• VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar
  • X. Yangi mavzu bayoni.
  • M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




    Download 236,88 Kb.
    bet13/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    V. Darsning metodi: Aqliy hujum, “ Kontakt-piyola” treningi.

    VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot, suhbat.

    VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.




    VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar,
    mavzuga oid rasmlar, “ Bog” surati tushirilgan plakat va piyola. 


    IX. Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, tabiatdagi o’zgarishlar haqida suhbat. 
    2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Gapda so’zlarning bog’lanishi.
    “Gap tuzishda adashma” o’yini. 
    O’yin tartibi: O’qituvchi va 3-4 nafar o’quvchi doira bo’lib o’tiradilar. O’qituvchi birinchi
    so’zni aytadi, 1-o’quvchi ikkinchi so’zni, 2-o’quvchi 3-so’zni, oxirgi o’quvchi esa oxirgi so’zni 
    aytib gapni tugatadi. O’rtada gap uchun kerakli so’zni aytolmagan o’quvchi o’yindan chiqib, uning
    o’rnini boshqa o’quvchi egallaydi. O’yin 3-4 ta gap tuzish bilan tugaydi. Shu muddatda 
    adashmagan o’quvchilar g’olib bo’ladi.
    Masalan: 
    O’qituvchi: O’lkamizga
    1 – o’quvchi: - go’zal 
    2 – o’quvchi: - bahor
    3 – o’quvchi: - fasli 
    4 – o’quvchi: - keldi.

    X. Yangi mavzu bayoni. 
    a) aqliy hujum: O’qituvchi doskaga turli xil mevali daraxtlar bilan to’lgan bog’ va unda 
    mehnat qilayotgan bog’bon rasmi tushirilgan plakatni qo’yadi va o’rtaga savol tashlaydi.
    1.

    Bolajonlar rasmda nima tasvirlangan? O’quvchilar birin-ketin o’z fikrlarini bildiradilar.


    To’g’ri javob esa doskaga ko’rinarli qilib yozib qo’yiladi. 
    BOG’
    2.

    Unda mehnat qilayotgan inson kim?


    BOG’BON

    Shu tariqa yangi mavzu boshlanadi va o’zakning tub mohiyati bolalarga tushuntiriladi.


    b) 137-mashq o’yin tarzida bajariladi. O’yin nomi “O’zakdosh so’z yasa” deb nomlanadi. 
    O’quvchilar 5 guruhga bo’linadilar va sinf xattaxtasida ham 5 ta ustuncha hosil qilinadi.
    Sinf 

    Traktor
    Paxta

    Bog’
    Temir

    O’quvchilar navbatdan o’zakdosh so’zlarni doskaga yozishlari kerak bo’ladi. Qaysi guruh 


    ko’p so’z yozsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi.
    d) 138-mashqdagi she’r o’qilib tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi, o’zakdosh so’zlar 
    yozilib, odatdagidek belgilanadi.
    e) 139-matn ham shu tariqa tahlil qilinadi 
    f) mustahkamlash uchun 146,147,148,149,150,151-mashqlar bajariladi.
    Mustahkamlash uchun metodlar: 
    “Kontakt”-“Piyola” treningi.
    Trening maqsadi:
    - sho’x o’yin orqali o’quvchilarni jamoaga tez kirishib ketishlariga sharoit yaratish;
    - o’quvchilar o’rtasidagi keskinlik, begonasirashlikni yo’qotish; 
    - o’quvchilardagi ijobiy kayfiyatni qo’llab-quvvatlash;
    -o’quvchilarda noan’anaviy ijodiylikka ko’maklashish; 
    Mashg’ulotni o’tkazish tartibi:
    O’quvchilar doira shaklida o’tiradilar, o’qituvchining qo’lida esa paxta gulli piyola 
    bo’ladi va u piyolani o’quvchilardan biriga berayotib quyidagi topshiriqni berishi mumkin.
    Piyolaga qarab o’zakdosh so’zlar ishtirokida gap tuzing. 
    Piyolani olgan o’quvchi piyolani davradagi o’quvchilarga navbatma-navbat berib chiqadi,
    lekin u o’quvchilarga piyolani har gal har xil usulda, ko’rinishda berishi bir xillik bo’lmasligiga 

    harakat qilishi lozim. Piyola berayotgan o’quvchi yangiroq bir usul topmasa yoki harakati


    qaytarilsa, o’quvchilar jamoasiga qiziqarli, kulgili yoshiga mos jarima topshirig’i beradi va uning 
    o’rniga boshqa o’quvchi tanlaydi: Berilgan barcha jarimalarning topshiriqlari o’yin tugagach ijro
    etiladi. 
    “Piyola” o’yini davradagi hamma o’quvchilar navbati bilan ishtirok etganlaridan so’ng yoki
    yangi original fikrlar tugamaguncha davom etadi yoki vaqtga qarab to’xtatiladi. Mashg’ulot esa 
    o’yin davomida “Jarima” olgan o’quvchilarning o’z topshiriqlarni bajarishi bilan yakunlanadi.
    “Jarima” olganlarning chiqishlaridan so’ng, o’qituvchi o’quvchilar bilan mashg’ulotga yakun 
    yasaydi.


    Download 236,88 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

    Download 236,88 Kb.