|
Korxonalarda diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash orqaki mahsulot sifatini oshirish yo`llari
|
bet | 7/8 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 155,11 Kb. | | #272797 |
Bog'liq KURS ISHI-ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYALASH VA MOD2.2. Korxonalarda diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash orqaki mahsulot sifatini oshirish yo`llari
Diversifikatsiya usuli korxona yoki davlatning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun ishlatiladi. Bitta kontragentga e'tibor qaratish bilan bir qator afzalliklarga ega:
tarmoqlararo bozor mavjud bo'lib, unda bitta xaridor (sotuvchi) hamkorlik qilishdan bosh tortsa, siz boshqasini topishingiz mumkin;
bankrotlik xavfini sezilarli darajada kamaytiradi;
korxonaning salohiyati kengroq ochib beriladi;
Mahsulotga yoki mahsulot guruhiga talab kamaygan taqdirda biznesning hayotiyligi oshadi. Shu bilan birga, usul kamchiliklarsiz emas. Bularga quyidagilar kiradi:
boshqaruv va rejalashtirish jarayonlarining murakkablashishi;
qoida tariqasida, eng daromadli yo'nalishda kapital kontsentratsiyasining pasayishi;
Ushbu yaqqol kamchiliklarga qaramay, faqat bitta etkazib beruvchiga yoki xaridorga qaratilgan maqsad ortiqcha tahdidlarga olib keladi. Kompaniyalarni bitta turdagi mahsulotdan boshlab diversifikatsiya qilish bo'yicha muvaffaqiyatli misollar ko'plab variantlarga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.
Shved kompaniyasi SAAB samolyot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo Ikkinchi Jahon urushidan so'ng aviatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarishni o'zlashtirgan.
Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini diversifikatsiyalash bilan tavsiflanadi. Faqat bitta ekinni tikish bilan ishlab chiqaruvchi hosilning etishmasligi bilan o'zini xavf ostiga qo'yadi.
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi yangi quvurlar shaklida uglevodorodlarni yetkazib berish uchun infratuzilmani yaratib, ko'p tarmoqli eksport kanali bilan ta'minlaydi. Ulardan birini qoplash xavfi yetkazib berishda uzilishlarga olib kelmaydi.
Yuqoridagi misollardan biz barcha darajadagi diversifikatsiya shakllari va turlarining xilma-xilligi to'g'risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Usul quyidagi faoliyat sohalarida qo'llaniladi:
Milliy iqtisodiyot. Kam miqdordagi moliyaviy daromad manbalariga ega davlatlarning suvereniteti xavf ostida. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish deganda bir tomonlama rivojlanish natijasida kelib chiqadigan nomutanosiblikni bartaraf etish tushuniladi. Bir (yoki bir nechta) sektorga tanqidiy qaramlik tashqi bosimni (ko'pincha siyosiy) kuchaytirish uchun sharoit yaratadi, bunga zamonaviy dunyoda ko'plab misollar mavjud.
Ishlab chiqarish. Korxonada ishlab chiqarilgan har qanday mahsulotga talabning pasayishi, agar u yagona bo'lsa, to'liq xarobaga olib kelishi mumkin.
Mamlakat tashqarisidagi tadbirlar. Jug'rofiy diversifikatsiyalashning mumkin bo'lgan foydalari, avvalambor, soliq qonunchiligidan foydalanish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Arzon ishchi kuchi resurslari ko'plab firmalarni chet elda ishlab chiqarish ochishga undaydi. Boshqa afzalliklar xom ashyo bazasi, energiya manbalari va boshqalarning yaqinligi bo'lishi mumkin.
Qarzlarni sug'urtalash. To'lovlarning kafolati qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi aktivlar tomonidan ta'minlanadi. Sug'urtalovchi zaxira turlari qancha ko'p bo'lsa, amortizatsiya xavfi kamayadi.
