Yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi asosida real sektor korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning ekonometrik




Download 22.79 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi22.79 Kb.
#61618
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari
Kompleks sonlar nazariyasi tayyor, 2-Amaliy, Falsafa 21-mavzulari mundarija, ABC, 8-lekciya, 3-Mavzu Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, MO\'M -1 new, jurnal (3), 9-sinf.kimyo test, 9-sinf.kimyo test, Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari – mobt-azkurs.org, 002-mavzu (1), Ochiq dars ishlanmasi-kompy.info, 001dars

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi asosida real sektor korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning ekonometrik tahlili.


Reja:

1. Raqobatning mohiyatini belgilab beruvchi asosiy jihatlar


2. Korxonalarning raqobatdoshligini talqin qilishning mavjud yondashuvlar tahlili
3. .Korxona raqobatdoshligining iqtisodiy mohiyati
1

O’zbekiston o’z mustaqilligining dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi boshqa ko’plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo’l qo’ymaslikka erishdi. 1991-1995 yillarda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning pasayishi, MDH davlatlari o’rtasida eng kam ko’rsatkichni – 18,8 foizni tashkil etdi. Holbuki, bu raqam Rossiyada – 53 foiz, Ukrainada – 52 foiz, Belarusda – 54,6 foiz, Qozog’istonda esa 75,4 foizga teng bo’ldi. O’zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o’sish darajasida o’rtacha sur’atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan e’tiboran yiliga 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini namoyish qila boshladi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasi qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlarni chuqurlashtirish 6 hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyoti so’nggi yillarda ham yuqori sur’atlarda o’sishda davom etdi. Xususan, 2015 yil yakuni bo’yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o’sishi 2014 yilga nisbatan 8 foizni, 2016 yil yakuni 2015 yilga nisbatan 7,8 foizni, 2017 yil 5,3 va 2018 yilda esa

2
2017 yilga nisbatan 5,1 foizni tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 407514,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 5,1 foizga o’sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017 yildagi narxlarga nisbatan 128,1 foizni tashkil etdi1 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Strategiyasida tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda mineral xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo’lgan 649 ta investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni ko’zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o’z vaqtida amalga oshirish belgilanmoqda2 . Xususan, 2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd dollarga teng 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, jumladan mevasabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida qiymati 147,0 mln.dollarga teng 63 ta loyiha; rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo’yicha qiymati 217 mln.dollarga teng 6 ta loyiha, kimyoviy ashyolarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 25,0 mln. dollarlik 2 ta loyiha, uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo’yicha 342 mln.dollarlik 6 ta loyiha, tayyor charm poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha 6 mln.dollarlik 9 ta loyiha, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo’naltirilgan 24 mln. dollar qiymatga teng 7 ta loyiha, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo’yicha 151 mln.dollarlik 29 ta loyiha, tayyor to’qimachilik va tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo’yicha 178 mln.dollarlik 15 loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.. Bunda: Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqo’rg’on, Qo’shrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Toshkent shahrining Yashnobod va

3
Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish; Kichik sanoat zonalarini tashkil etish; Ishsizlik darajasi yuqori hududlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish: Mazkur loyihalarining to’lig’icha va izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida ishsizlik yuqori bo’lgan hududlarda bandlik darajasi ko’tariladi, hududning salohiyati ortadi. Mazkur loyihalarining to’lig’icha va izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida ishsizlik yuqori bo’lgan hududlarda bandlik darajasi ko’tariladi, hududning salohiyati ortadi.


Raqobat – iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazыk biznesa» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to’qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini 8 ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir.
Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar», deb ifodalangan. Bundan ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan. Raqobat

4
kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv


mexanizmlari haqida dastlabki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Har bir bozor o’zining xususiyatlariga ega bo’lishiga qaramay, raqobatning mohiyati uning tabiati va intensivligini ochib berish va baholash imkonini beruvchi yagona konsepsiya orqali ifodalanishi mumkin.
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to’xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo’lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv. Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari o’rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to’g’ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog’lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o’zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo’ljallarga ega bo’lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat – bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o’sha «ko’rinmas qo’l»dir. F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o’z manfaatini ko’zlab

5
qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to’qnashishga to’g’ri keladi. Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o’zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko’chib o’tadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o’tilishicha, raqobat bozorda ko’p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir. Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funksional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiyotda o’ynaydigan rolini ko’rib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning 10 uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi.


