• III. Asosiy tushuncha va atamalar
  • V. Darsning metodi
  • X. Yangi mavzu bayoni.
  • M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




    Download 236,88 Kb.
    bet11/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    Uyga vazifa: Takrorlash. 


    2-SINF

    I. Dars mavzusi: So'z va bo'g'in.

    II. Darsning maqsadi: 
    a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarda so'z va bo'g'in to'g'risidagi tushunchalarni shakllantirish
    so'zlarni bo'g'inga to'g'ri ajratishga o'rgatish;
    b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni vatanga, tabiatga, oilaga bo'lgan muhabbat ruhida 
    tarbiyalash, she'rlar orqali tinchlikni qadrlashga o'rgatish;
    c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatlarini o'stirish, nutqini 
    rivojlantirish, og'zaki va yozma savodxonligini oshirish.

    III. Asosiy tushuncha va atamalar: so'z, bo'g'in, unli tovush.

    IV. O'quvchilar egallashi lozim bo'kgan BKM elementlari: 
    Bilimlar: 
    - so'z haqida bilish;
    - bo'g'in haqida bilish; 
    - bo'g'inni qayedan hosil bo'lishini bilish.
    Ko’nikma va malakalar: 
    - so'zlarni bo'g'inga ajrata olish;
    - so'zda nechta bo'g'in borligini topa olish
    - gaplardagi so'zlarni bo'g'inga ajrata olish.

    V. Darsning metodi: Aqliy hujum, "Qarsaklar" metodi, "So'zda nechta bo'g'in bor" o'yini.

    VI. Dars shakli: amaliy mashg'ulot,suhbat

    VII.Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida.

    VIII. Darsda qo'llaniladigan vositalar: 2-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar.

    IX. Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish. 
    2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: Nutq. Matn. Gap mavzusi.
    Aqliy hujum: Nutq insonlarga nima uchun kerak? 
    X. Yangi mavzu bayoni. 
    A) o'quvchilarga avvalo "So'z" va " Bo'g'in" to'g'risida ma'lumot berish.
    O’qituvchi: Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig'indisi bo'g'in 

    deyiladi. 


    B) 96 - mashq. So'zlardan gap tuzish va bo'g'inlardan so'z tuzish va yozish.


    Paxta - bizning boyligimiz. Dala, Aziza, paxta ( da - la, A - zi - za, pax - ta). 
    C) Har bir bo'g'inda unli tovush bo'ladi.So'zda nechta unli tovush bo'lsa, shuncha bo'g'in
    bo'lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. 
    D) 97-mashqdagi she’rning ahamiyati haqida bolalarga so’zlab berish. 98-mashqni bajarish.
    E) 99-mashqdagi she’rni o’qish. 
    O’zbekiston ona yurt
    Dunyoda durdona yurt 
    Xalqi tanti, mehnatkash
    Do’stlikda yagona yurt. 
    So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, chiziqcha bilan ajratib yozish, uch bo’g’inli so’zlarning tagiga
    chizish. 



    Download 236,88 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

    Download 236,88 Kb.