• Andijon - 2015 Reja
  • Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 360,87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana06.02.2024
    Hajmi360,87 Kb.
    #151927
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    akademik litsey kasb-hunar kollejlari informatika fanlarining maqsadi mazmuni uzviyligi va uzluksizligi
    3-amaliy, 3-A`maliy, 5- amaliy mashg’ulot. Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish, 1. Shaxs to`g`risida umumiy tushuncha Shaxs, individ, individual, 8-Mavzu, Betta yemirilishi. Betta yemirilish spektri. Neytrino, dinadayalane2016 (1) o\'zbekcha copy (1), 1-sinf matematika mashq daftari 2023 (2), 1 Фуркатга Лотинча диссертация. Тайёр., Mavzu Muhandislik psixalogiyasi-fayllar.org, Access yakuniy, Mantiqiy Xatolar, 1-amaliyga qo\'shimcha, Farhodjon


    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
    ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
    INFORMATIKA KAFEDRASI 
    MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASI
    fanidan 
     
     
     
     
     
    MAVZU: 
    AKADEMIK LITSEY, KASB-HUNAR 
    KOLLEJLARI INFORMATIKA FANLARINING 
    MAQSADI, MAZMUNI, UZVIYLIGI VA 
    UZLUKSIZLIGI 
     
    Bajardi: 4 IAT 2-guruh talabasi K.Arziboyev 
    Tekshirdi: katta o’qituvchi: Yu.Usmanaliyeva 
     
     
     
    Andijon - 2015 


    Reja
    Kirish. 
    1. O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limining maqsadi va mazmuni. 
    2. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv predmeti sifatida. 
    3. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning uzluksiz 
    tizimi. 
    4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot 
    texnologiyalari fanining mazmuni. 
    Xulosa. 
    Foydalangan adabiyotlar ro’yxati. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Kirish 
    So’ngi yillardagi tub islohotlar ta'lim mazmunini yaratish yo’lida dastlabki 
    qadam bo’la oldi. Bundan keyingi strategik vazifa esa ta'limning shaxsga 
    yo`naltirilgan demokratik modelini vujudga keltirishdan iboratdir. Butungi 
    kunning xarakterli xususiyatlaridan biri sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan, 
    yuksak texnologik qurilmalarga ega bo’lgan jamiyatga o`tish bilan belgilanadi. 
    Bunday o`tish davri bilan bevosita bog`liq bo`ltan ijtimoiy, moddiy, madaniy 
    taraqqiyotni tamoman yangi bosqichga ko`taradigan qator o`zgarishlarni vujudga 
    keltira oladigan yangi davr kishisi mustaxkam bilim, ko`nikma va saloxiyatga ega 
    bo’lishi kerak. Bu esa ta'lim tizimi, ayniqsa, ta'lim mazmunini yangi model asosida 
    ko`rishni taqozo qiladi. 
    Ta'lim mazmuni—o`qitish tizimining muhim tashkiliy qismi xisoblanib, 
    uning asosiy maqsadi o`zgarishlarni ta'lim mazmuniiing DTSda belgilab qo`yilgan 
    negiziga mutanosib tarzda kiritishdan iboratdir. O`qitish tizimidagi tashqiliy-
    boshqaruv, iqtisodiy, xududiy islohotlarning mohiyati yangi, yuqori sifatli - ta'lim 
    jarayonini tashkil etishning barcha shart-sharoitlari va mexanizmlarini belgilab 
    berishni taqozo etiladi. Bunday tashkiliy chora-tadbirlarning maqsadi esa 
    yangilangan ta'lim mazmunini amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bugungi kunda 
    amaliy jihatdan o’rta maxsus kasb-hunar ta'lim mazmunini yangilash, uning 
    demokratik modelini ishlab chiqish zaruriyati o`z yechimini kutayotgan strategik 
    muammolardan biriga aylanib qolgan. Mustaqillik yillarida O`zbekiston 
    Respublikasi ta'lim tizimida, ayniqsa, o`quv-biluv jarayoni mazmunida tub 
    o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta'lim standartlari negizida ta'lim mazmuni 
    muayyan darajada yangilandi. Bir qadar shaxsga yo`naltirilgan ta'lim 
    texnologiyalari o`quv jarayoni amaliyotiga olib kirildi. Lekin fan-texnika, 
    texnologiya, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, shaxs extiyojlarining 
    muntazam ortib borishi davlat va jamiyatning yosh avlod bilim saviyasi, kasbiy 
    bilim, ko`nikma va malakalariga bo`lgan talabning globallashuvi natijasida 
    ta'limning yangi ko`pxadli axborotlashgan mazmundagi modelini tanlash zaruriyati 
    tug`ilmoqda. 


    O`zbekiston Resvublikasi mustaqil davlat sifatida dunyoning rivojlangan 
    davlatlari bilan ilmiy, iqtisodiy, texnikaviy hamda ta'lim soxasida keng ko`lamda 
    hamkorlikni yo’lga qo`ygan. O`zining axborot almashinuvi va muloqot ko`lamini 
    globallashtirib bormoqda. Natijada tobora rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
    munosabatlari vujudga kelmoqda. Bu esa o`z navbatida yuksak darajada ijtimoiy, 
    iqtisodiy, ma'naviy-madaniy bilim, texnik va texnologik maxoratta ega bo’lgan 
    yoshlarni 
    tarbiyalab 
    yetishtirish 
    zaruriyatini 
    qo`ymoqda. 
    "O`zbekiston 
    Respublikasi davlat siyosatida ta'lim mazmunini muntazam yangilab borish, uning 
    demokratik modelini vujudga keltirish muxim strategik masalalardan biri 
    xisoblanadi. Axborot va texnologiyalar asri bo’lgan XXI asrda esa bu muammo 
    yanada ko`proq dolzarblik kasb etmoqda.

    Download 360,87 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 360,87 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 360,87 Kb.
    Pdf ko'rish