• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar: turizm, ekoresurs, texnogenom, krizis, dinamik, investitsiya, elektromagnit, radiaktiv. Abstract
  • Key words: tourism, ecoresource, technogenome, crisis, dynamic, investment, electromagnetic, radioactive. Аннотация
  • Ключевые слова: туризм, экоресурс, техногеном, кризис, динамика, инвестиции, электромагнитные, радиоактивные. ASOSIY QISM.
  • “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 5-son




    Download 157,02 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi157,02 Kb.
    #232916
      1   2
    Bog'liq
    ekologiya-va-turizmning-o-zaro-aloqadorligi-hamda-ekologik-turizmning-o-ziga-xos-xususiyatlari
    2-amaliy mashgulot, “Zakovat” intellektual o’yini — 2, Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyati


    14 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
    EKOLOGIYA VA TURIZMNING O‘ZARO ALOQADORLIGI HAMDA 
    EKOLOGIK TURIZMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
    No‘monov Shahzod Farhod o‘g‘li 
    Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi 
    Ilmiy rahbar: Doliyev G‘olibjon Alisherovich, texnika fanlari doktori, professor 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7883797
     
    Qabul qilindi: 01.05.2023 
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada so‘nggi yillarda yurtimizda rivojlangan sohalar 
    qatoriga kirib borayotgan turizm va ekoturizm tushunchalarining mohiyati, 
    hayotimizda tutgan muayyan roli hamda ahamiyati, bu borada yurtimizda olib 
    borilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar haqida so‘z yuritiladi. 
    Kalit so‘zlar:
    turizm, ekoresurs, texnogenom, krizis, dinamik, investitsiya, 
    elektromagnit, radiaktiv. 
    Abstract:
    This article talks about the essence of the concepts of tourism and 
    ecotourism, which have become among the developed sectors in our country in 
    recent years, their specific role and importance in our life, the reforms, changes and 
    updates that are being carried out in this regard in our country. 
    Key words:
    tourism, ecoresource, technogenome, crisis, dynamic, investment, 
    electromagnetic, radioactive. 
    Аннотация: 
    В данной статье говорится о сущности понятий туризм и 
    экотуризм, ставших в последние годы в числе развитых отраслей в нашей 
    стране, их особой роли и значении в нашей жизни, проводимых реформах, 
    изменениях и обновлениях. в связи с этим в нашей стране. 
    Ключевые слова:
    туризм, экоресурс, техногеном, кризис, динамика, 
    инвестиции, электромагнитные, радиоактивные. 
    ASOSIY QISM. 
    Ma’lumki, butun dunyoda 2002-yil “Ekoturizm yili” deb e’lon qilindi. Bu 
    albatta, bejiz emas. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar yetarli bo’lib, 
    tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo hamjamiyati oldida 
    turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ekologiya ushbu tadqiqotimiz 
    obyektida kishilik jamiyatining o’zaro munosabatlari, uning turizm va atrof 
    muhitdagi faoliyati to’g’risidagi fan sifatida qaraladi. Jamiyat rivojlanishi hozirgi 
    bosqichining harakterli hususiyatlaridan biri atrof-muhit ifloslanishining 


