• Matnli faylni tashkil etish
  • Faylni bosmaga chiqarish
  • *.bak -joriy katalogdagi .bak




    Download 30.5 Kb.
    bet5/5
    Sana21.01.2023
    Hajmi30.5 Kb.
    #38875
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1- amaliy mashg’ulot kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti
    Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimla, Протокол собрания 6 Д класса, Регламент Курсовая работа, Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma, hamkorlik, Gaz alangasi yordamida metallarga ishlov berish texnologiyasi va jihozlari
    *.bak

    -joriy katalogdagi .bak kengaytmali barcha fayllarni;

    C*.txt

    - « S » harfi bilan boshlanuvchi .txt kengaytmali barcha fayllarni;

    *.*

    -joriy katalogdagi barcha fayllarni;

    a???.*

    -ixtiyoriy kengaytmali, nomlari «a»dan boshlanuvchi va uzunligi
    4 ta xonadan oshmaydigan fayllarni ifodalaydi.

    Matnli faylni tashkil etish


    Matnli faylni hosil qilish uchun: copy con «Fayl nomi»
    buyrug’i beriladi. Buyruq davomidan Enter klavishi albatta bosib qoyilishi shart. Natijada ko’rsatkich satr boshida chiqib turadi. Kiritiladigan hujjat fayl sifatida satrma-satr kiritib boriladi. Har bir satr oxirida Enter bosib qo’yiladi. Hujjat oxirida esa F6 va yana Enter klavishi ketma-ket bosib qo’yiladi. Natijada, agar fayl tashkil qilish bosqichi muvaffaqiyatli yakunlansa, u holda ekranda: 1 file(s) copied
    (1 ta fayl nusxasi ko’chirildi) degan ma’lumot chiqadi. Aks holda,
    0 file(s) copied-degan ma’lumot chiqadi. Masalan, copy con failn1.txt
    Jumladan, copy con a:failn1.txt buyrug’i disketada failn1.txt nomli faylni hosil qilish uchun ishlatiladi.

    Faylni bosmaga chiqarish


    Xotiradagi fayllarni bosmaga chiqarish uchun dastlab printer qurilmasi shaxsiy kompyuterga ulangan va ishga tushirilgan bo’lishi shart. Shunda kerakli faylni bosmaga chiqarish uchun ushbu print «Fayl nomi» buyrug’idan foydalanish mumkin. Masalan: print filen1.txt.
    Agar bosmaga chiqariluvchi fayllar soni bir nechta bo’lsa, u holda ular o’zaro kamida bitta bo’shliq bilan ajratiladi. Masalan: print filen1.txt filen2.txt filen3.txt
    Jumladan, LPT1 portiga ulangan printer uchun faylni bosmaga chiqarish buyrug’i ushbu: copy «Fayl nomi» LPT1 ko’rinishida bo’ladi. Masalan: copy filen3.txt lpt1.
    Klaviaturadan kiritilayotgan matnni to’g’ridan-to’g’ri bosmaga chiqarish uchun copy con lpt1 buyrug’i kiritiladi. Bu jarayon F6 yoki Strl va Z klavishlarini birdaniga bosish bilan yakunlanadi.
    Download 30.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 30.5 Kb.