Korxonaning raqobatbardoshligining iqtisodiy mohiyatini o’rganish uning paydo bo’lish sabablarini aniqlashni talab qiladi. Bu o’z navbatida quyidagi savollarga javob olishni taqozo etayotganini aniqladik: – raqobatbardoshlikni namoyon etuvchi korxona nima va nima uchun uni tashqi muhitdan mantiqiy ajratish mumkin? – Korxonaning qaysi sifat xususiyatlari uning tashqi muhitining mavjudligini va uning ishlashini belgilaydi? – korxonalar o’rtasida raqobat paydo bo’lishiga nima sabab bo’ladi? Tadqiqot korxonani tashqi muhitdan ajratish imkoniyatini tushuntirishda ikkita asosiy yondashuv mavjudligini aniqlashga imkon berdi: – tizim yaxlitligini korxonani tashqi muhitdan ajratish imkoniyatining asosiy sababi deb hisoblaydigan tizim nazariyasi; – uning "chegaralari" mavjudligini korxonani tashqi muhitdan ajratish imkoniyatining asosiy sababi deb hisoblaydigan tashkilot nazariyasi. Tizimlari o’rtasidagi aloqalarning zichligi va

6
intensivligi orqali ifodalangan korxona yaxlitligi uni tashqi muhitdan ajratishga imkon beradi. Ammo korxonaning yaxlitligini belgilovchi omillar – bu texnologiyaning moddiy, energetik va axborot o’zgarishlarini amalga oshirish usuli va shunga mos ravishda ushbu transformatsiyalarning ma’lum bosqichlarini amalga oshirishga mas’ul bo’lgan korxona quyi tizimlarini birlashtirish usuli sifatida birligi hisoblanadi. Maqsadlariga erishish uchun har qanday korxonaning alohida qismlari ishlaydi, ixtisoslashgan bo’linmalar vazifasini bajaradi va shuning uchun ular bir-biriga bog’liqdir. Umumiy texnologiya yordamida korxona quyi tizimlarini bir butunga birlashtirish ularning eng muhim 17 xususiyatiga asoslanadi, chunki ushbu quyi tizimlarning ishlashi bitta yakuniy mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishdir. Yagona yakuniy mahsulotni yaratishda korxona qismlarining majburiy ishtirok etishi korxona va ularning turli xil uyushmalari (sanoat, klaster va boshqalar) tushunchalarini ajratishga imkon beradi va natijada ularning raqobatbardoshligining iqtisodiy mohiyati: 1. Tizim, agar u iste’mol qilinib, ma’lum bir ijtimoiy ehtiyojni qondirishga imkon beradigan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab chiqarishga qodir bo’lsa, uni korxona deb hisoblash kerak. 2. Yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasining birligi, uning quyi tizimlarini birlashtirish usuli sifatida tizimning eng muhim omili hisoblanadi. 3. Ularning hech bo’lmaganda bittasi ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishga qodir bo’lgan tizimlarning to’plami, ularning xususiyatlari 1-bandda ko’rsatilgan bo’lib, faqat quyidagi hollarda korxonaga tegishli bo’lishi mumkin: – agar ushbu tizimlarning birgalikda ishlashi belgilangan tizim tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlardan farqli bo’lgan yana bir yakuniy mahsulot yarata olsa; – ularning tashqi muhit bilan alohida munosabatlariga qaraganda ko’riladigan to’plamdagi tizimlar o’zari aloqasi intensivroq. 4. Tizimni korxona deb tasniflashning zaruriy sharti

7

sifatida o’z resurslariga ega bo’lish zarur. b) Tashkilot nazariyasiga muvofiq korxonani tashqi muhitdan ajratish imkoniyatlari: – Tashkilot nazariyasiga muvofiq korxona nisbatan aniq chegaralari bo’lgan jamoa sifatida qaraladi; – nizomda normativ bilan belgilangan tartib; – hokimiyat ierarxiyasi; aloqa tizimlari va uning a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish; – erishish natijalari tashkilot a’zolari uchun, tashkilotning o’zi va jamiyat uchun muhimdir. Korxonaning bunday tushunchasi byurokratiya va hokimiyatni o’rganish bilan mashhur bo’lgan M.Veberning ishlari bilan bog’lash mumkin. M.Veber tashkilotlarning umumlashtirilgan ta’rifini berdi, unda u birinchi bo’lib “ijtimoiy guruhlarning” boshqa shakllaridan “korporativ guruh” (ya’ni korxona)ni ajratib ko’rsatdi.


