|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 30/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgUyga vazifa : Matnni qayta o’qib, savollarga javob berish. “Mening do’stlarim”
.mavzusida matn tuzib kelish.
2-SINF
I.Darsning mavzusi: Ota-onaga hurmat.
II.Darsning maqsadi:
a) talimiy maqsad: o’quvchilarga insoniylik, ota-onaga, qarindosh-urug’larga mehr-
muhabbat, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’lish singari tushunchalarning tub mohiyatini
tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni insofli, diyonatli, mehribon va go’zal xulqli qilib
tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil mushohada yuritish
ko’nikmalarini takomillashtirish, ularning nutqini rivojlantirish.
III.Asosiy tushuncha va atamalar: ota-ona, farzand, xulq, odob, urf-odatlari, kattaga
hurmat, kichikka izzat.
IV.Darsning metodlari: “Muzyorar” texnologiyasi, “Akvarium” metodi.
V.Darsning shakli: suhbat-ma’ruza.
VI.Darsning usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VII.Darsda qo’llaniladigan vositalar: ota-onaga hurmat mavzusidagi shiorlar, maqollar,
hikmatli so’zlar va hokazo.
VIII.Darsning borishi:
1.Tashkiliy bosqich: salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchini tinglash, yangiliklar
haqida suhbatlashish.
2.O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Tolib Yo’ldoshning “Yaxshi so’z” sheri.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1.She’rda nima haqida gap ketyapti.
2.Nima uchun gapirganda “siz”lab gapirish kerak? Bu nimani bildiradi?
3.She’rni yoddan aytib bering.
IX.Yangi mavzu bayoni.
1.”Muzyorar” tehnologiyasi.
Muzni yoruvchi savol:
Savol: Hayotda siz uchun eng qadrli insonlar kim va ularni nima uchun shu qadar yaxshi
ko’rasiz?
Dars Alisher Navoiyning quyidagi baytlari bilan boshlanadi.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a.
Tun kuninga aylagali nur fasli,
Birisin oy angla birisin quyosh.
|
| |