|
Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?
|
bet | 43/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di62. To‘g‘ri soliq turini aniqlang:
a) ko‘shilgan qiymat solig‘i;
b) aksizlar solig‘i;
c) boj to‘lovlari;
d) daromad solig‘i;
e) tashqi savdoga soliqlar.
63. Davlat byudjetiga daromadlar tushumi va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kim asoslagan?
a) A.Ouken;
b) A.Laffer;
c) R.Salou;
d) F.Engels;
e) E.Fillips.
64. Quyidagilardan qaysi biri sug‘urta munosabalariga mos emas?
a) kutilmagan zararlarni qoplash uchun zarur mablag‘larni jamg‘aradi;
b) sug‘urta resurslari maqsadli taqsimlanadi va ishlatiladi;
c) zararni qoplash uchun zarur mablag‘lar sug‘urtaning alohida turlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi;
d) sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida to‘lovlar amalga oshirish jarayonini ifodalaydi;
e) nobyudjet fondlar mablag‘lari harakatlarini aks ettiradi.
65. Sug‘urtaning qaysi vazifasi uning mohiyatini to‘laroq ifodalaydi?
a) kutilmaganda kelib chiqadigan zararlarni moliyaviy qoplash;
b) kutilmagan hodisalar oqibatlarini oldindan ogohlantirishi;
c) maqsadli pul mablag‘larini jamg‘arish;
d) sug‘urta mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilish;
e) sug‘urta mablag‘lari hisobidan aholini ijtimoiy himoyalash.
66. Sug‘urtaning amalga oshirilish tartibiga ko‘ra ajratilgan turini aniqlang:
a) ixtiyoriy sug‘urta;
b) mol-mulkni turli tabiiy ofatlardan sug‘urtalash;
c) ijtimoiy sug‘urta;
d) tijorat xatari sug‘urtasi;
e) mas’uliyat xatari sug‘urtasi.
67. Sug‘urtaning xavf-xatar toifasiga ko‘ra turkumlarning turini ko‘rsating:
a) majburiy sug‘urta;
b) yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urtalash;
c) mol-mulk sug‘urtasi;
d) tadbirkorlik sug‘urtasi;
e) kredit xatari sug‘urtasi.
68. Sug‘urtalanadigan obyekt turiga ko‘ra uning turkumlangan shakli – bu…
a) ixtiyoriy sug‘urta;
b) favqulodda holatlardan sug‘urtalash;
c) hayot sug‘urtasi;
d) tadbirkorlik sug‘urtasi;
e) valyuta xatari sug‘urtasi.
|
| |