Valyuta sarmoyalari. Oddiy fuqarolar ham, butun davlatlar valyuta rezervlarini yaratishda stavkalarning o'zgarishini hisobga olishadi, ammo ularni mutlaq aniqlik bilan oldindan aytib bo'lmaydi. Katta zaxiralar ko'pincha turli xil pul birliklarida va boshqa turdagi qiymatlarda saqlanadi.
Mehnat zaxiralari. Ish beruvchilar ham, xodimlar ham xodimlarning malakasini universallashtirishdan manfaatdor. Birinchisi o'zaro almashish imkoniyatiga ega, ikkinchisi esa mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi.
Investitsiya. Turli rentabelli korxonalarning qimmatli qog'ozlariga sarmoyalash uning egasining moliyaviy barqarorligini oshiradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish - diversifikatsiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Korxonada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish yangi sohalarni o'z ichiga olgan holda korxona doirasini kengaytirishni anglatadi. Bunga yapon zayatsu yoki koreys shaybollari (ko'p tarmoqli korporatsiyalar) misol bo'la oladi, ularning assortimenti juda keng - yirik kemalardan miniatyurali radio jihozlariga qadar.
Ishlab chiqarishni bunday kombinatsiyasi va diversifikatsiyasi umumiy va yordamchi liniyalarning mavjudligini nazarda tutadi, ularning ba'zilari mutlaq ko'rinishda katta foyda keltiradi, boshqalari nisbatan past tezlikda yuqori rentabellik bilan ajralib turadi.
Albatta, bunday strategiya kam rentabelli va hattoki sarguzashtli dasturlarni ishlab chiqishga aktivlarni majburiy ravishda ajratishda aks ettirilgan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, biznes faoliyatini diversifikatsiya qilish bu kompaniyaning ichidagi raqobatdir: moliyalashtirish uchun loyiha o'z va'dasini tasdiqlashi kerak.
Korxona faoliyatini modernizatsiyalashning asosiy maqsadi – moddiytexnika bazasini takomillashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishdan iborat. Biroq, e’tibor qaratish lozimki, modernizatsiyalash jarayoni ko’p qirrali va turli natijalarni keltirib chiqarish imkoniyatga ega.
Shu bilan birga modernizatsiyalash chora-tadbirlari turlituman bo’lib, ularni qo’llashning muqobil yo’llari mavjud. Muayyan choratadbirni ustun ravishda qo’llash imkoniyati va zarurligi uni qo’llashdan olinadigan natijaga bog’liq. Bu natijalarni oldindan hisob-kitob qilish, ularni o’zaro taqqoslash va shu asosda eng ahamiyatlisi tanlab olish pirovardida modernizatsiyalashning muvaffaqiyatini belgilab beradi. Bundan ko’rinadiki, modernizatsiyalash chora-tadbirlarining muqobilligi va natijalarining turlichaligi mazkur jarayon samaradorligini baholash zaruratini keltirib chiqaradi.
Modernizatsiyalash jarayonlarni samaradorligini baholash zarurligi, shuningdek, tarmoq modernizаtsiyalash dasturlarining to’g’ri shakllantirilganligi va ilmiy asoslanganligini aniqlash orqali ham namoyon bo’ladi. Odatda, modernizatsiyalash dasturlari tarmoq va soha mutasaddi idoralari tomonian shakllantirilib, u o’z ichiga tarmoq, korxona va tashkilotlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarni oladi. Biroq, muayyan sharoit va davrda tuzilgan dasturlar vaqt o’tishi bilan o’zgarish xususiyatiga ega.
