• Kalit so’zlari
  • 2. Sinf shablonini yaratish
  • 3. Argument qabul qiluvchi sinf shabloni
  • 7-ma’ruza: klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Reja




    Download 7.1 Kb.
    Sana14.10.2023
    Hajmi7.1 Kb.
    #87741
    Bog'liq
    7-ma’ruza klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyala-fayllar.org
    Kvant kriptografiyasi, Lecture 4 12, 456451, for takrorlash operatori topshiriqlar, 1408336, 5.Savollar, 2. ДЕНЕЖНЫЕ ПОТОКИ444, informatika, Mustaqil ishi innovatsion loyihalarni tayyorlash-fayllar.org, A.NAVOIY, Oliy taʼlim muassasalarida elektr energiya bilan taʼminlaydigan quyosh panellarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatish ishlarini amalga oshirish ni tizimli boshlash, Mustaqil ish №5., Loyiha tashabbusi, Mustaqil ish mavzusi, 11111

    7-ma’ruza: klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Reja

    7-ma'ruza matni (qo'shimcha o'rganish uchun)



    7-MA’RUZA: KLASS VA FUNKSIYALAR SHABLONLARI. KLASS VA FUNKSIYALAR SHABLONLARINI DASTURLASH. 

    Reja:
    1. Shablonlarning umumiy xarakteristikasi
    2. Sinf shablonini yaratish
    3. Argument qabul qiluvchi sinf shabloni 


    Kalit so’zlari: Sinf, sinf shabloni, funksiya shabloni, template, class, typename, argumentli shablon, argumentsiz shablon.

    1. Shablonlarning umumiy xarakteristikasi
    Shablonlar ma’lumotlar turini aniqlashda ishlatiladigan kontruktsiya (funksiya, sinf) larni aniqlash uchun qo’llaniladi, lekin shablon kodini yozishda bu ma’lumot turi qanday bo’lishi nama’lum bo’ladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, shablonlar aniq bir ma’lumot turiga bog’liq bo’lmagan konstruktsiyalarni ishlab chiqishda qo’llaniladi.
    Shablonlarni yozish qoidalari:
    Funksiya shablonlari funksiya hisoblanmaydi, shuning uchun ham ular virtual bo’lishi mumkin emas.
    Sinf shablonlari statik elementlar, do’stona funksiyalar va sinflarni o’z ichiga olishi mumkin.
    Shablonlar meros qoldiradi. Ular shablonlar va odatiy sinflardan olinishi, shuningdek, shablonlar va oddiy sinflar uchun tayanch shablon bo'lishi mumkin.
    Barcha sinf yoki funksiya shablonlari «template» so’zi bilan boshlanadi. Ushbu kalit so’zdan keyin shablon parametrlarini tavsiflash uchun burchakli < > qavslar qo’yiladi. Har bir parametrdan oldin «class» yoki «typename» kalit so’zlari ishtirok etadi. Bu kalit so’zlarning yo’qligi kompiliyator tomonidan sintaksis xato sifatida qaraladi.
    C++ algoritmik tilida shablonlarni e’lon qilishga misollar:
    template
    template 
    template
    sinf yoki funksiya shablonlarida int, double, float, char kabi ma’lumotlar turini qo’llashda ham typename kalit so’zi ishlatiladi. «class» kalit so’zi funksiya shablonida parametr sifatida sinf qo’llanilganini xabar qiladi.
    C++ algoritmik tilida argumentsiz sinf shablonini e’lon qilishning umumiy shakli:
    template 
    class ClassName {
    //sinf tanasi
    //...
    };

    T – tur nomi;


    ClassName – sinf nomi.


