• O`quvchi soni
  • 9 – sinf Chizmachilik 22-dars.“ Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari “ Darsning texnologik xaritasi
  • Maqsad va vazifalar Talimiy maqsad
  • O‘quv jarayoni- ning mazmuni Hususiy kompetensiyalar
  • Tayanch kompetensiyalar
  • O‘quv jarayonini amalga oshirish texnolo- giyasi Uslub
  • Vosita: Mustaqil
  • Usul
  • Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarish- lar) O‘qituvchi
  • Dars jihozlari
  • 3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
  • 4- bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Izoh
  • Baholash
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 9 – sinf O`zbekiston tarixi 10-dars




    Download 1,92 Mb.
    bet1/9
    Sana04.04.2017
    Hajmi1,92 Mb.
    #2974
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Familiyasi: Yarlayeva

    Ismi: Latofat

    Otasining ismi: Niyozmamatovna

    Ish joyi: 9 – umumiy o`rta ta’lim maktabi

    Lavozimi: Tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchisi

    Tuman: Paxtakor

    Viloyat: Jizzax

    Fanning nomi: Chizmachilik

    Sinfi: 9

    Dars ishlanma mavzusi: “Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari “

    O`quvchi soni: 32 nafar

    E-mail: maktab9paxtakor@inbox.uz

    Annotatsiya :

    Ushbu dars o‘quvchilarning chizmachilik faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi mashinasozlik chizmalari, buyum turlari. konstruktorlik hujjatlarining turlari to‘g‘risida ma'lumotlar beriladi.

    O`quvchilar O‘zbekiston ham boshqa davlatlar singari ishlab chiqarishda keng rivoj topoyotganligini bilish va bunda mashinasozlik chizmalarining o’rni beqiyos ekanligini uqtirish darsning asosiy vazifalaridan biridir.

    9 – sinf Chizmachilik 22-dars.“ Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari “

    Darsning texnologik xaritasi

    Mavzu

    22-dars. “ Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari “

    Maqsad va vazifalar

    Ta'limiy maqsad: Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarining turlari haqida ma’lumot berish.

    Tarbiyaviy maqsad: Mashinasozlik buyumlarini ishlab chiqarishda o’rni beqiyos ekanligini o’quvchilar ongiga sigdirish Rivojlantiruvchi maqsad: Mashinasozlik chizmalari haqida o’quvchilarga bilim ko’nikma va malakasini oshirish.



    O‘quv jarayoni-

    ning mazmuni

    Hususiy kompetensiyalar:

    1. Naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va

    amaliy ishda ifodalash kompetensiyasi,

    2. Tahil qilish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish kompetensiyasi.



    Tayanch kompetensiyalar:

    • Kommunikativ kompetensiya;

    • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi;

    • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi;

    • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

    • Umummadaniy kompetensiya;

    Matematik savodxonlik, fan va tyexnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi;

    O‘quv jarayonini amalga oshirish texnolo-

    giyasi

    Uslub: Savol-javob, kichik ma'ruza, boshqotirma, klaster

    Shakl: interfaol mashg`ulot: savol-javob, jamoa bo`lib ishlash.

    Metod: Aqliy hujum, og`zaki savol-javob, tushuntirish, test, qiziqarli chizma topshiriqlari bilan ishlash,

    Vosita: Mustaqil ishlarning tarqatma materiallari, kitoblar, chizma qog`ozi, rangli qog`oz va marker, flomasterlar.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.


    Usul: amaliy mashqlar.

    Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat mashqlari.

    Baholash: rag`batlantirish, o`z-o`zini baholash.

    Kutila

    yotgan natijalar

    O‘qituvchi: Qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan Mashinasozlik chizmalari, buyum turlari, konstruktorlik hujjatlarining tirlari haqida ma'lumot beradi. O‘quvchilarning faolligini oshiradi, darsga nisbatan qiziqishini paydo qiladi. Bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan axborotlarni mustaqil o‘rganish, ularni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi.

    O‘quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi

    Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarish-

    lar)

    O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.

    O‘quvchi, Mashinasozlik chizmalari, buyum turlari, konstruktorlik hujjatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining ma'ruzasiga asoslangan holda, mustaqil ishlay olish malakasini hosil qiladi. Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi, o‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.

    Dars jihozlari: Mavzuga oid chizmalar, tarqatma meterallar

    1-bosqich: Tashkiliy qism: Salomlashish , davomatni aniqlash, bugungi kun yangiliklari bilan tanishtirish(5 daqiqa)



    2-bosqich :Otgan mavzuni mustaxkamlash.(10 daqiqa) test tariqasida sinab ko’riladi.

    1. Loyihalash deb nimaga aytiladi?

    A) Yangi buyumlarni ixtiro qilish amldagilarni takomillashtirish loyihalash deyiladi;

    B) Yangicha liboslarni yaratish loyihalash deyiladi;

    C) . Buyumlarga yangicha bezaklar berish loyihalash deyiladi;

    2. Loyihalashga doir ishlar nimalar bilan doimiy bog’liq bo’ladi?

    A) Rasimlar bilan; B) Chizmalar bilan; C) Chizmalar, eskizlar, texnik rasimlar bilan;

    3) Loyihalashga nima kiradi?

