1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot




Download 313,45 Kb.
bet47/89
Sana16.11.2023
Hajmi313,45 Kb.
#100010
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
@AKT Official C haqida o\'zbekcha darslar majmui

POINTER ARGUMENTLI FUNKSIYALAR
Funksiylar ikki argumentlariga qarab ikki turga bo'linadi degan edik. Argumentlar qiymat bo'yicha, yoki ko'rsatkich bo'yicha berilishi mumkin edi. Qiymat bo'yicha berilgan argumentning funksiya chaqirig'iga nushasi beriladi. Ko'rsatkich bo'yicha argument chaqirig'ida, funksiyaga kerakli argumentga ko'rsatkich beriladi. Ko'rsatkich bo'yicha chaqiriqni ikki usulda bajarish mumkin, birinchi usul &-ko'rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi usulda esa pointerlar qo'llaniladi. Pointerlar bilan chaqishning afzalligi (qiymat bo'yicha chaqiriq bilan solishtirganda) shundagi, agar ob'ektlar katta bo'lsa, ulardan nusha olishga vaqt ketqizilmaydi. Undan tashqari funksiya ob'ektning asl nushasi bilan ishlaydi, yani ob'ektni o'zgartura oladi. Funksiya faqat bitta ob'ektni yoki o'zgaruvchini return ifodasi yordamida qiytara olgani uchun, oddiy yol bilan, qiymat bo'yicha chaqiriqda funksiya faqat bitta o'zgaruvchining qiymatini o'zgartira oladi. Agar pointerlarni qo'llasak, bittadan ko'p ob'ektlarni o'zgartirishimiz mumkin, huddi &-ko'rsatkichli chaqiriqdagi kabi.
Funksiya chaqirig'ida esa, biz o'zgaruvchilarning adresini qo'llashimiz kerak. Buni & adres olish operatori yordamida bajaramiz. Massivni berayatganda esa adresni olish kerak emas, chunki massivning ismining o'zi massiv birinchi elementiga pointerdir.
Pointerlarni qo'llab bir dastur yozaylik. 
// Pointer argumentli funksiyalar
# include
int foo1(int k) {return (k * k);}
void foo2(int *iPtr) {*iPtr = (*iPtr) * (*iPtr);}
int main()
{
int qiymat = 9;
int javob = 0;
javob = foo1(qiymat); // javob = 81
cout << "javob = " << javob << endl;
foo2(&qiymat); // qiymat = 81
cout << "qiymat = " << qiymat << endl;
return (0);