    15 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
    texnogenomlarining ortishi bo’lib, bu favqulodda holatlarda birinchi navbatda 
    turistik resurslarning ekologik krizisiga olib keladi. Ekologik vaziyatning zo’rayishi 
    butun dunyoda muammo darajasidagi holatdir. Bugungi kunda dolzarb vazifalardan 
    biri tabiiy muhitni saqlash masalalarini hal qilishga yangicha yo’nalishlarini ishlab 
    chiqishdir. Bunday yondashuvni kompleks darajada murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va 
    ekologik tizim sifatida qaralishi muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilishda 
    yetakchi o’rinni turizm egallaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 
    Turizm dunyo xo’jaligida dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U 
    jahon milliy yalpi mahsulotida samarali o’rin egallaydi, jahon investitsiyalarining 7 
    foizini o’ziga jalb qilgan holda katta miqdorda yangi ishchi o’rinlari yaratilishi ko’p 
    mamlakatlarda soliq tushumlarining muhim moddasi hisoblanadi. Turizm chuqur 
    ijtimoiy vazifalarni bajaradi. U o’zining hozirgi rivojlanish bosqichida birinchi 
    navbatda, ma’lum bir ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo’naltiriladi.
    Turizmning ijtimoiy masalalari sifatida quyidagilarni sanab o’tish o’rinlidir: 
    1. Aholining va qariyb 60 foiz qismini tashkil qiluvchi katta kuch - yoshlarning 
    dunyoqarashini kengaytirish, madaniyat tushunchasini keng targ’ib qilish, ular 
    o’rtasida sog’lom turmush tarzi madaniyatini keng ko’lamda targ’ibot qilish, 
    ijtimoiy darajasini oshirish. [1] 
    2. Millatlararo totuvlik, bag’rikenglik munosabatlarini mustahkamlash, insonlar 
    o’rtasida shaxsiy munosabatlarni samimiylikning yuqori cho’qqilariga olib chiqish. 
    3. Aholining maroqli va mazmunli dam olishlarini tashkil etish, ularning hayotiy 
    kuchlarini va salomatliklarini tiklab, ertangi kun uchun yashashga, mehnat qilishga 
    va ijtimoiy hayotda yutuqlarga erishish uchun o’zida yangi rag’bat topishlarini 
    ta’minlash. 
    4. Aholining talab, istak va manfaatlaridan kelib chiqib, inobatga olgan holda 
    yoqimli ekologik, ijtimoiy-madaniy muhit yaratish. 
    Ijtimoiy hayotning ekologik jarayonida turizmning roli masalasi ko’rilganda 
    turizm ekologiyasi va ekologik turizm tushunchalarini ajratib olish lozim. 
    Turizmning ekologik yoki noekologik xarakteri uning atrof-muhit, ya’ni atmosfera, 
    suv resurslari, tuproq, hayvonot va o’simlik dunyosiga ta’siri darajasi bilan 
    o’lchanadi. Ta’sir sof narsa ko’rinishida yoki shovqin, elektromagnit, radiaktiv 
    ko’rinishida bo’lishi mumkin. “Turizm ekologiyasi tushunchasi o’z ichiga atrof-
    muhitni himoya qilish va tiklashning aniq chora-tadbirlarini oladi. Shuning uchun 
    turistik rekreatsion turizmning muvaffaqiyatli rivojlanishida asosiy omillardan 
    hisoblanadi va uning salbiy ta’siri boshqa tarmoq korxonalariga nisbatan kamroqdir. 
    Yuqoridagilardan ko’rinadiki, turizm ekologiyasi deganda ushbu tarmoqning atrof-


    16 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
    muhitga keng miqyosdagi ta’siri tushuniladi. Ekologik turizm tabiiy turizmning 
    insonlarni birlashtiruvchi ilmiy-tadqiqot maqsadlaridagi turlaridan biridir”.[2] Unda 
    turistlarning qiziqishlari atrof-muhit tabiati va ularni saqlash bilan olib borilmog’i 
    kerak. Turizmning ushbu turida qo’riqlanayotgan tabiat hududlari alohida o’rin 
    tutadi. Shunday qilib, ekologik turizm qat’iy maxsus turdagi, ilmiy-tadqiqot 
    maqsadlaridagi xizmat turidir. Ekoturizmni o’tkazishdagi imkoniyatlar ekoturizmni 
    o’tkazish imkoniyati bu ma’lum bir turistik obyektni mahalliy resurslariga ortiqcha 
    zarar keltirmagan va aholiga ijtimoiy-iqtisodiy muammolar keltirib chiqarmagan 
    holatda amalga oshirish demakdir. 
    Ba’zi mamlakatlar va joylar turistlarni qabul qilish va xizmat ko’rsatishga 
    ixtisoslashgan. Masalan: “Kanar orollari Atlantika okeanidagi orollar guruhi, 
    (Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat) unda doimiy yashaydigan aholi soniga 
    nisbatan 10 barobar ko’p turistlarni qabul qiladi. Andorra Fransiya bilan Ispaniya 
    oralig’idagi, Yevropaning janubi-g’arbidagi davlat, Pirineylar yarim orolida 
    joylashgan davlatini misol qilib oladigan bo’lsak, har yili u yerda 12 mln dan ortiq 
    turistlar, o’rtacha 2-4 kun muddat dam olib, “hordiq chiqarishadi” [3]. Aholining 
    asosiy hayot tarzi mehmonlarga joy berish, taom tayyorlash, ertadan kechgacha 
    turistlarga ko’ngilochar tomoshalar uyushtirish bilan o’tadi. Bundan yigirma yil 
    oldin ushbu tog’li Pirineylar vodiysi qashshoqlar bilan band bo’lgan bo’lsa bugungi 
    kunda esa turizmning rivojlanib, keng ko’lamda tarqalishi hisobiga Yevropaning 
    boy mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
    Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, ekoturizmni o’tkazish imkoniyatini 3 ta asosiy 
    turga bo’lib chiqamiz: 
    1. Ekologik o’tkazish imkoniyati - bu biror-bir obyekt yoki joyning qabul qilish 
    darajasi bo’lib, undan ortib ketishi ekologik jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi. 
    2. Turistik ijtimoiy o’tkazish imkoniyati - bu turistik obyekt joyining qabul qilish 
    darajasi bo’lib, undan ortib ketishi turistlarning safardan oladigan taassurotlarining 
    yomonlashuviga olib keladi. 
    3. Mahalliy ijtimoiy o’tkazish imkoniyati -bu turistlarni qabul qilish darajasining 
    shunday chegarasiki, undan ortig’i mahalliy madaniyat, mahalliy aholi va turistlar 
    o’rtasidagi munosabatlarni yomonlashuviga olib keladi. Shunday qilib o’tkazish 
    imkoniyati hududdagi resurslarni saqlash va turistik obyekt yoki joyning qayta 
    tiklaishini ta’minlaydigan chegaradir.
    Hududning resurs imkoniyati bu jamiyat hayot faoliyatining barcha jabhalarini 
    qamrab oluvchi tushunchadir. Olamshumul insonparvarlik nuqtayi nazaridan 
    qaraganda, uni alohida iqtisodning ekologik va ijtimoiy jihatlarini hisobga olish 


