darslik / P.G’ulomov, Sh.Mrzahmatova; Mas’ul muharrir H.Vahobov. – T.: Cho’lpon nomidagi
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga hayvonot dunyosi, uy hayvonlari va ularning turlari,
insonlar hayotidagi ahamiyati haqida to’la ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yuksak vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularda ona
tabiat va hayvonot dunyosiga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish;
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatish, ijodiy
fikrlash ko’nikmalarini takomillashtirish, dunyoqarashini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: sigir, buzoq, qo’y, qo’zichoq, qo’chqor, qorako’l qo’yi,
hisor qo’yi, qorabayir, arabi ot,
Vladimir oti, qimiz, toy.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- uyda boqiladigan hayvonlarni bilish;
- hayvonlarning insonlar uchun
foydali jihatlarini bilish;
- sigirning necha yilda voyaga yetishi, necha litr sut berishi, necha yil umr ko’rishini
bilish;
- sigirni insonlar qanday maqsadlarda boqishlarini bilish;
- qo’y junidan sanoatda nimalar
ishlab chiqarilishini bilish;
- dunyoda otlarning nechta turi borligini bilish;
- ot go’shti va suti haqidagi ma’lumotlarni bilish;
- otning bolasi “toy” haqidagi ma’lumotlarni bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- qoramollarning turlarini ajrata olish;
- qoramollarning nimalar bilan oziqlanishini ayta olish;
- qo’ylarning turlari, boqilish
joylarini ajratish;
- otning O’zbekistonda necha xil zoti borligini aytish;
- otlardan odamlar qanday maqsadda foydalanishlarini aytib bera olish.