• Mashg’ulotni o’tkazish tartibi
  • ZUKKOLAR; - TOPQIRLAR;
  • 2. “Topqirlar”
  • 3. “Aktyorlar”
  • M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




    Download 236,88 Kb.
    bet24/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    Mustahkamlash uchun metodlar. 
    1. “SAN” texnologiyasi. ( uchlik- samarali, axloqiy, nazokatli). 


    Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va
    tashkilotchilik faoliyati ko’nikmalarini, ishga mas’uliyat bilan yondoshuvni shakllantirish, ularda 
    aktyorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va hayvonot dunyosiga mehr-muhabbatni uyg’otish.

    Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: o’qituvchi o’quvchilar auditoriyasini o’tkaziladigan
    mashg’ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o’quvchilarni 3 guruhga ajralishlarini iltimos 
    qiladi. Guruhlarda ular yana 3 ta asosiy rollarga bo’linadilar. Bular:
    - ZUKKOLAR; 

    - TOPQIRLAR; 


    - AKTYORLAR. 
    O’qituvchi har bir guruhga alohida topshiriq beradi va bir xil vaqt belgilaydi.

    1. “Zukkolar” jamoasi berilgan vaqt mobaynida uy hayvonlari to’g’risidagi ma’lumotlarni
    o’rtoqlariga batafsil so’zlab berishlari kerak bo’ladi. Bu topshiriq natijasida o’quvchilar o’qituvchi 
    kitobdan o’qib bergan ma’lumotlarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
    O’quvchilar topshiriqni navbatma-navbat bajaradilar. Topshiriqqa barcha birday jalb etilishi kerak 
    bo’ladi.

    2. “Topqirlar” jamoasiga esa berilgan topshiriqlar yuzasidan tezkor savollarga javob
    berish vazifasi yuklatiladi. Savollar o’qituvchi tomonidan avvaldan tayyorlab qo’yilgan bo’lishi 
    kerak va quyidagicha bo’lishi mumkin:
    - Uy hayvonlari qaysilar? 
    - Qoramollarning qanday zotlari bor?
    - Qoramollarga qanday ozuqalar beriladi? 
    - Qorako’l qo’yining terisidan nimalar tikiladi?
    - Qo’ylar asosan necha yil yashaydi? 
    - Qadimda ot qanday vazifalarni bajargan?
    - O’zbekistonda otning necha xil zoti bor? va hokazo tarzida. 


    3. “Aktyorlar” jamoasiga esa uy hayvonlarining ovozlari va o’ziga xos qiliqlarini o’xshatib
    bajarish vazifasi topshiriladi. Qolgan o’quvchilar esa ularning qiliqlariga qarab turib o’quvchi qaysi 
    hayvonga taqlid qilayotganini topishlari kerak bo’ladi.


    Download 236,88 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

    Download 236,88 Kb.