|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 14/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgUyga vazifa: 152-mashq.
4-SINF
I. Dars mavzusi: Ot so’z turkumi.
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga ot so’z turkumi, u nimani atab kelishi gapda qaysi
vazifada kelishi va imlosi to’g’risidagi tushunchalarini shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, tabiatga o’z ona tiliga bo’lgan hurmat ruhida
tarbiyalash, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib yetishtirish;
s) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarni shakllantirish,
dunyoqarashini kengaytirish va rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar : Ot so’z turkumi shaxs, narsa bosh harf, kichik harf ,
joy va hokazo.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- Ot so’z turkumi haqida bilish;
- u gapda nimalarni atab kelishini bilish;
- unga so’roq berishni bilish;
- otlarning imlosini bilish;
- birlik va ko’plikda kelishini bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- Otlarga so’roq bera olish;
- shaxs nomini bildirgan so’zlarni ayta olish;
-narsa nomini bildirgan so’zlarni ayta olish;
- otning gapdagi vazifasini topa olish;
- otlarni to’g’ri yozish;
- matn ichidan ot so’z turkumiga oid so’zlarni ajrata olish.
V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Ven diagrammasi” metodi.
VI. Dars shakli: Amaliy mashg’ulot, suhbat.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar:
IX. Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: So’z turkumlari.
Takrorlashga oid savollar:
1. So’zlar nima asosida turkumga ajratiladi?
2. So’z turkumlari nechta?
3. Mustaqil va yordamchi so’z turkumlarining bir-biridan farqi nimada?
|
| |