VII.Yangi mavzu bayoni.
a)"Muzyorar" o'yini (qizdiruvchi faoliyatga jalb qiluvchi mashq) - o'quvchilarning o'zaro
tanishishi va ichki muhit yaratishi maqsadida qo'llaniladigan mashq.
Mashqning vazifasi - o'quvchilarni muloqotga chorlash (muzni yorish). Bu o'yin - o'quv
xonasidagi
ruhiy taranglikni yengish, guruhning shakllanish jarayonini tezlatish, muloqot va
axborot almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek samimiylik va hamkorlik muhitini yaratishga
yordam beradi.
"Muzyorar" barcha ishtirokchilarni jarayonga muvaffaqiyatli jalb qiladi va treningning
yo'nalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
O'yin savoli: "Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda
behosdan qiyomat qoyim
bo'lishi aniq bo'lganda ham ulgursangiz ekib qo'yavering". (Hadisdan)
Ushbu hadisdan qanday taassurot oldingiz va ko'chat ekishning hayotimizdagi ahamiyati
haqida so'zlang?
b) Daslik bilan ishlash: Hikoya o'quvchilar tomonidan rollarga bo'lib o'qitiladi.
Erkacholning o'rigi
4
(Xudoyberdi To'xtaboyev)
Tug'ilib o'sgan qishlog'imga borib, qarindosh - urug'lar huzurida bir necha kun mehmonda
4
O’qish kitobi. 4: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4 – sinfi uchun darslik/ S. Matchonov,
A.Shojalilov, X. G’ulomov va boshq. – T.: “Yangiyul polygraph ” 2007/ 192-195 betlar.
bo'ldim. Tengqurlarim, yoshlar davrasida ishtirok etib, goh qizg'in suhbatlarga qo'shildim, goh
aytilayotgan fikrlarning "mazasini" shimayotgandek jimgina o'tirdim.Yoshlar orasida ko'proq
bo'ldim desam ham bo'ladi, ularning beg'ubor suhbatini yoqtiraman, ruhiyati, dunyoqarashlari
qanday ekanligini bilgim keladi. Bir galgi suhbatda yigitchalardan biri: "Amaki, o'rikdan yeng
,og'zingizda erib ketadi. "Qoraqandak" deyishadi bu navni, Erkacholning o'rigidan", deb qoldi.
Yuragim hapqirib ketdi. Shirin-shirin entika boshladim. Suhbatdoshlarimga qayta - qayta tikilaman,
yuz-ko'zlarida yeyayotgan o'riklaridan olayotgan huzurdan o'zga ifodani sezmayman. Erkacholning
kimligini ham, u kishi menga bobo bo'lishini
ham bilishmaydi, deb o'ylayman. Axir u zotning
olamdan o'tganiga necha-necha yillar bo'ldi-ku...
Otam olamdan o'tgach, yigirma yoshida beva qolgan onam ikki-uch yildan so'ng turmushga
chiqib, mening tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi. Yoshi yetmishlarga borib qolgan, baland
bo'yli, tik qomatli, tarashadek qotma, cho'ziq yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas kishi
edi.O'ziyam tinmasdi, rahmatli enam ikkimizni ham tinchitmasdi. Hatto, ishonsangiz, og'ilxonadagi
qo'yu mollarni ham tinch qo'ymas, mol yotganda emas,
yeganda semiradi, deb ularni ham
turtkilagani turtkilagan edi. Men bobomga juda bog'lanib qolgan edim. Sutga to'ymagan qo'zi
onasining orqasidan qolmaganidek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurardim. Hatto tunda
ham bir o'rinda yotardik. Yotishim bilan barmoqlarim bilan soqollarini tarab, ertak aytib berasiz
deya, qiyin-qistovga olardim. Ko'pincha hassalarini yoki taqqillab yuradigan kavushlarini berkitib
qo'yib, hukmimni o'tkazishga, so'ragan narsamni undirib olishga harakat qilardim. Bobomning "Jon
o'g'lim, topib bersang senga bir narsa beraman", deya yolvorishini hush ko'rardim.
Bir kuni ertalab katta ko'k eshagimizni yetaklab chiqib:
- Qani,
orqamga mingash-chi, - deb qoldilar.
- Qayoqqa boramiz? - deya so'rayman sevinib.
- Qashqar qishloqdan o'rik ko'chati olib kelamiz.
- O'rik ko'chati o'zimizda bor-ku?
- U boshqasi, o'g'lim.
- Qanaqasi?
- Bas endi, jim ket.
- Yo'q, oldin qandayligini ayting, keyin jim ketaman. Bo'lmasa eshakning junidan tortaman.
- Qo'y, bolam junidan torta ko'rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay qoladi... Qashqarda "
Qoraqandak" degan o'rik bor, faqat o'sha yerda o'sadi u. Quruq, suvsiz yerni hoxlaydi, shekilli.
Mevasi hay-hay, biram shirin bo'ladiki, tog'alaringnikiga borganda yegansanku.
- Yeganim yo'q, - deyman.
- Yegansan, cho'ntagingni to'ldirib solib berishardi-ku!
- hecham-da, menga doim qurt tushganidan berishadi...
Bobojon, nega " Qoraqandak" deyishadi?
- Quriganda shirasi ko’p bo’lgani sabab rangi qorayib qoladi-da.
- Nega oqarib qolmaydi?
- Endi bas qil, miyamni achitib yubording.
Shu yo'sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko'chat olib qaytdik.
Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ulgurmagan, tuproq ham hamirdek ko'pchib
turibdi. Tepalikning kungay tomonida chuchmomalar yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham hiyla
ayoz bir palla edi. Bobom bir hafta davomida
tepalikni gir aylantirib, orasida besh-olti gaz joy
qoldirib, chuqurchalar kovladilar. Men esa goh o'tgan yilgi has-hashaklardan yig'ib, guldiratib olov
yoqib yuboraman, goh katta qumg'onni toshdan yasagan o'chog'imizga qo'yib, varaqlatib choy
qaynataman, goho nima maqsaddaligiga o'zim ham tushunmagan holda yuqoridan pastga, pastdan
yuqoriga halloslab yugurib terga botaman.
-
Kel endi, mana bu ko'chatni ushlab tur, - deydilar ba'zan bobom. - Angrayma, nihol
qiyshayib qolyapti.
- Bobojon, bog'imizda o'rik ko'p-ku, endi qolganini ekmay qo'ya qolaylik,
qishloqqa
qaytgim kelyapti, enamni sog'indim.
- Yo'q, bo'talog'im, hammasini ekib ketganimiz yaxshi. Katta bo'lsa, mevasini odamlar yeb