Ayniqsa, uzoq muddatli dasturlarga oraliq o’zgartirish va tuzatishlarni kiritib boorish ularning yanada takomillashuviga hamda samaradorligining oshishiga olib keladi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan asosiy vazifasi – korxona faoliyatini uni moliyaviy resurslar bilan ta’minlovchi aksionerlar manfaatlarini amalga oshiradigan tarzda tashkil etish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish samaradorligini baholashda mazkur jarayonni amalga oshirishning mantiqiy jihatdan ketma-ketligini aniqlash va uslubiy asoslarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish korxonalarni modernizatsiyalash jarayonlari boshqaruv samaradorligini baholash ketma-ketligida dastlabki bosqichni ishlab chiqarish korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklini belgilab olish va ularning to’g’ri yo’lga qo’yilganligini baholash tashkil etadi. Shunga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklining quyidagi ko’rinishini tavsiya etamiz
Tahlillardan shu ko’rinadiki, korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklini 6 fazadan iborat deb belgilab olingan. O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, ushbu bosqichlar soni va ularning mazmuni mazkur jarayonni tahlil etish murakkablik darajasiga qarab o’zgarishi mumkin. Bu borada eng muhimi – fazalar orqali ifodalanuvchi jarayonlarning boshqaruv mazmunini to’liq qamrab olishi va namoyon etishidadir:
1-faza: Korxonalarni moderniztsiyalash imkoniyatlarining tahlili. Bunda asosan quyidagi ikkita jihatga e’tibor qaratiladi:
korxona bo’yicha modernizatsiyalash imkoniyatlarini baholash;
mahsulot tayyorlash yaxlit texnologik jarayoni bo’yicha korxonaning modernizatsiyalash imkoniyatlarini baholash
2-faza: Modernizatsiyalash jarayolarini rejalashtirish. Rejalashtirishdan maqsad – modernizatsiyalash jarayonlarini uzilishlarsiz va o’zaro muvofiq holda amalga oshirish.
3-faza: Modernizatsiyalash jarayonini tashkil etish. Tashkil etish - rejalashtirgan vazifalarning amaliy harakatini ta’minlashga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar majmuidir.
4-faza: Modernizatsiyalash jarayonlarini motivatsiyalash. Bu bosqichda motivatsiyalash dividend siyosati, moliyaviy natijalarda ishtirok etish, mukofotlash tizimi va boshqa iqtisodiy vosita hamda dastaklardan foydalaniladi.
5-faza: Modernizatsiyalash jarayonlarini nazorat qilish. Nazorat – boshqaruvning tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi. Umumiy nazoratni korxonaning boshqaruvi amalga oshiradi. Joriy nazorat esa asosan texnik va texnologik jarayonlar nazoratidan iborat bo’lganligi sababli, asosan korxonaning modernizatsiyalash bo’yicha ma’sul bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6-faza: Modernizatsiya jarayonlarini tartibga solish. Bu o’rinda tartibga solish mazkur jarayonlarning boshqarish nuqtai nazaridan qaraladi. Modernizatsiyalash jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rilishiga (masalan, korxonada modernizatsiyalash dasturining ishlab chiqilishi, ekpertizadan o’tkazilishi va qabul qilinishi, korxona va korxonalararo darajada modernizatsiyalash bo’yicha aniq vazifalarning belgilab berilishi va boshqalar) qaramay, uning murakkab tavsifi va xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan joriy tuzatish va o’zgartirishlarni kiritib boorish taqozo etiladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga qat’iy talablar qo’yadi, chunki hozirgi zamonda har qanda korxonaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar borasidagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik ikki ko’rsatkich - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog’liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish ikkinchi omil birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro’si va yanada gullashi hamda sifatni bshqarish -, barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun ishning alfa va va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish miqyosida sifat masalasi muhim o’rin egallaydi.
Mahsulot sifatini oshihrish – bu, oqibat-natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to’laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy-iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati – muayyan shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati – bu, shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning xalq xo’jaligi ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Ishlab chiqarish mahsuloti sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilishm uning jihozlanish darajasi, mutaxassisliklarining malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo’yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati korxonalar o’rtasidagi sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo’yicha munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Mahsulot sifati uni yaratish jarayonida ta'minlanadi va unga bir necha omillar ta'sir o‘tkazadi. Bular 3 guruhga bo‘linadi:
- material-texnik omili.