Ekranda: 
javob = 81
qiymat = 81 
Yuqoridagi dasturimizda foo2() funksiya chaqirig'ida qiymat nomli o'zgaruvchimizning adresini oldik (& operatori) va funksiya berdik. foo2() funksiyamiz iPtr pointer argumentining qiymatini * operatori yordamida o'zgartiryapti. Funksiya e'lonida pointer tipidagi parametrlardan keyin o'zgaruvchi ismlarini berish shart emas. Masalan: 
int func(int * , char * ); // funksiya e'loni
int func(int *arg1, char *arg2); // funksiya e'loni
Yuqoridagi ikki e'lon aynidir.
Aytib o'tkanimizdek, massivlarning ismlari birinchi elementlariga ko'rsatkichdir. Hatto, agar massiv bir indeksli bo'lsa, biz massivlar bilan ishlash uchun pointer sintaksisini qo'llashimiz mumkin. Kompilyator
foo(int m[]); 
e'lonini 
foo(int * const m); 
e'loniga almashtiradi. Yuqoridagi m pointerini "int tipiga o'zgarmas pointer" deb o'qiymiz. const bilan pointerlarning qo'llanilishini alohida ko'rib chiqamiz.
const SIFATLI POINTERLAR 
const ifodasi yordamida sifatlantirilgan o'zgaruvchining qiymatini normal sharoitda o'zgartira olmaymiz. const ni qo'llash dasturning hatolardan holi bo'lishiga yordam beradi. Aslida ko'p dasturchilar const ni qo'llashga o'rganishmagan. Shu sababli ular katta imkoniyatlarni boy beradilar. Bir qarashda const ning keragi yo'qdek tuyuladi. Chunki const ni qo'llash dasturning hech qaysi bir yerida majburiy emas. Masalan konstantalarni belgilash uchun # define ifodasini qo'llasak bo'ladi, kiruvchi argumentlarni ham const sifatisiz e'lon qilsak, dastur mantig'i o'zgarishsiz qoladi. Lekin const kerak-kerakmas joyda o'zgaruvchi va ob'ektlarning holat-qiymatlarini o'zgartirilishidan himoyalaydi. Yani ob'ekt qiymatini faqat cheklangan funksiyalar va boshqa dastur bloklari o'zgartira oladilar. Bu kabi dasturlash uslubi esa, yani ma'lumotni berkitish va uni himoya qilish ob'ektli dasturlash falsafasiga kiradi.
Ko'rsatkich qo'llanilgan funksiyalarda, agar argumentlar funksiya tanasida o'zgartirilmasa, kirish parametrlari const deb e'lon qilinishlari kerak. Masalan, bir massiv elementlarini ekranga bosib chiqaradigan funksiya massiv elementlarini o'zgartirishiga hojat yo'q. Shu sababli argumentdagi massiv const sifatiga ega bo'ladi. Endi, agar dasturchi adashib, funksiya tanasida ushbu massivni o'zgartiradigan kod yozsa, kompilyator hato beradi. Yani bizning o'zgaruvchimiz himoyalangan bo'ladi. Bu mulohazalar boshqa tipdagi const sifatli funksiya kirish parametrlariga ham tegishlidir. Pointerlar bilan const ni to'rt hil turli kombinatsiya qo'llashimiz mumkin.
1. Oddiy pointer va oddiy o'zgaruvchi (pointer ko'rsatayatgan o'zgaruvchi).
2. const pointer va oddiy o'zgaruvchi.
3. Oddiy pointer va const o'zgaruvchi.
4. const pointer va const o'zgaruvchi.
Yuqoridagilarni tushuntirib beraylik. Birinchi kombinatsiyada o'zgaruvchini hech bir narsa himoya qilmаyapti. Ikkinchi holda esa o'zgaruchining qiymatini
o'zgartirsa bo'ladi, lekin pointer ko'rsatayоtgan adresni o'zgartirish ta'qiqlanadi. Masalan massiv ismi ham const pointerdir. Va u ko'rsatayatgan massiv birinchi elementi-ni o'zgartirishimiz mumkin. Endi uchinchi holda pointeri-
miz oddiy, lekin u ko'rsatayatgan o'zgaruvchi himoyalan
gandir. Va nihoyat, to'rtinchi variantda eng yuqori darajadagi o'zgaruvchi himoyasita'minlanadi. 
Yuqoridagi tushunchalarga misol berib o'taylik. 
// const ifodasi va pointerlar 
# include
# include  
int countDigits(const char *); // oddiy pointer va const o'zgaruvchi
void changeToLowerCase(char *); // oddiy pointer va oddiy o'zgaruvchi
int main()
{
char m[] = "Sizni 2006 yil bilan tabriklaymiz!";
char n[] = "TOSHKENT SHAHRI...";
cout << m << endl <<"Yuqoridagi satrimizda " << countDigits(m)
