YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
86
OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA MEXANIKA BO‘LIMINI O‘QITISHDA
INNOVATSION FAOLIYATNING AHAMIYATI
Mavlonova Xilola Jumayevna
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti fizika o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8176534
Annotatsiya: Maqolada fizika fani mexanika bo‘limini texnika oliy ta’lim tashkilotlari
talabalariga innovatsion ta’lim sharoitda o‘qitishda pedagogik texnologiyalar va pedagogik
faoliyatning uzluksizligini, shu bilan birga uzviyliksizligini innovatsion ta’lim
yondashuvlar
asosida ta’minlashning ahamiyati sifatida o‘qitish jarayonining samaradorligi o‘quv jarayonini
bosqichma-bosqich loyihalash, jarayonni modellashtirish hamda algoritmlash, ta’lim natijasini
oldindan aniq belgilanishiga bog‘liqliqlikni taqazo etadi.
Kalit so‘zlar: innovatsiya, loyihalash, ilmiy-nazariy,
interaktiv, texnologiya, harakat, ta’lim,
bilim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida
belgilangan fan-texnika, ta’lim, texnologiyalar
sohasini takomillashtirish, o‘qituvchi-
tarbiyachi hamda mutaxassislarning ta’lim sifatini tubdan oshirish, matematika hamda
informatika, chet tillari, geografiya, fizika, kimyo, biologiya, geometriya kabi boshqa muhim
hamda talabi yuqori bo‘lgan aniq, tabiiy va gumanitar fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda
o‘rganish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Pedagogika fanida “innovatsion ta’lim faoliyati” tushunchasi keng semantik doiraga ega. Bu
atama quyidagicha tushuniladi:
pedagogik faoliyat turi; ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan
pedagogik innovatsiyalarni rejalashtirish va amalga oshirishning ijodiy jarayoni;
o‘qituvchining ijodiy salohiyatini aks ettiruvchi ijtimoiy-pedagogik hodisa. Pedagogik
texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida innovatsion ta’lim faoliyati
maxsus tashkil etilgan,
innovatsion ta’lim jarayonida tashkil etiladi va maqsadga erishiladi. Innovatsion ta’lim
faoliyati, yuqori darajadagi umumlashtirilgan bilim, umumlashtirilgan texnikalar tizimiga ega
bo‘lish va talabalarni o‘z kasbi bo‘yicha har qanday vazifalarni bajarish uchun bilimlarini
samarali qo‘llash qobiliyatining rivojlanganligiga bog’liq bo‘ladi.
Innovatsion ta’lim faoliyati o‘z ichiga yangililni yaratish,yangilikni tahlil qilish va unga baho
berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va
konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani
amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Yangilik - bu yangi faoliyat turi hisoblanib, yangi metod, metodika, texnologiyalarni o’z ichiga
oladi. V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangilik bu faqatgina
g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar,
metodlar, texnologiyalardir, lekin bu
pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo‘lib, o‘zgarib
turuvchi sharoitda va vaziyatda oliy taʼlimda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal
etishning ilg‘or boshlanmalarini o‘zida aks ettiradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini paydo bo‘lishidir.Innovatsion
ta’lim faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan
foydalanishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim faoliyatiga o ‘qituvchi pedagog yangilik keritishi
muhim sanaladi, Yangi metod usul vositalardan foydalanib dars jarayonini tashkil etish ta’lim
sifatini oshirishga xizmat qiladi.. Oliy ta’lim tashkilotlarida o’qituvchining innovatsion ta’lim