|
Sug‘urtalanadigan faoliyat yoki xatti-harakat turini aniqlang
|
bet | 44/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di69. Sug‘urtalanadigan faoliyat yoki xatti-harakat turini aniqlang:
a) majburiy sug‘urta;
b) tabiiy ofatlar sug‘urtasi;
c) favqulodda holatlar sug‘urtasi;
d) mol-mulk sug‘urtasi;
e) tadbirkorlik sug‘urtasi.
70. O‘zbekistonda sug‘urta munosabalarini tartibga solishga qaratilgan dastlab (1993 yil) qabul qilingan me’yoriy huquqiy bitim qaysi?
a) “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun;
b) “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun;
c) “Sug‘urta bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori;
d) “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori;
e) “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori.
71. Davlat moliya siyosatini amalga oshirishning qaysi dastagi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalash maqsadini ko‘zlaydi?
a) soliqlar, uning turlari va stavkasi;
b) davlat kreditlari va investitsiyalari;
c) davlat subsidiyalari va dotatsiyalari;
d) tashqi savdoga tarifli va tarifsiz to‘siqlar;
e) jadallashgan amortizatsiya ajratmalari.
72. Davlat moliya siyosatini amalga oshirishning qaysi dastagi soliq solish bazasi qisqarishiga olib keladi?
a) soliqlar, uning turlari va stavkasi;
b) davlat kreditlari va investitsiyalari;
c) davlat subsidiyalari va dotatsiyalari;
d) tashqi savdoga tarifli va tarifsiz to‘siqlar;
e) jadallashgan amortizatsiya ajratmalari.
73. Davlat moliya siyosatining qaysi yo‘nalishi byudjet mablag‘larini samarali taqsimlashga tegishli emas?
a) ijtimoiy sohani mablag‘ bilan ta’minlash;
b) davlat investitsiyalarini moliyaviy ta’minlash;
c) davlatning maqsadli dasturlarini moliyalashtirish;
d) xususiy sektorni moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag‘lar rolini oshirish;
e) daromad solig‘i stavkasini pasaytirish.
|
| |