• Virtual xotirani boshqarish.
  • Virtual tashqi xotirani boshqarish.
  • Kompyuterning dasturli ta’minoti Fayl va katalog tushunchasi Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl
  • fayl kengaytmasi
  • Kiritish va chiqarish standart qurilmalari




    Download 30.5 Kb.
    bet3/5
    Sana21.01.2023
    Hajmi30.5 Kb.
    #38875
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1- amaliy mashg’ulot kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti
    Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimla, Протокол собрания 6 Д класса, Регламент Курсовая работа, Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma, hamkorlik, Gaz alangasi yordamida metallarga ishlov berish texnologiyasi va jihozlari
    Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda berilganlarni kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan so’ng ma’lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb hisoblanadi.
    Filtr - tizimli dastur yoki buyruq bo’lib, berilganlarni kiritish qurilmasidan o’qib tartiblaydi va dastur yoki buyruqda aniqlangan qurilmalarga yo’naltiradi.
    Virtual xotirani boshqarish. OS tarkibiga virtual (fariziy) xotiraga ishlov beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira - bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira. Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko’p bo’ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari birinchidan xotiraning har bir manzilni tanlash bo’lsa, ikkinchidan real operativ xotiraning tan narxi bir muncha qimmatligidandir. Shuni eslatib o’tish kerakki, albatta protsessor virtual xotiraga ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan ko’proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning ma’lumot birligi uchun o’z manzili mavjud bo’ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko’rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo’ladi.
    Virtual tashqi xotirani boshqarish. Virtual tashqi xotirani boshqarish virtual ichki xotirani boshqarishga nisbatan bir muncha murakkabroq. Buning asosiy sababi ularning hajmidadir.
    Himoya. OSda ishlatiladigan berilganlar Himoyalangan bo’lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo’ladi. Har qanday OS o’z tarkibiga kirgan dasturlarni Himoyalashi ko’zda tutilgan bo’ladi. Biroq bu Himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish odatda tashqi aralashuv natijasida amalga oshiriladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo’yiladi.
    Kompyuterning dasturli ta’minoti

    Fayl va katalog tushunchasi


    Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu kabi ma’lumotlar. Fayllar 2 xil ko’rinishda bo’ladi: matnli va ikkilik tizimida. Matnli fayllar foydalanuvchining o’qishi uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy belgilardan tuzilgan satrlardan tashkil topadi. Har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va yangi satrdan boshlangan bo’ladi. Ma’lumki, matnni tahrirlash va ko’rish paytida Enter klavishasining belgisi ekranda ko’rinmaydi.
    Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK tomonidan faylga qo’shimcha tur- fayl kengaytmasi beriladi. Fayl kengaytmasi sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha bo’lgan lotin harflari, raqamlar va ba’zi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, fayl kengaytmasi ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl kengaytmasi yoziladi. Masalan: win.com, lola.bat, pr1.bas, pr2.txt.
    Bu yerda win, lola, pr1 va pr2lar fayl nomlari bo’lib, com, bat, bas va txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo’lishi shart emas. Agar u bor bo’lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi.

    Download 30.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 30.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiritish va chiqarish standart qurilmalari

    Download 30.5 Kb.