Qo’riqxonalar katta yer maydonidan iborat bo’lib, ular hududidagi barcha o’simlik va
(Mual.: A.G.Grigoryans, Ye.M.Belskaya, Sh.M.Mirzahmatova.) – T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot
Qora tasqara, qora kalxat, burgut singari yirtqich qushlar qo’riqxonada muhofaza qilinadi.
Bu qushlar va hayvonlarning hammasi “ O’zbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan. Qo’riqxonaning
tog’ daryolarida
turli xil baliqlar-qora baliq, turkiston laqqasi yashaydi. Qish boshlanishi bilan
qo’riqxona hodimlarining tashvishi ko’payadi. Bu joylarda-tog’larda qish sovuq bo’ladi, qor ko’p
yog’adi. Shuning uchun qo’riqxona hodimlari kuzdan boshlab hayvonlarga oziq ( don, pichan)
g’amlab qo’yadilar.
Olimlar qadam yetmaydigan joylardagi hayvonlarni
vertolyotdan turib kuzatishadi,
vertolyotda oziq solingan qoplar “qorda qamalib qolgan” hayvonlarga tashlanadi. Kasal hayvonlarni
qo’riqxonada davolashadi.
Qo’riqxonadagi ayrim hayvonlar odamlarga shunchalik o’rganib qoladiki,
ular hatto
qo’ldan ham oziq yeydi.