Ushbu “Boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi” nomli
uslubiy ishlanma ma’rifatli va ma’naviyatli
yoshlarni tarbiyalashda, ayniqsa boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari, qolaversa talaba-yoshlar foydalanishlari uchun muhim manba hisoblanib, unda
boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlarning ayrim mavzulariga ilg‘or ta’lim
texnologiyalariga
asoslangan o‘qitish usullarining singdirilgan tavsifi – dars ishlanmalari berilgan.
Tuzuvchilar:
p.f.n. M.B.Artikova, M.N.Tursunova
Taqrizchi:
p.f.n., dotsent K.Turg‘unboev
SO’Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy
istiqbol va yo‘nalishlarini belgilab berdi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’limni tubdan isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o’tilgan. Unda “Uzluksiz ta’lim ijodkor,
ijtimoiy faol,
ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi” - deb ko‘rsatilgan. Shuningdek, dasturda: “Ta’lim berishning
ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya
jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy
vazifalaridan biri sifatida
belgilangan.
Darhaqiqat, innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini, o‘quvchilarning
mustaqil
fikrlash jarayonini, bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi,
bilimlarni mustahkam
o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinfdanoq ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarning kirib
kelishi jadallashmoqdaki, bunda ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish ko‘zga tashlanmoqda.
Innovatsion texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi
faoliyati
doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko‘rsatiladi.