rasm.
Utilities (Utilitlar)
o ‘ramlari to‘qqizta mustaqil tugmalardan
iborat bo‘lib, ular quyidagilardir: Asset Browser (Resurslami ko‘rish
oynasi), Camera Match (Kamera gorizonti), Collapse ( 0 ‘girish), Color
Clipboard (Rang almashish buferi), Measure (Chizg‘ich), Motion
Capture (Harakatni ushlash), Reset XForm (Qayta tuzishni bekor qilish),
MAXScript va reastorlardir. Agar ish jarayonida sizga qo‘shimcha
utilitalar zarur bo‘lib qolsa, u holda о‘ram yozuvi tagidagi More
(Qo‘shimcha) tugmasini bosib, kerakli utilitani yuklash mumkin.
Biz 3d Max dasturining asosiy ko‘p ishlatiladigan buyruq va
menyu elementlari bilan tanishib chiqdik, lekin dastuming imkoniyatlari
juda ko‘p bo‘lib, ulami mustaqil o‘rganish mumkin. Bu dasturda
samarali ishlash uchun ko‘p yillik tajriba, ijodkorlik mahorati va
qo‘shimcha bir qancha vektor, rastr grafikasida ishlaydigan dasturlardan
xabardor bo'lishni taqazo etadi.