c) rivojlantiruvchi maqsad: bolalarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirish, ma’naviy va ruhiy dunyosini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: odob-axloq, do’stlik, baxt, xato, yaxshi xislatlar.
IV. Darsning metodlari: Aqliy hujum, Klaster.
V. Dars shakli: suhbat, savol-javob.
VI. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VII. Darsda qo’laniladigan vositalar: 1-sinf “Odobnoma” darsligi, “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch” asari, do’stlik, odob-axloq to’g’risdagi hikmatli so’zlar, maqollar va hadislar.
VIII. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish,
davomatni aniqlash, odob-axloq to’g’risida suhbat.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: “O’yin” hikoyasi.
Takrorlashga oid savollar:
1. Siz qaysi bolaning harakatini to’g’ri deb bilasiz, nima uchun?
2. O’zgalarga yordam qo’lini cho’zish deganda nimani tushunasiz?
IX. Yangi mavzu bayoni.
“Muzyorar” texnologiyasi.
Savol: Sinfdagi eng yaqin do’stingiz kim va uni qaysi hislatlarini yoqtirasiz?
O’qituvchi o’quvchilarning fikrini umumlashtirb ushbu she’r bilan darsni boshlaydi.
Do’st
bilan bod uying
Gar bo’lsa u vayrona ham
Do’st
qadam bosmas ekan
Vayronadir koshona ham.