• Asosiy qism
  • Yurtimizda yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasining viloyatlar bo’yicha tahlili Rashid Xamrayev




    Download 0.88 Mb.
    bet1/6
    Sana21.04.2024
    Hajmi0.88 Mb.
    #203832
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Yurtimizda yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasining viloyatlar bo’yicha
    ADP 1-lab, A va S-a Tartib munosabati. Tartiblangan to’plamlar. N.Nmazov, 61.Хошимов Х ФАРҒОНА ВОДИЙСИДА ТАБИИЙ ҲОЛДА ТАРҚАЛГАН, 1-mavzu, 6- sem ON Rob-ka 3-k, islomjon, 3-amaliy ish, 14, Абдурахимов Голиб Абдулла углиgg, 1-labaratoriya ishi, 1. Klinik o\'lim holatlari biologik o\'lim holatlari, Tabiatda azotning aylanishi, 1-sem. 8-taqdimot 2019-2020, JLS1mK4JE8xpBizx6WVHiS1sqk6pm5BLfsKMFqou, 1-sem. 9-taqdimot 2019-2020

    Yurtimizda yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasining viloyatlar bo’yicha tahlili

    Rashid Xamrayev

    24,04,2024

    Kirish

    Transportni geografik oʻrganishda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa tarmoqlaridan farqli ravishda uning tarkibiy tuzilishi va taqsimlanishi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik omillar va hududning oʻzlashtirilganlik darajasidagi xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, transportning joylanishi infratuzilma doirasida tadqiq qilish biroz boʻlsa-da qulay, ammo uning asosiy ish natijasi boʻlmish yuk va yoʻlovchi tashish nuqtai nazardan oʻrganish nisbatan mushkulroq.

    Asosiy qism

    • Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish geografiyasi 2015-2021 yillar oraligʻida koʻrsatkichlari sezilarli oʻzgardi. Bir tomondan 2017-yildagi Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlar bilan integratsiyalashuvining kuchayishi, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan chegaralarni ochilishi, ikkinchi tomondan 2020- yil jahonda yuz bergan COVID-19 pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlar nafaqat Oʻzbekiston balki butun dunyo davlatlariga birinchi navbatda avtomobil va jamoat transportiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Yoʻlovchilar oqimini taʼminlaydigan turizm industriyasi juda katta yoʻqotishlarga uchradi.

    Oʻzbekistonda ham 2020-yilda avtomobil transportida yoʻlovchi tashish hajmi avvalgi yillarga nisbatan kamaygan. 2015-2019 yillar davomida respublika boʻyicha oʻsish koʻrsatkichi 111,7 foizni tashkil etgani xolda 2019-yilda 5915,2 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2020-yil 5248,5 mln. yoʻlovchi tashilib avvalgi yilga nisbatan 88,7 foiz yoki 2015-yil darajasiga tushib qolgan.

    • Oʻzbekistonda ham 2020-yilda avtomobil transportida yoʻlovchi tashish hajmi avvalgi yillarga nisbatan kamaygan. 2015-2019 yillar davomida respublika boʻyicha oʻsish koʻrsatkichi 111,7 foizni tashkil etgani xolda 2019-yilda 5915,2 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2020-yil 5248,5 mln. yoʻlovchi tashilib avvalgi yilga nisbatan 88,7 foiz yoki 2015-yil darajasiga tushib qolgan.

    Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashishning hududiy xususiyatlari shu vaqtgacha deyarli ilmiy jihatdan oʻrganilmagan soha hisoblaniladi. Oʻrganishlardan koʻrinadiki, 2015- yilda eng koʻp tashilgan yoʻlovchi Toshkent shahriga (20,7 foiz), Toshkent (12,2 foiz), Andijon (11,8) va Fargʻona (11,1 foiz) viloyatlariga toʻgʻri kelgan. 2020 -yilda Toshkent shahridan (19,2 foiz) keyin Andijon (12,4), Toshkent (11,4 foiz) va Fargʻona (11,1 foiz) bilan yetakchi boʻlib, jami respublikada tashilgan yoʻlovchilarning 51,1 foizini tashkil qilgan. Biroq oʻsish koʻrsatkichlari Toshkent (107,0 foiz) va Fargʻona (108,9 foiz) viloyatlari respublika oʻrtacha koʻrsatkichlaridan past boʻlgan. Eng yuqori oʻsishga Navoiy 129,3 foiz, Sirdaryo (125,3 foiz) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston respublikasi (123,3 foiz) erishgan boʻlsa-da, Sirdaryo va Qoraqalpogʻiston respublikasining avtomobil transportida yoʻlovchi tashishdagi ulushi eng kam yani 1,5; 2,5 foiz boʻlgan. Yana bir quyi koʻrsatkich Jizzax viloyati 1,7 foiz bilan faqat Sirdaryo viloyatidan yuqori turadi. Avtomobil transportida yoʻlovchi tashishdagi oʻsish eng kam viloyatlar Surxondaryo va Samarqand viloyatlariga tegishli boʻlib, mos ravishda 102,3; 103,4 foizni tashkil qilgan.

    Download 0.88 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yurtimizda yo’lovchi tashish va yo’lovchi aylanmasining viloyatlar bo’yicha tahlili Rashid Xamrayev

    Download 0.88 Mb.