga 5- sinfdan boshlab o’rgatilishi yo’lga qo’yilgan. 5-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligining VI bobi “Dasturlash texnologiyalari” deb nomlanib, ushbu bobda o’quvchilarga
algoritm, dastur, dasturlash tillari hamda sodda va oson dastur bo’lgan Scratch dasturlash muhitida ishlash hamda ushbu dasturda animatsiya, o’yin yaratish haqida ma’lumotlar berilgan. Scratch (skrech) dasturi 2007-yilda Massachusets universitetining professori Mitchel Reznik va Alan Key boshchiligida yaratilgan “grafik interfeysli dasturlash muhiti”dir. Ushbu dasturlash muhiti boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilari
uchun kichik dasturlar, animatsiyalar, animatsion belgilar va boshqa ko'plab animatsion harakatlarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Scratch dasturi sodda va qiziqarli bo’lib, o’quvchilar dasturda ishlash jarayonida murakkab dasturlash tillarida ishlashga bosqichma-bosqich tayyorlanib boradilar. Bundan tashqari Scratch dasturida ishlash o’quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini o’stiradi. Dasturlash muhitida ishlash bizga “Lego” konstruktor o’yinchog’ini eslatib yuboradi. Dasturning bunday konstruktor ko’rinishiga egaligi dasturning qiziqarli o’yin shaklida o’rganish imkonini beradi. Scratch dasturlash muhitida dasturni ishlab chiqish grafik dastur bloklarini bir-birining ustiga yoki boshqasiga ulash orqali sodir bo'ladi.
Shu bilan birga, bloklar shunday tuzilganki, ular faqat to'g'ri mantiqiy va sintaktik jihatdan aniq kombinatsiyalarda
ulanishi mumkin, bu esa xatolik ehtimolini deyarli yo'q qiladi.
Scratch dasturlash muhitining qulaylik tomoni shundagi ushbu dastur mutloqo bepul va internet orqali yuklab olinadi, bu esa umumta’lim maktablarida
dasturdan foydalanish