- ma'muriy omil.
- inson omili.
Bu uch omil sifatni ta'minlashda kerakli shart deb hisoblanadi. Bularning ichida eng asosiysi inson omili va sifat muammosini yechishda avvalom bor inson omilidan - xodimlarni mehnat sifatiga bo‘lgan qizikishini oshirishdan boshlash kerak. Sabab shundaki qiziqishi yo‘k ishchi yaxshi, zamonaviy dastgoxlarda ham yaxshi ishlamaydi, qiziqishi bo‘lsa yomon sharoitlarda ham mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladi.
Маhsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatni muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq faravonligini o’stirishning asosiy omillarida biri hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini oshirish ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha harajatlarsiz oshirish, demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, va miqdorining o’zaro bog’liqligi mahsulot sifatni oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to’la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o’sishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o’z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko’paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona(firma) o’z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yulsaltirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
XULOSA
Xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun korxonalarning ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish zarur. Buning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: o moddiy va energiya resurslarini tejash imkoniyatlarini izlash va amalga oshirish, yuqori samarali uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tizimlarini yaratish, logistikadan keng foydalanish; o yo'qotishlarni ularning paydo bo'lishi tabiati va manbalari, shuningdek ishlab chiqarishda mehnat ob'ektlari harakatini tashkil etish tamoyillarini to'liq yo'q qilish yoki kamaytirish yo'nalishlari bo'yicha tasniflash o sifatni ta'minlash usullarini o'rganish, jarayonlar sifatiga ta'sir etuvchi omillarni, shuningdek uni takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy zaxiralarni aniqlash; o har bir xodimning eng samarali ishlashi uchun sharoit yaratish va korxonaning mehnat jamoasi oldida turgan muammolarni hal qilishda ishchilarning ijodiy faolligini namoyish etish uchun imkoniyatlar yaratish; o ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni raqamlashtirish, xususan boshqarishning dasturlashtirilgan tizimlaridan foydalanishni kengaytirish.
Shunday qilib, biznesni diversifikatsiya qilishni samarali tashkil etish bilan bog'liq masalalarni o'rganish katta qiziqish uyg'otadi va yanada rivojlanishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda biznesning maqsadlari va yo'nalishlari o'rtasidagi bog'liqlik, diversifikatsiyaning o'ziga xos xususiyatlariga turli omillarning ta'siri, diversifikatsiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash bo'yicha uslubiy tavsiyalar va yondashuvlarni ishlab chiqish, biznesni samarali diversifikatsiyalashni tashkil etish va o'tkazish mexanizmlarini takomillashtirish va boshqalar batafsil o'rganishni talab qiladi. Tashkilot uchun eng maqbul diversifikatsiya turlarini samarali amalga oshirishni ta'minlaydigan nazariy va uslubiy jihatlarni ishlab chiqish va tizimlashtirish va shu asosda turli xil diversifikatsiya dasturlarining samaradorligini baholashga imkon beradigan samarali modelni shakllantirish mintaqaviy darajada ham, umuman mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ham biznesni rivojlantirishda muhim omil bo'lishi mumkin.
Aholining talab va ehtiyojlarining keskin o’sib borishi, shuningdek, jahon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT), O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O’z O’DT), O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’z SMT) ni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi sog’lig’i, mahsulot xavfsizligi, mamlakatning mudofaa qobiliyati, atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Bizning fikrimizcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.
Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.
Ma’lumki, bozor sharoitida ko’pgina ko’rsatkichlar orasida aynan sifat tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilarning saqlanib qolish shartiga, ularning iqtisodiy faoliyatining samaradorligi hamda mamlakat iqtisodiy farovonligii ko’rsatkichiga aylanadi. Marketing nuqtai nazaridan sifat – ma’lum iste’molchining ma’lum ehtiyojlarini qondiruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidir.
Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.
Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
|
| |