|
Mehnat resurslari miqdoriga ta’sir qiluvchi omillarni toping
|
bet | 30/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di27. Mehnat resurslari miqdoriga ta’sir qiluvchi omillarni toping:
a) band bo‘lganlar va ishsizlar;
b) aholi yoshi va jinsiy tarkibi;
c) aholining tabiiy o‘sishi va ishchi kuchi migratsiyasi;
d) industrial taraqqiyot va urbanizatsiya;
e) mehnat resurslarining hududiy va mulkiy tarkibi.
28. Quyidagilardan qaysi biri ishchi kuchi migratsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi?
a) ish haqi darajasidagi farqlar;
b) ishsizlikning yuqori darajasi;
c) ijtimoiy va tarixiy shart-sharoitlar;
d) milliy an’ana va udumlar;
e) ishchi kuchi tarkibi.
29. Quyidagilardan qaysi biri ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonining takibiga kirmaydi?
a) ishchi kuchining jismoniy layoqatini tiklash;
b) ishchi kuchining aqliy qobilyatini tiklab borish;
c) ishchi kuchining malaka va kasbiy tayyorgarligini o‘stirib borish;
d) ishchi avlodini tayyorlash;
e) ish haqini ishlovchilar kasbiy tayyorgarligini hisobga olib, tabaqalashtirish.
30. Ishchi kuchini takror hosil qilishning qaysi jihati tabiiy ishsizlarni qamrab olmaydi?
a) aholi tabiiy o‘sishining umumiy shart-sharoitlarini yaratish;
b) ishga jalb qilish va bo‘shatish;
c) mehnat resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash;
d) aholining turli ehtiyojlarini qondirib borish;
e) to‘liq va samarali bandlikni ta’minlash.
31. Qaysi omil aholining tabiiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatmaydi?
a) mamlakat industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi;
b) ijtimoiy muhit va iqtisodiy shart-sharoitlar;
c) madaniy-maishiy turmush an’analari;
d) milliy, tarixiy va demografik omillar;
e) aholining hududlar bo‘yicha joylashuvi.
32. Ish bilan to‘liq bandlik nimani inkor etmaydi?
a) mehnatga layoqatli bo‘lganlarning ish bilan ta’millanishini;
b) ishlashni xohlagan barcha kishilarning ish bilan band qilinishini;
c) ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini;
d) mehnatga layoqatli barchaning ishlab chiqrarishga jalb etilishini;
e) siklik ishsizllik mavjud bo‘lishini.
|
| |