    A) Teshiklar, o’yiqlar, shaklini biroz o’zgartirish, burchaklarni biroz o’zgartirish;

    B) Shaklini biroz o’zgartirish;

    C) Buyumni yangicha shaklini yaratish:



    3-bosqich: Yangi mavzu bayoni: (15 daqqiqa)

    Darsning maqsadi bilan tanishtiriladi. Chizma ishlab chiqarish muassasalarida ishchi bilan muhandis orasidagi aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Shunday ekan chizma haqida bilimga ega bo’lmay turib ishlab chiqarishni orzu qilmasak ham bo’laveradi.

    Aqliy hujim” metodidan foydalanish orqali o’quvchining bugungi mavzu bo’yicha bilimini aniqlab olamiz.

    1. Mashinasozlik chizmalari deganda nimani tushunasiz

    2. Buyum deb nimaga aytiladi.

    Chizma ishlab chiqarish muassasalarida ishchi bilan muhandis orasidagi aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi. Mashinasozlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun xizmat qiladigan chizmalar mashinasozlik chizmalari deyiladi. Muassasa ishlab chiqarish lozim bo’lgan har qanday narsa yoki ularning to’plamiga buyum deb ataladi. Buyumlar asosiy ishlab chiqarish va yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga ajratiladi

    Konstruktorlik hujjatlarga standartga muvofiq, grafik va matinli hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig’ilgan holda buuymning tarkibi va tuzilishi yoki tayyorlash, nazorat qilish, ishlatish va tamirlash uchun kerak bo’ladi. Konstruktorlik hujjatlari loyihalash darajasiga qarab loyiha va ish chizmalariga bo’linadi.

    Loyiha hujjatlari takliflar, eskiz va loyihalar kiradi. Ish hujjatlariga (chizmalar) buyumlar va ularning tarkibiy qismlari ishlab chiqarish, nazorat qilish, va tamirlash uchun zarur bo’lgan ish hujjatlari chizmalari kiradi.
    4- bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash.(10 daqiqa)

    Zinama-zina” o’ynidan foydalinadi





















    Savollar:
    1. Tayyorlovchi korxonada yig’ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan ammo bir-biriga bog’liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko’zda tutulgan ikki yoki undan ortiq buyum qanday nomlanadi?

    2. Bir xil nomdagi va bir xil markali materallardan (yig’ish jarayonlari qo’llanilmagan) yasalgan buyum qanday nomlanadi?

    3. Buyumning tasviri, uni tayyorlash, yigish va nazorat qilish uchun kerak bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjat qanday nomlanadi?

    4. Buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uning gabarit, o’rnatish va biriktirish o’lchamlari ko’rsatilgan hujjat qanday nomlanadi?

    5.Detallarni o’zaro bir-biri bilan almashuvchanlikni ta’minlash uchun qanday o’lchamdan foydalanish kerak?

    6. Dizayn so’zi qaysi tildan olingan?

    7. Buyum yoki uning qismlari va ularning o’zaro bog’lanishining shartli ravishda tasviri ko’rsatilgan hujjat qanday nomlanadi?

    8. Buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va buyumning montaji (o’rnatishi) uchun zarur bo’lgan hujjat qanday nomlanadi?

    9. Buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniqlovchi hujjat qanday nomlanadi?

    10. Xaiq xo’jaligidagi turli sohalarida yangi buyumlarni ixtiro qilish, amaldagilarni qayta ishlab chiqarish qanday nomlanadi?

    11 . Dizayn so’zining ma’nosi?

    12. Yig’ish birligi, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat qanday nomlanadi?



    Javoblari:

    1. Kompleks; 2. Detal; 3. Yig’ish; 4. Gabarit; 5. Standart; 6. Ingilizcha;

    7. Sxema; 8. Montaj; 9. Nazariy; 10. Loyihalash; 11. Chizma;

    12. Spetsifikatsiya


    Izoh: Guruhlarga kim birinchi bo‘lib bajarish uqtiriladi, bunda ziyraklik, topqirlik talab qilinadi.

    Izoh: O‘qituvchi mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar beradi, mashq davomida ularni rag‘batlantirib ruhiyatini ko‘tarishga harakat qiladi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.


    Baholash: Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar reyting asosida baholanadi.

    Uyga vazifa; 22. 7- chizmani A 4 formatiga chizib kelish.

    O`quvchilarni baholash: To`plangan kartochkalar orqali baholar e’lon qilinadi



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Chizmacilik eliktiron darsligidan

    2. 9 – sinf Chizmachilik darsligi

    3. Chizmachilik 9 – sinf o`qituvchilari uchun metodik

    qo`llanma. 2010
    Download 1,92 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    9 – sinf O`zbekiston tarixi 10-dars

    Download 1,92 Mb.