Korxonaning raqobatbardoshligini talqin qilishda mavjud yondashuvlarni tahlil qilishdan maqsad uning quyidagi asosiy jihatlarining mohiyatini ochib berishdan iborat: - korxonada "raqobatdoshlik" toifasi bilan ifodalangan qobiliyatning, sifatning paydo bo’lishining sabablari qanday; - korxonaning raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi omillar qanday; - korxona raqobatbardoshligining maqsadli yo’nalishi nima yoki nima uchun u raqobatbardosh bo’lishi kerak; Korxonaning raqobatbardoshligini keltirib chiqaradigan sabablarni va uning darajasi omillarini talqin qilishda mavjud yondashuvlarni tahlili. Korxonaning raqobatbardoshligini keltirib chiqaradigan sabablarni talqin qilish bo’yicha mavjud yondashuvlarni o’rganishimiz ularning ikkita asosiy guruhini ajratib olishga imkon beradi: - birinchi guruh yondashuvlari quyidagilarga asoslanadi: korxona raqobatdoshligining paydo bo’lishi ichki xususiyatga ega va dastlab korxonaning tashqi muhit bilan o’zaro ta’siridan mustaqil ravishda unga xosdir. Binobarin, raqobatbardoshlik - bu korxonaning sifat xarakteristikasi (qobiliyati), ya’ni unga xosdir. –

8
yondashuvlarning ikkinchi guruhi quyidagilarga asoslanadi: raqobatbardoshlikning paydo bo’lishining sabablari korxonaga nisbatan tashqi (tizim sifatida ochiqligi va tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi sababli) va ichki, unga bog’liq emas ochiqlik. Binobarin, raqobatbardoshlik korxonaning xususiyti hisoblanadi va faqat uning raqobatdoshlik (raqobat) shaklida bozorda kontragentlar bilan o’zaro ta’siri natijasida paydo bo’ladi. 1. Korxonalarning raqobatdoshligining iqtisodiy mohiyatini talqin qilishning mavjud yondashuvlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Mualliflarning asosiy farqlari raqobatbardoshlikning paydo bo’lish sabablarini, uning maqsadga yo’naltirilganligini, sifat xususiyatlarini, shuningdek, mahsulot va tarmoqlarning (milliy iqtisodiyot) o’xshash xususiyati bilan o’zaro bog’liqligini talqin qilishda. 2. Korxonaning raqobatbardoshligining iqtisodiy mohiyatini uning adabiyotda mavjud bo’lgan talqinlarini mexanik kompilyatsiya qilish asosida izchil talqin qilishni ishlab chiqish mumkin emas. 21 3. Korxonaning raqobatbardoshligi uning xususiyati ekanligi aniqlandi, bu korxona salohiyatidan, mahsulotlarning raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligidan farq qiladi. Shu sababli, mavjud bo’lgan yondashuvlardan farqli o’laroq, raqobatbardoshlikning paydo bo’lishining sabablari sifatida, nafaqat korxona bilan bog’liq ichki omillarni, balki tashqi mahsulotlarni ham hisobga olish kerak, bu tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish resurslari bozorlarida raqobat shaklini oladi. Korxona, uning mahsulotlari va sanoatining (milliy iqtisodiyot) raqobatdoshligi bir xil tushunchalar emas. 4. Raqobatbardoshlikning mavjudligi korxona uchun raqobat muhitida ko’zlangan barcha maqsadlarga erishish uchun, ya’ni nafaqat bozor faoliyati maqsadlariga erishish, balki ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni ham bajarish uchun zarur ekanligi aniqlandi. 5. Korxonaning raqobatbardoshligi, mavjud yondashuvlardan farqli o’laroq, uning ajralmas, nisbiy va dinamik xususiyati

