• 4.Spektral chiziqlarning kengligi 5.Murakkab tebrainshlarning spektral yoyilishi 1.Yоrug‘likniig elektromagnit tabiati. YE va N vektorlar
  • Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi Reja Yоrug‘likniig elektromagnit tabiati. Ye va n vektorlar




    Download 27.12 Kb.
    bet1/6
    Sana03.04.2024
    Hajmi27.12 Kb.
    #185884
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi Reja Yîrug‘liknii
    Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti optika kafedrasi



    Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi

    Reja

    1.Yоrug‘likniig elektromagnit tabiati. YE va N vektorlar
    2.Elektromagnit to’lqinlarning tarqalishi. Faza va gurux tezliklari
    3.Elektromagnit to‘lqinlar nurlanishining klassicheskaya nazariisi
    4.Spektral chiziqlarning kengligi
    5.Murakkab tebrainshlarning spektral yoyilishi

    1.Yоrug‘likniig elektromagnit tabiati. YE va N vektorlar
    XIX asming 60- yillarida ingliz olimi Maksvell elektr va magnit hodisalarning yagona nazariyasini yaratdi. Bu nazariya o‘sha vaqtlarda ma’lum bo‘lgan tajriba natijalaridan kelib chiqqan bo‘lib, Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi deb ataladi. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning o‘zaro uzviy bog‘lanishda ekanligini ifodalovchi quyidagi ikkita muhim g‘oya yotadi.
    1. Vaqt davomida o‘zgaruvchi magnit maydon o‘zgaruvchan elektr maydonni yuzaga keltiradi.
    2. Vaqt davomida o‘zgaruvchi elektr maydon esa o‘zgaruvchan magnit maydonni yuzaga keltiradi.
    Maksvellning birinchi g‘oyasining to‘g‘riligini 1831- yilda ingliz fizigi va kimyogari M. Faradey tomonidan kashf qilingan elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi.
    Ma’lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga binoan induksion tok yoki vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan magnit maydondagi qo‘zg‘almas konturda, yoki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan magnit maydonda harakatlanuvchi konturda hosil bo‘ladi. Birinchi holda induksion tokning hosil bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, bunda magnit maydonning o‘zgarishi konturdagi elektr zaryadlarga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarni yuzaga keltiradi. Bu tashqi kuchlar konturda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kimyoviy jarayonlarga ham, issiqlik jarayonlarga ham bog‘liq emas. Shuningdek, ular Lorens kuchlari ham bo‘lishi mumkin emas, chunki Lorens kuchlari qo‘zg‘almas elektr zaryadga ta’sir etmaydi. Shuning uchun induksion tok konturda hosil bo‘luvchi elektr maydon tufayli yuzaga keladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shunga ko‘ra biz qo‘zg‘almas o‘tkazgichdagi elektr zaryadlarni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydonni bevosita o‘zgaruvchi magnit maydon yaratadi, deb ayta olamiz. Biroq bu elektr maydon biz shu vaqtgacha tilga olib kelgan elektrostatik maydondan farq qiladi. Elektrostatik maydonni qo‘zg‘almas elektr zaryadlari hosil qiladi. Elektrostatik maydon potensial xarakterda bo‘lib, uning kuchlanganlik chiziqlari zaryaddan boshlanib, zaryadda tugaydi. Magnit maydon o‘zgarganda yuzaga keladigan elektr maydon esa elektr zaryadlariga bevosita bog‘liq emas va uning kuchlanganlik chiziqlari elektr zaryadlarida boshlana olmaydi ham, ularda tugay olmaydi ham. Ular, umuman hech qayerda boshlanmaydi va hech qayerda tugamaydi, balki magnit maydonning induksiya chiziqlariga o‘xshash berk chiziqlardir. Bu maydon uyurmaviy elektr maydon deb ataladi.

    Maksvellning ikkinchi g‘oyasi, ya’ni elektr maydonning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi magnit maydonni yuzaga keltirishi lozimligi haqidagi fikri ham juda samarali chiqdi. U vaqtlarda bu g‘oyani tasdiqlovchi tajribaga asoslangan hech qanday ma’lumot yo‘q edi. Keyinchalik o‘tkazilgan ko‘pgina tajribalar bu g‘oyaning to‘g‘riligini tasdiqladi. Masalan, elektromagnit to‘lqinlarning ochilishi elektr maydonning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi magnit maydonni yuzaga keltirishini tasdiqlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligi haqidagi gipoteza (bu gipotezani ham Maksvell nazariy jihatdan oldindan aytgan edi) Maksvellning ikkinchi g‘oyasidan va elektromagnit induksiya hodisasidan kelib chiqqan.


    Shunday qilib Maksvell elektr va magnit maydonlar bir-biriga chambarchas bog‘langanligini nazariy yo‘l bilan asoslab berdi.
    elektr maydon kuchlanganlik vektorining o‘zgarish tezligi
    qancha katta bo‘lsa, bu elektr maydonga bog‘liq ravishda vujudga keladigan magnit maydon ham shuncha kuchli bo‘ladi. Xuddi shuningdek, magnit maydon induksiya vektorining o‘zgarish tezligi qancha katta bo‘lsa, magnit maydon vujudga keltiradigan elektr maydon ham shuncha kuchli bo‘ladi. Amalda biz hamma vaqt shunday o‘zgaruvchan magnit maydonlar bilan ish ko‘ramizki, ularda faqat magnit induksiya vektorigina emas, balki uning o‘zgarish tezligi ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bunday sharoitda ham o‘zgaruvchan elektr maydon paydo bo‘ladi. Shularga asosan, umuman aytganda, o‘zgaruvchan magnit maydon bilan to‘lgan fazo ayni vaqtda o‘zgaruvchan elektr maydon bilan ham to‘lgan bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi.


    Download 27.12 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 27.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi Reja Yоrug‘likniig elektromagnit tabiati. Ye va n vektorlar

    Download 27.12 Kb.