ekinzorlarda bahorgi yumushlarni boshlab yuborishadi.
M.Mahmudova, S.Rahmonbekova.) – T.:O’qituvchi” NMIU – 2008. 96-b.
Mart oyida quyosh tobora yuqori ko'tarilib, yer yuzasiga o'z nuri va haroratini mo'l - ko'l
socha boshlaydi. 21-martda kun bilan tunning uzunligi baravarlashadi.
Bahor kelgan bo'lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o'zgarib turadi: shamol esadi,
kechqurun
va ertalab tuman tushadi, yomg'ir, do'l yog'adi.
Bahorning dastlabki gullari-och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma,
shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y
binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar
cho'g'dek lovullaydi, oltin gulli momaqaymoqlar barra maysalar uzra bodrab turadi.
Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Mart oyida hasharotlar va boshqa jonivorlar uyg'onadi,
qurbaqalar qurillab, "qo'shiqlari"ni boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sasiqpopishak, kakku,
qaldirg'och va turnalar uchib keladilar.
Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar.
Bolalar ensiklopediyasidan.