9
sifatida qaralishi kerak. Shunday qilib, birinchi navbatda, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish resurslari bozorlaridagi raqobatbardosh vaziyat dinamikasidan qat’i nazar, uning darajasini saqlab qolish va oshirishga qaratilgan raqobatbardoshlikni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, raqobatdoshlik darajasi va raqobatbardosh ustunliklarni baholash nisbiy ko’rsatkichlar yordamida amalga oshirilishi kerak va baholash uchun asos sifatida raqobatchilar – korxonada faoliyat ko’rsatadigan raqobatdosh kuchlarning manbalarini tanlash kerak; uchinchidan, baholashda raqobatbardoshlik, baholash bazasini tanlash va boshqaruv ta’sirini hisobga olgan holda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari ta’sirini, shuningdek, korxona va uning raqobatchisi – ish sharoitidagi farqlarni hisobga olish kerak. raqobatbardoshlikni baholash bazasi.
Korxona raqobatdoshligining iqtisodiy mohiyati Xarakteristikalarni talqin qilish Xarakteristikaning mavjudligi oqibatlari 1. Nisbiylik 1.1. Ob’ektiv nisbiylik: korxonaning raqobatbardoshligi (va uning darajasi) ma’lum bir vaqtning o’zida ma’lum bir bozorda yuzaga keladigan raqobat holatiga nisbatan. 1.2.Sub’ektiv nisbiylik: korxonaning raqobatbardoshligi (va uning darajasi) uni baholashning turli sub’ektlari uchun nisbiydir. 1.Raqobatbardoshlik darajasini baholash bazaga nisbatan amalga oshirilishi kerak, chunki raqobatchining yoki ularning guruhining raqobatbardoshligi qiymatini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni tanlash kerak. 2.Raqobatbardoshlik darajasining qiymati uni baholashning har bir sub’ekti uchun har xil. 2. Dinamizm (o’zgaruvchanlik) Korxonaning raqobatbardoshligi bu dinamik xususiyatdir, uning darajasi korxona rahbariyatining harakatlaridan qat’iy nazar bir xil baholash bazasi uchun ham o’zgarib turadi. 1. Raqobatdoshlik darajasi, uning ichki omillarining o’ziga xos konfiguratsiyasi bilan belgilanadi, vaqt o’tishi bilan

10
ob’ektiv ravishda pasayadi 2. Bozorda o’zgaruvchan raqobat sharoitida uning darajasini saqlab qolish va oshirish uchun raqobatbardoshlikni boshqarish zarur. 3. Ob’ektivlik 3.1.Korxonaning haqiqiy raqobatbardoshligi davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllanadigan raqobat sharoitidagi farqlarni hisobga oladigan baza bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. 3.2.Korxonaning raqobatbardoshligining nominal darajasi davlat organlarining bozordagi raqobat sharoitlariga 1.Korxonalarning raqobatbardoshligi darajalarini taqqoslash bir xil raqobat sharoitida amalga oshirilishi kerak. 2.Korxona darajasida raqobatbardoshlikni boshqarish bozorda raqobatni tartibga solish, ishlab chiqarish resurslari va talabni tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining ta’sirini hisobga olishi kerak. 23 ta’sirini hisobga olmagan holda belgilanadi. 4.Yaxlitlik Raqobatbardoshlik - bu korxonaning bozordagi sheriklari bilan raqobatdosh o’zaro ta’sirining natijalarini umumlashtirilgan baholash. Korxonaning raqobatbardoshlik darajasi bozorda kontragentlar bilan raqobatdosh o’zaro ta’sir natijalarining ajralmas ko’rsatkichidir. Quydagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, mahsulot raqobatbardoshligi uning raqobat muhitida paydo bo’ladigan mulkini tavsiflovchi iqtisodiy tushunchadir, uning darajasi iste’molchilar uchun mahsulotning jozibadorligi darajasi va uning ustunligini ko’rsatishi aniqlandi.


