• RISC
  •  CISC, RISC va VLIW arxitekturalari




    Download 62.1 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana23.04.2022
    Hajmi62.1 Kb.
    #20196
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3.1- CISC, RISC va VLIW arxitektura(97-104)

      Bu sahifa navigatsiya:
    • RISC
    2. CISC, RISC va VLIW arxitekturalari
    80 – yillardagi kompyuterlarda xususan, VAX va IBM da 200 dan 300 tagacha
    buyruqlar bo`lgan. Lekin RISC kompyuterlarda esa kam sonli buyruqlar (50 ta
    atrofida) kompyuterlarning o`ziga xosligini ifodalar edi.
    RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar
    to`plamiga ega kompyuter.
    CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar
    to`plamiga ega kompyuter.
    Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim
    kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan
    qiziqmaydi.
    Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy
    kurash boshlandi. RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng
    yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va
    ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta
    registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga
    qaytaradi. CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa
    ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga
    RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan.


    99
    Kompyuterlar 
    bozorida 
    RISC 
    dominantlik 
    qilishi 
    hisobiga 
    CISC
    kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo
    `lmadi;
    Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash
    imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun
    ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi.
    Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi. 486
    protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir siklida sodda
    buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab buyruqlar esa
    odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan bo`ldi. Buning
    natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi murakkab
    buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi.

    Download 62.1 Kb.
    1   2   3   4




    Download 62.1 Kb.
    Pdf ko'rish