• Qurilma Interfeys IP-manzil
  • Topshiriq Tarmoq qurilmasini asosiy ko„rsatkichlarini sozlash
  • Tarmoq bog„lanishni tekshiring
  • Console port
  • Protokol Secureshell (SSH)
  • 1 – Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoq qurilmalarida




    Download 196 Kb.
    bet1/6
    Sana16.11.2023
    Hajmi196 Kb.
    #100081
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg\'ulot
    “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (1), HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI (1), Hayot faoliyati xavfsizligi (3)

    1 Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini
    o‟rnatish


    Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta‘minlash usullari hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
    Ushbu Amaliy mashg’ulotda 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



      1. – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi

    1.1-jadval


    Manzillash jadvali







    Qurilma



    Interfeys



    IP-manzil

    Tarmoq maska

    Asosiy shlyuz

    S1

    VLAN 1

    192.168.1.100

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    PC-A

    Tarmoq adapteri

    192.168.1.2

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    Topshiriq

    1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko„rsatkichlarini sozlash




      • Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‗rsatkichlarini sozlang

      • kompyuter uchun IP- manzilni o‗rnating.

      • Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

      • SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

    1. Tarmoq bog„lanishni tekshiring

    • qurilmaning konfiguratsiyasini ko‗rsating

    • telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang

    • kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.

    Qisqacha nazariy ma‟lumotlar

    Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‗llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:



    Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta‘minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‗ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
    TELNET (terminal network) — tarmoq bo‗ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‗ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
    TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‗rtasida o‗zaro ishlashni ta‘minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‗rinishdagi aloqada ishlatiladi.
    Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‗lanishni ta‘minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‗rniga SSH protokolini qo‗llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‗rtasida ishlashda shifrlanmagan
    xavfsiz ma‘lumot ko‗rinishiga o‗xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‗lanishda himoyani ta‘minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma‘lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‗rtasidagi uzatilayotgan ma‘lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP- port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
    AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‗rnatish uchun eskirgan usul xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‗lanishi yordamida routerning yordamchi portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham tarmoqdan tashqari ulanishni ta‘minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‗lsa, masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.

    Download 196 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 196 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoq qurilmalarida

    Download 196 Kb.