O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda “Raqobat to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunni maqsadi tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, jimoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida sodir etiladigan, O’zbekiston Respubikasidagi tovar va moliyaya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki olib kelishi

11
mumkin bo’lgan harakatlariga nisbatan tadbiq etiladi. Ushbu Qonunda raqobatga quyidagicha ta’rif beriladi: - raqobat – xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo’lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasini umumiy sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko’rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. - insofsiz raqobat – xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo’lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo’lgan hamda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo’lgan yoxud ularning ishchanlik obro’siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo’lgan haraktlari. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oluvchi jarayon hisoblanadi. Sog’lom raqobatni rivojlantirishda aksariyat hollarda o’tish davri iqtisodiyoti uchun xos bo’lgan quyidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi: - tarmoqlar tuzilishidagi nomuvofiqliklar va ishlab chiqarishda yuqori texnologiyalarning yetishmasligi;


- soha va tarmoqlar miqyosidagi raqobatda adolat mezonlarining buzilishi; - mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati borasida suiste’mollik holatlariga yo’l qo’yilishi; - narx belgilashda monopol mavqening saqlanib qolishi, xususan iqtisodiyotning agrar va industrial sektorida narxlarning keskin farqlanishi; - mamlakatga tovarlarning kontrabanda yo’li bilan kirib kelishi; - faoliyat turini va daromadlarni yashirish holatlarining mavjudligi; - sog’lom pul muomalasi uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqadigan bozor infratuzilmasining

12
yetarli emasligi; - milliy valyutani xorij valyutalariga erkin almashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi; - sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti qoidalarini chuqur tushunib yetmasliklari; - iqtisodiy jinoyatchilik holatlarining mavjudligi. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida raqobat bozor xo’jaligining ajralmas qismi sifatida tabiiy ravishda paydo bo’lgan bo’lsa, o’nlab yillar davomida ma’muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo’lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda bu jarayon elementlarini “joriy qilish” va hatto majburan qabul qilishga to’g’ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotning o’tish davri holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o’ynaydi. Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali harakat qila olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta’sirida yaqin vaqtlargacha hukmron mavqega ega bo’lgan rejali-buyruqbozlik tizimining g’oyaviy qarashlari yemirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat tomonidan rag’batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari shakllanmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o’tishda muhim qadamlar qo’yilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqobatni shakllantirishning asosiy tamoyillari qatorida, eng birinchi navbatda, bozor munosabatlarining qaror toptirilishini ta’kidlash mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.


Raqobatning to’laqonli amal qilishi iqtisodiy jarayonlarning erkinligini taqozo etadi. Iqtisodiyotdagi faoliyat va jarayonlarning 27 erkinligining har qanday ko’rinishdagi cheklanishi o’z navbatida raqobatning ham cheklanishi holatlariga olib keladi. Bugungi kunda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan ko’plab mamlakatlar uchun erkinlashtirish jarayonlarini amalga

13
oshirish tamoyili xos bo’lib, bu quyidagi hodisalarnisodir bo’lishi bilan bolg’liq: - ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish; - xususiy sektorni rivojlantirish; - raqobat muhitini yaratish, yakkahukmronlik holatini bartaraf etish va monopoliyaga qarshi tartiblashni takomillashtirish; - bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimini takomillashtirish, bank islohotlarini jadallashtirish; - tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyutani tartibga solishni erkinlashtirish; - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, ularning iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatlarini oshirish, bankrotlik instituti rolini kuchaytirish, xo’jalik sudlarini faollashtirish. Shuningdek, ta’kidlash o’rinliki, faoliyat erkinligi, har bir kishining tanlash imkoniyatiga ega bo’lishigina raqobat uchun keng yo’l ochadi va bu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda raqobat muhitining shakllanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili bo’lib hisoblanadi. Binobarin har qanday biznes davlat ko’magisiz o’zining istiqbolli kelajagini va o’z qonuniy manfaatlari himoyasini ko’ra olmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda raqobatni rivojlantirish tamoyillaridan yana biri – sog’lom raqobatni ta’minlashga yo’naltirilgan meyoriy-huquqiy asosning yaratilishi isoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasidir.



14
Download 22.79 Kb.




Download 22.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi asosida real sektor korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning ekonometrik

Download 22.79 Kb.