|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 5/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgIX. Mustahkamlash uchun metodlar: SAN texnologiyasi ( uchlik - samarali, axloqiy,
nazokatli).
Texnologiyaning maqsadi: o'quvchilarda yakka, jamoaviy guruh bilan ishlash, ijodiy va
tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas’uliyat va yondashuvni shakllantirish, tasviriy
san'at bo'yicha bilimlarini yanada mustahkamlash.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
1. O'qituvchi o'quvchilar auditoriyasini o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari
bilan tanishtiradi va o'quvchilarni uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi.
2. Kichik guruhlarda o'quvchilar quyidagi rollarga bo'linadilar: yozuvchilar, shoirlar
va rassomlar.
3. keyin har bir guruhdan bir vakil chiqib, o'zi uchun tayyorlangan topshiriqlarni oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
"Yozuvchilar" jamoasiga: bahor faslining boshlanishi, bahorgi yumushlar, 21- mart
Navro'z bayrami, ob-havodagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berish.
"Shoirlar" jamoasiga: bahorda qaysi gullarning ochilishi, qaysi qushlarning uchib ketishi
va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar haqida so'zlash. So'ngra bahor fasliga Navro'z bayramiga
bag'ishlangan she'rlardan aytish.
"Rassomlar" jamoasiga: plakatga "O'lkamizda bahor" mavzusida rasm ishlash.
O'quvchilar birgalikda topshiriqlarni bajarib bo'lgach tahlil qilinadi va munosib baholanadi.
X. Uyga vazifa: Matnni qayta o'zlashtirib, Otayorning "Bahor keldi" she'rini yodlash.
3-SINF
I.Dars mavzusi: Nonni qo'yningizga tiqing, hamroh bo'ladi.
II. Darsning maqsadi:
a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga matn orqali non haqida, uning insonga do'stligi, aziz va
muqaddasligi haqida so'zlab berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga nonni isrof qilmaslik, unga oyoq bosmaslik, hatto
ushoqlarini ham terib ko'zga surtish zarurligini uqtirish, ularni halol mehnat bilan non topishga
o'rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mehnat qilish ko'nikmalarini o'stirish, nonga nisbatan
hurmat tushunchalarini rivojlantirish.
|
| |