    Sinf shabloni ob’ektining C++ algoritmik tilida e’lon qilinishining umumiy shakli
    ClassName ObjName;
    ClassName – shablonli sinf nomi;
    type – dasturdagi ma’lumotning aniq turi;
    objName – sinf ob’ekti (nusxasi) nomi.
    Ma’lumot turi butun yoki haqiqiy son bo’lgan sinf shablonining e’lon qilinishiga misol:
    template 
    class MyNumber {
    public:

    MyNumber(void) { } // jimlik holatidagi konstruktor


    void Mult2(T* t); // sonni 2 ga ko’paytiruvchi funksiya
    T MySquare(T); // T turidagi sonning kvadratini qaytaruvchi funksiya
    T DivNumbers(T, T); // T turidagi ikkitasonni bo’lish va T turidagi natijasini qaytarish funksiyasi
    };
    // sonni 2 ko’paytirish funkuiyasining tatbiqi

    template


    void MyNumber::Mult2(T* t) {
    *t = (*t) * 2;
    }
    // sonning kvadratini qaytaruvchi funksiya tatbiqi

    template


    T MyNumber::MySquare(T number){
    return (T)(number * number);
    }
    // ikkita sonni bo’lish va bo’linma natijasini qaytarish funksiyasi

    template


    T MyNumber::DivNumbers(T t1, T t2) {
    return (T)(t1 / t2);
    };

    2. Sinf shablonini yaratish
    Argumentlarni almashtirish orqali shablondan aniq sinf yaratish jarayoni shablonni yaratish bosqichi deb ataladi. Sinf shabloni ma’lumotlar turi ham, sinf ob’ekti ham hisoblanmaydi. Faqat shablonlar tavsiflangan kirish faylidan hech qanday kod yaratilmaydi. Dasturni kompilyatsiya qilish uchun shalonga aniq ma’lumot uzatilishi shart.
    C++ algoritmik tilida MyNumber sinf shablonining ishlatilishiga misol
    MyNumber mi; // sinfning mi obekti int turi bilan ishlaydi
    MyNumber mf; // sinfning mf ob’ekti float turi bilan ishlaydi
    int d = 8;
    float x = 9.3f;
    // sonni 2 ga ko’paytirish
    mi.Mult2(&d); // d = 16
    mf.Mult2(&x); // x = 18.6
    // sonni kvadratga ko’tarish
    int dd;

    dd = mi.MySquare(9); // dd = 81 – butun son


    double z;
    z = mf.MySquare(1.1); // z = 1.21000... – haqiqiy son
    // sonni bo’lish
    long int t;
    float f;

    t = mi.DivNumbers(5, 2); // t = 2 – butun sonni bo’lish


    f = mf.DivNumbers(5, 2); // f = 2.5 – haqiqiy sonni bo’lish 


    3. Argument qabul qiluvchi sinf shabloni
    Sinf shabloni ba’zi argumentlarni qo’llaydigan holatlar ham uchrab turadi. Bu argumentlar sinf shablonida tavsiflanadigan funksiyalarda ishlatilishi mumkin.
    Argument ishlatilgan sinf shaloniga misol:
    template 
    class ClassName {
    // sinf shabloni tanasi
    // ...
    };
    T – ma’lumotlarning umumiy turi;

    type1, type2, …, typeN – sinf shablonida ishlatiladigan var1, var1, var2, …, varN nomli argumentlarning aniq turlari.


    Bitta argument ishlatiladigan sinf shabloniga misol:
    ClassName ObjName;
    ClassName – shablonli sinf nomi;
    type – real sinfni shakllantirishda ishlatiladigan ma’lumot turi;
    arg – sinf shablonida ishlatiladigan argument qiymati;
    objName – sinf shabloni ob’ektining nomi.
    Bitta argument ishlatiladigan sinf shaloniga misol:
    template < int ArrayLength, typename SomeValueType >
    class SomeClass {
    SomeValueType SomeValue;
    SomeValueType SomeArray[ArrayLength];
    ...
    };

    SomeClass < 20, int > SomeVariable; //sinfning birinchi ob’ekti SomeClass – turi int, 20 ta elementli


    SomeClass < 30, double> SomeVariable2; //sinfning ikkinchi ob’ekti SomeClass - turi double, 30 ta elementli




    http://fayllar.org
    Download 7.1 Kb.




    Download 7.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-ma’ruza: klass va funksiyalar shablonlari. Klass va funksiyalar shablonlarini dasturlash. Reja

    Download 7.1 Kb.