• O`zbekiston Republikasida yo`l harakatining yagona tartiblari. Respublikadagi yo`llarda transport vositalarining o`ng taraflama harakati.
  • Yo`l transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning vazifalari. Kalit sozlar
  • 1-2. O`zbekiston Republikasida yo`l harakatining yagona tartiblari. Respublikadagi yo`llarda transport vositalarining o`ng taraflama harakati.
  • Yo‘l harakati qoidalari va amaliy boshqarish (Traffic rules and practical management) Topic Introduction. Relevance of the course. General rules




    Download 208.3 Kb.
    bet1/10
    Sana25.03.2024
    Hajmi208.3 Kb.
    #176527
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    [Traffic rules and practical management]week1-Introduction (1)
    Tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi, 1.04. Рус тили) FD, 8-seminar, 1-seminar, mnb,n, ИСТОРИЯ АРХИВНОГО ДЕЛА В УЗБЕКИСТАНЕ, dssdfs, Sattarova Durdona Tavakkal qizi (2), healthy way of life, 11-tabiiy uzb PIIMA, DALOLATNOMA izzet 5251, Старик и море, For, Past Simple, Insert texnologiyasi va matn bilan ishlash

    YO‘L HARAKATI QOIDALARI VA AMALIY BOSHQARISH
    (Traffic rules and practical management)


    Topic 1. Introduction.
    Relevance of the course. General rules.


    1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi. Umumiy qoidalar.


    Reja:

    1. O`zbekiston Republikasida yo`l harakatining yagona tartiblari.

    2. Respublikadagi yo`llarda transport vositalarining o`ng taraflama harakati.

    3. Yo`l harakati qatnashchilariga qo`yiladigan talablar. Yo`l harakati qatnashchilarining vazifalari.

    4. Haydovchining zaruriy hujjatlari. Haydovchining majburiyatlari.

    5. Yo`l transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning vazifalari.



    Kalit sozlar: Yo`l harakati qoidalari, yo`l, yo`l harakati, yo`l harakatini tashkil etish, yo`l harakati xavfsizligi, transport vosirasining egasi, haydovchi, arava.


    1-2. O`zbekiston Republikasida yo`l harakatining yagona tartiblari. Respublikadagi yo`llarda transport vositalarining o`ng taraflama harakati.
    Avtomobil yo`llarida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o`ziga qulay harakat tartibini tanlaydi hamda o`zi tanlagan harakat tartibining boshqa harakat katnashchilariga ta’siri bilan hisoblashmaydi. Shuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat tartibiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo`l harakatida avtomobillarning o`zaro ta’siri harakat miqdori qancha ko`p bo`lsa, shuncha orta boradi.
    Yo`l harakatini tashkil etish – transport vositalari oqimini maksimal darajada yo`lning geometrik o`lcham imkoniyatlaridan foydalanib, uning har xil bo`laklarida xavfsiz harakat tartibini va yuqori o`tkazish qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat.
    Yo`l harakatini tashkil etish tamoyillari transport oqimini to`g`ri yo`naltirishga, kerak hollarda ularni tezliklar bo`yicha guruhlarga ajratishga, har bir yo`l bo`lagi uchun ratsional tezliklarni belgilashga, haydovchilarga o`z vaqtida harakat marshruti va yo`l sharoiti to`g`risida axborot berishga qaratilgan.
    Avtomobil transportining ishini, haydovchi mehnatini, yo`ldagi transport vositalari va piyodalarning harakatini tashkil qilishni bir- biridan farqlash lozim. Birinchi ikki masala bilan asosan avtokorxonalar, keyingisi bilan esa yo`l xo`jaliklari, yo`l harakati xavfsizligi organlari va hokimiyat vakillari shug`ullanadilar.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib, yo`l harakatini tashkil qilishning asosiy maqsadi deb har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo`lning turli bo`lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o`tkazish tushuniladi. Harakatni tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • transport vositalarining harakat tartibini belgilash va ta’minlash;

    • avtomobillarning yuqori samaradorlik bilan ishlashini har qanday ob-havo sharoitida ta’minlash va eng yaxshi yo`l sharoitlarini vujudga keltirish;

    • harakat xavfsizligini yo`lning har qanday bo`lagida va turli ob-havo sharoitlarida ta’minlash;

    • atrof - muhitni bulg`atmaslik;

    • transport vositalarining va yo`l inshootlarining tez ishdan chiqmasligini ta’minlash.

    Ma’lumki, har qanday faoliyatni amalgam oshirishda, uni to`g`ri tashkil qilishda biror narsaga ya’ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to`g`ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko`plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib brogan. Yo`l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo`llarda birinchi transport vositalari – “izvoshlar” baud obo`lishi bilan ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan.
    Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo`lga chiqqanda, tezliklari juda past bo`lsa ham ularni oldida bir kishi yugurib yurib, yo`ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan. Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o`zlarining yo`llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan.
    Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o`zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o`rtasida yo`llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo`llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konvensiya qabul qilingan bo`lib, unda atiga 4 ta yo`l belgisi qabul qilingan edi. Bular:

      1. Notekis yo`l;

      2. Xavfli burilishlar;

      3. Temir yo`l kesishmasi;

      4. Chorraha yo`l belgilari.

    Keyinchalik xalqaro konvensiya talablari asosida “Yo`llarda harakatlanish qoidalari” ishlab chiqila boshladi. O`zbekistonda oxirgi yo`l harakati qoidalari 2016 yil mart oyidan kuchga kirgan.
    “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rganib chiqamiz:
    Umumiy qoidalar:
    1. Ushbu Yo`l harakati qoidalari (keyingi o`rinlarda – Qoidalar) O`zbekiston Respublikasi hududida yo`l harakatining yagona tartibini belgilaydi.
    2. O`zbekiston Respublikasi yo`llarida transport vositalarining o`ng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan.
    3. Yo`l harakati qatnashchilari “Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo`l belgilari, yo`l chiziqlarining talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo`llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishlari shart.
    4. Yo`l harakati qatnashchilari boshqa yo`l harakati qatnashchilarining harakatlanishiga xavf tug`dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo`l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo`l belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o`zboshimchalik bilan olib tashlash, o`rnatish, to`sib qo`yish, shikastlantirish, yo`llarda harakatlanishga to`sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.
    Harakatga to`sqinlik tug`dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko`rish, agar buni iloji bo`lmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi o`rinlarda IIO) xabar berish shart.
    5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

    Download 208.3 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 208.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘l harakati qoidalari va amaliy boshqarish (Traffic rules and practical management) Topic Introduction. Relevance of the course. General rules

    Download 208.3 Kb.