• Elektr energetika tarmog‘ida
  • ” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi




    Download 469,58 Kb.
    bet3/4
    Sana22.11.2023
    Hajmi469,58 Kb.
    #103744
    1   2   3   4
    Kundalik hayotimizda
    Demak, mantiqiy xulosa shuki, mavjud energoresurslardan tejamkorlik bilan foydalanish - davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon dastlabki qadamni tashlagan bo‘lasiz. Ish joyi va uy binosi xonalarini ko‘proq tabiiy yorug‘likdan (quyosh nuridan) foydalangan holda yoritishga harakat qilish ortidan ikkinchi qadamni bosasiz. Ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz - energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatib, uchinchi qadamni tashlashga muyassar bo‘lasiz. Zero, dono xalqimizda “Dengiz sohilida tahorat olgan bo‘lsang ham suvni keragidan ortig‘ini ishlatma”, degan ibratli naql bor.
    Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyasiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish - energiya samaradorligi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish - energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererini jihozlash, uni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish (bino-inshootlardan foydalanish) me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha - iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.
    Elektr energetika tarmog‘ida
    Energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmog‘ida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnik-muhandislik tadbirlari olib boriladi.
    Shartli ravishda, elektr energetika sohasida texnologik sarflarni (yo‘qotishlarni) kamaytirish ham samarali ish koeffitsentining yorqin namunasi. Misol uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar va 11650 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlarida bu ko‘rsatkich belgilangan me’yordan kamaytirilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib bormoqda. Bu o‘rinda eskpluatatsiya jarayonlarini to‘g‘ri bajarish muhim sanaladi.
    Har bir podstansiya yoki ma’muriy binolarda o‘z ehtiyoji uchun foydalaniladigan elektr energiyasi miqdorini ham kamaytirish - soha mutaxassislari oldiga Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri sanaladi. Elektr ob’yektlarida xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasini sarfini kamaytirish uchun ma’muriy binolar tomiga quyosh panellari va quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilmoqda.

    Download 469,58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 469,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi

    Download 469,58 Kb.