    17 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 5-SON 
    zarur. Uning bir qismi to’g’ridan-to’g’ri hududning turistik resurslariga, ikkinchi 
    qismi mintaqadagi turizmni rivojlantirish omillariga tegishlidir. Turizm uchun 
    turistik rekreatsion resurslar birinchi darajali ahamiyatga ega. Bular turistik biznesni 
    rivojlantirish jarayonining poydevori hisoblanadi. Turistik rekreatsion resurslar 
    turistik mahsulot yaratish uchun inson tomonidan yaratilgan tabiiy va sun’iy 
    obyektlar yig’indisidir. Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlanish 
    xususiyatlarini belgilangan hududda investitsiya siyosati yo’nalishlarini belgilashda 
    turistik mahsulot ishlab chiqarish uchun boshlang’ich manba hisoblanadi. Tabiiy 
    turizm va ekoturizm tabiatga nisbatan xo’jalik faoliyati yetib bormagan obyektlar 
    bilan belgilanadi. Bunday turizmning maqsadi va uslubi-o’simlik va hayvonot 
    dunyosini hamda ushbu hududda joylashgan har qanday madaniy yodgorliklarni, 
    xoh eski, xoh yangi bo’lsin, ularni kuzatish, tahlil qilish va o’rganishdan iborat. 
    “Tabiiy turizm turizmning boshqa turlaridan tabiiy muhitga kamroq ta’siri bilan 
    ajralib turadi va keng tarmoqli xizmat ko’rsatishga muhtoj emas. Ekoturizm 
    uslubining qamrovi odatdagidan ko’ra keng qamrov va tushunchaga ega bo’lib, 
    o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganishga ilmiy yondashuv, tabiat qo’yniga 
    sayohat, masalan, dam olish kunlari hordiq chiqarish bilan o’rganishni birgalikda 
    amalga oshiriladi”.[4] 
    Hozirgi ekologik muammolar mavjud bo’lgan paytda aholining ushbu turizm 
    turidan foydalanishlari va uni tashkil etish jarayoni ham oson ish emas. Kuchli 
    strategiya, aniq maqsad va ruhan, aqlan katta kuch talab qiladi. Garchi oddiydek 
    ko’rinsa-da hamma narsa ko’ringanicha emas, mohiyatni anglash uchun esa o’sha 
    mavzuga chuqurroq kirib borish kerak. Ekologik turizm, avvalo, ekoresurslar 
    mavjud hududlarda tashkil etiladi. Bunday xushmanzara va bahavo joylar 
    yurtimizda ham ko’plab topiladi. Birgina Namangan viloyat misolida aytishim 
    mumkinki, “Chodaksoy”, “Baliqliko’l” “Nanay”, “G’ova” kabi turistlar va mahalliy 
    dam oluvchilar uchun mo’ljallangan ushbu maskanlarning bag’ri ziyoratchilar va 
    dam oluvchilar uchun doimo ochiq. “Ekologik turizm uchun tabiiy iqlim resurslari 
    - okean, dengiz, daryo va ko’llar, sun’iy suv havzalari, cho’l va qumliklar, tog’lar va 
    ulardagi sharshara-yu g’orlar, qir-adirlar, qo’riqxona va bog’lar bo’lishi lozim. Eng 
    asosiy va muhim jihati shuki, Olloh ato etgan ushbu tabiat resurslarini avaylab-
    asrash, ulardan turizm va insonning boshqa ehtiyojlari uchun oqilona foydalanish 
    kerak”.[5] Bu ishda turistik tashkilotlar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklanadi.

    Download 157,02 Kb.
      1   2




    Download 157,02 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 5-son

    Download 157,02 Kb.
    Pdf ko'rish