|
Qaysi omil davlat sarflari va shunga muvofiq, soliq tushumlari mutloq hajmining o‘sishini taqozo qilmaydi?
|
bet | 40/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di41. Qaysi omil davlat sarflari va shunga muvofiq, soliq tushumlari mutloq hajmining o‘sishini taqozo qilmaydi?
a) aholii sonining o‘sishi;
b) urbanizatsiya va ijtimoiy soha xizmatlariga talabning ortishi;
c) atrof-muhitning ifloslanishi;
d) daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish talabi;
e) boshqarish, mudofaa va davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari qisqarishi.
42. Quyidagilardan qaysi biri soliqlar yordamida tartibga solishning umumiy qoidalariga kirmaydi?
a) soliqlardan davlat siyosatini amalga oshirish vositasi sifatida foydalanish;
b) soliq undirishning majburiyligi;
c) soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini ta’minlash;
d) moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
e) soliq undirishni mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yuklash.
43. Barcha iqtisodiy subyektlar daromadlaridan soliq to‘lash zarurligi uning qaysi umumiy tamoyili (prinsipi) ning mazmunini anglatadi?
a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
44. Iqtisodiyotning barcha subyektlari belgilangan miqdorda va muddatda soliqlarni to‘lash shartligi uning qaysi tamoyili mazmunini aks ettiradi?
a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
45. Teng miqdorda daromad oluvchilar bir xil miqdorda soliq to‘lashi lozimligi soliq solishning qaysi tamoyilini bildiradi?
a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
46. Qaysi tamoyil har xil soliq to‘lovchilardan ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dastur mablag‘laridan foydalanishi darajasiga qarab soliq undirish kerakligini bildiradi?
a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
47. Soliq miqdori soliq to‘lovchilarning boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarurligi uning qaysi tamoyili mazmunini ifodalaydi?
a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
|
| |