|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 2/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgO’QISH
1-SINF
I. Dars mavzusi: Ona sabog’i.
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga bobomiz Z.M Bobur haqida ma’lumot berib, bulut, uning
qanday paydo bo’lishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, buyuk ajdodlarimizga bo’lgan hurmat, ona
tabiatga bo’lgan muhabbat ruhida tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini o’stirish,
ularning og’zaki nutqini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: yoz, osmon, bulut, bug’, yomg’ir, qor.
IV. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Yumaloqlangan qor o’yini” metodi.
V. Dars shakli: Suhbat-ma’ruza, savol-javob.
VI. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida
VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: Z.M.Boburning rasmi, bulut, yomg’ir, qor singari
tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlar, “ Boburnoma” asari va boshqalar.
VIII. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash.
O’tilgan mavzu: Shoh va shoir
Takrorlashga oid savollar:
- Bobur mirzo qayerda tug’ilgan?
- U qayerda shohlik qilgan?
- Nima sababdan uni shoh va shoir deb ataymiz?
IX. Yangi mavzu bayoni:
Aqliy hujum. Bolajonlar, sizlar osmondagi bulutlarni kuzatganmisiz, ular qanday shaklda
bo’ladi? Kim doskaga bulutning rasmini chizib bera oladi?
Darslik bilan ishlash: O’qituvchi matnni o’g’il bolalar va qizlar ijrosida rollarga bo’lib
o’qitadi.
ONA SABOG’I
1
(G’iyos Komilov)
Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko’zguday tiniq, musaffo. Yetti yashar mitti
Zahiriddin onajonisining yonginasida. Ona-bola o’zaro dillashadilar. Hozir dilbandi derazadan
ko’kka boqib olgan edi. U osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi.
-
Hazrat onajon, - dedi jajji Bobur. – Shu bulutni qo’l bilan ushlab bo’ladimi?
-
Voy, bolajonim! – kuladi onasi. – Momiq emaski, qo’l bilan tutib bo’lsa. Ular suv
zarralari-ku. Faqat bug’ holatida. Bug’lardan esa bulutlar paydo bo’ladi. Ular yomg’irmi-qorga
aylanib yog’ayotgandagina qo’lingizni tutsangiz…
-
Ha-a-a… angladim, angladim.
|
| |