<< " dona son bor." << endl << endl;
cout << n << endl << "Hammasi kichik harfda:" << endl;
changeToLowerCase(n);
cout << n << endl;
return (0);
}
int countDigits(const char * cpc) { // satrdagi sonlar (0..9) miqdorini
// hisoblaydi
int k = 0;
for ( ; *cpc != '\0' ; cpc++){ // satrlarni elementma-element
// ko'rib chiqishning birinchi yo'li.
if ( isdigit(*cpc) ) // kutubhona funksiyasi
k++;
}
return (k);
}
void changeToLowerCase(char *pc) { // katta harflarni kichik harflarga
// almashtiruvchi funksiya
while( *pc != '\0'){ // satrlarni elementma-element
// ko'rib chiqishning ikkinchi yo'li.
*pc = tolower( *pc ); // kutubhona funksiyasi
++pc; // pc keyingi harfga siljitildi
}
return;
}
Ekranda:
Sizni 2006 yil bilan tabriklaymiz!
Yuqoridagi satrimizda 4 dona son bor.
TOSHKENT SHAHRI...
Hammasi kichik harfda:
toshkent shahri...
Yuqoridagi dasturda ikki funksiya aniqlangan. Change ToLowerCase()funksiyasining parametri juda oddiydir. Oddiy char tipidagi pointer. Ushbu pointer ko'rsatayotgan ma'lumot ham oddiydir. Ikkinchi funksiyamizda esa (countDigits()), pointerimiz oddiy, yani uning qiymati o'zgarishi mumkin, u hotiraning turli adreslariga ko'rsatishi mumkin, lekin u ko'rsatayotgan o'zgaruvchi const deb e'lon qilindi. Yani pointerimiz ko'rsatayotgan ma'lumot ayni ushbu pointer yordamida o'zgartirilishi ta'qiqlanadi. Bizda yana ikki hol qoldi, ular quyida berilgan:
const pointer va const o'zgaruvchi
const pointer va oddiy o'zgaruvchi
Birinchi holga misol beraylik.
...
int m = 88, j =77;
const int * const pi = &m; // const pointer e'lon paytida
// initsalizatsiya qilinishi shartdir
...
m = 44; // To'g'ri amal
*pi = 33; // Hato! O'zgaruvchi const deb belgilandi; birinchi const
pi = &j; // Hato! Pointer const deb belgilandi; int * dan keyingi const
...
j = *pi; // To'g'ri. const o'zgaruvchilarning
// qiymatlari ishlatilinishi mumkin.
...
Yuqoridagi parchada const pointer va const o'zgaruvchili kombinatsiyani ko'rib chiqdik. Eng asosiysi, const pointer e'lon qilinganda initsalizatsiya bo'lishi shart. Bu qonun boshqa tipdagi const o'zgaruvchilarga ham tegishli. Ko'rib turganimizdek,
*pi = 33;
ifodasi bilan m ning qiymatini o'zgartirishga intilish bo'ldi. Lekin bu hatodir. Chunki biz pi pointeri ko'rsatib turgan hotira adresini o'zgarmas deb pi ning e'lonida birinchi const so'zi bilan belgilagan edik. Lekin biz o'zgaruvchining haqiqiy nomi bilan - m bilan o'zgaruvchi qiymatini o'zgartira olamiz. Albatta, agar m ham o'z navbatida const sifatiga ega bo'lmasa. Yani hotira adresidagi qiymatga ikkita yetishish yo'li mavjud bo'lsa, bular o'zgaruvchining asl nomi - m, va pi pointeri, bulardan biri orqali ushbu qiymatni o'zgartirsa bo'ladi, boshqasi o'rqali esa bu amal ta'qiqlanadi. 
Keyin, 
pi = &j;
ifoda bilan esa pi ga yangi adres bermoqchi bo'ldik. Lekin pointerimiz o'zgarmas bo'lgani uchun biz biz bu amalni bajara olmaymiz. Pointerlar va const ifodasining birga qo'llanilishining to'rtinchi holida const pointer va oddiy hotira adresi birga ishlatilinadi. Bunga bir misol: 
int j = 84, d = 0;
int * const Ptr = &j; // e'lon davrida initsalizatsiya shartdir
*Ptr = 100; // to'g'ri amal
Ptr = &d; // Hato! Ptr ko'rsatayatgan
// hotira adresi o'zgartilishi ta'qiqlanadi
Yuqorida Ptr ko'ratayatgan adresni o'zgartirsak, kompilyator hato beradi.Aslida, massiv ismlari ham ayni shu holga misol bo'la oladilar. Massiv ismi massivning birinchi elementiga const pointerdir. Lekin u ko'rsatayotgan massiv birinchi elementning qiymati o'zgartilishi mumkin.

Download 313,45 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Download 313,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot

Download 313,45 Kb.