|
1- amaliy ish davriy signallar spеktrlarini tadqiq etish nazariy qisim
|
bet | 1/3 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 78,5 Kb. | | #105697 |
Bog'liq 1 T va S Am (2)
1- AMALIY ISH
DAVRIY SIGNALLAR SPЕKTRLARINI TADQIQ ETISH
Nazariy qisim: Signallar murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ularni to‘g‘ridan – to‘g‘ri tahlil qilish juda qiyin. Shuning uchun signallarni tahlil qilishda, ularni oddiy tashkil etuvchilrga ajratib, ularni xususiyatlarini aniqlab, umumlashtirib signal haqida ma'lumot olish mumkin.Yuqorida aytib o‘tilganlarni amalga oshirish uchun n o‘lchovli fazadagi vektor deb qarash mumkin. Bu vektorning har bir koordinata o‘kidagi proeksiyalar uning tashkil etuvchilari bo‘ladi.
Davriy signal (tok yoki kuchlanish) bu ma'lum bir T vaqt oralig'idan keyin signal shakli takrorlanadi va bu oraliq signal davri deb ataladi. Davriy bo'lgansignal uchun quyidagi shart bajariladi: Davriy signalning eng oddiy shakli bu amplituda, davr va boshlang'ich faza bilan ajralib turadigan garmonik signal yoki sinus to'lqini. Boshqa barcha signallar garmonik bo'lmagan yoki sinusoidal bo'lmagan bo'ladi.
Shuni ko'rsatish mumkinki va amaliyot shuni isbotlaydiki, agar kirish signali davriy bo'lsa, u holda chiziqli zanjirning xar bi r shaxobchasidagi boshqa barcha tok yoki kuchlanish (chiqish signallari) ham davriy bo'ladi.
Elektr zanjirida davriy garmonik bo'lmagan signallarni (kirish ta'sirilari va ularning reaktsiyalari) o'rganish uchun umumiy usul mavjud bo‘lib , bu signallarni Furye qatorlariga yoyishga asoslanadi.
Bu usul shundan iboratki, har qanday davriy signallarni ma'lum bo‘lgan amplituda, chastota va boshlang'ich fazalarga ega bir qator garmonik (ya'ni sinusoidal) signallarni algebraik yig‘indisi sifatida qarash mumkin, chunki bunday yig‘indini qiymati istalgan vaqtda ushbu davriy signalni qiymatlariga tengdir. Davriy signallarning spektrlarini tahlil qilishda kompleks shakldagi Fyur qatorlari ham qo'llaniladi. Bunday holda, trigonometrik funktsiyalar eksponensial funktsiyalar bilan almashtiriladi. Berilgan davriy signalni tashkil etadigan turli xil chastotali garmonik tebranishlari to'plamiga signalning chastota spektri deyiladi.
Agar garmonik tebranishlar chastotasining to'plami diskret bo'lsa, u holda signalning spektri diskretdir, agar chastota to'plami uzluksiz bo'lsa, u holda signalning spektri uzluksizdir. Davriy signallarning spektri albatta diskretdir.
Davriy signallarning spektri uch xil ko‘rinishda buladi:
Amplituda spektri
Faza spektri
Quvvat spektri
Davriy signalning eng oddiy shakli bu amplituda, davr va boshlang'ich faza bilan ajralib turadigan garmonik signal yoki sinus to'lqini. Boshqa barcha signallar garmonik bo'lmagan yoki sinusoidal bo'lmagan bo'ladi.
Shuni ko'rsatish mumkinki va amaliyot shuni isbotlaydiki, agar kirish signali davriy bo'lsa, u holda chiziqli zanjirning xar bi r shaxobchasidagi boshqa barchatok yoki kuchlanish (chiqish signallari) ham davriy bo'ladi.Elektr zanjirida davriy garmonik bo'lmagan signallarni (kirish ta'sirilari va ularning reaktsiyalari) o'rganish uchun umumiy usul mavjud bo‘lib , bu signallarni Furye qatorlariga yoyishga asoslanadi.Bu usul shundan iboratki, har qanday davriy signallarni ma'lum bo‘lgan amplituda, chastota va boshlang'ich fazalarga ega bir qator garmonik (ya'ni sinusoidal) signallarni algebraik yig‘indisi sifatida qarash mumkin, chunki bunday yig‘indini qiymati istalgan vaqtda ushbu davriy signalni qiymatlariga tengdir.
|
| |