Ota-ona farzandlar uchun eng aziz va mo’tabar insonlardir. Ularni hurmatlash, asrab
H.Aliqulova, S.Rahmonbekova) T.: “O’zbekiston” Nashriyot – matbaa ijodiy uyi – 2010. 11-b.
ularning hizmatida bo’lishlari kerak. O’zbek urf-odatlariga rioya qilish, kattalarga hurmatda,
kichiklarga izzatda bo’lish kerak. Uyda va maktabda yaxshi tarbiya topib, go’zal xulq egasi
bo’lsangiz, ota-onangizga rahmat eshittirasiz.
XI. Mustahkamlash uchun metodlar:
1.”Akvarium” metodi: Metodni quyidagicha o’tkazish mumkin: o’quv xonasida stullardan
iborat ikki doira tashkil etilib, birida stullar tashqariga, ikkinchisida ichkariga qarab joylashtiriladi.
O’quvchilar teng ikki guruhga bo’linadilar: biri ichki stullar aylanasiga, boshqasi esa, tashqi stullar
aylanasiga o’tiradilar. Bunda har kim o’z sherigiga qarab o’tiradi. O’quvchilarga muhokama qilish
uchun savollar beriladi?
1. Farzandning ota-ona oldidagi vazifalari nimalar?
2. Nima qilsak ota-onamizni xursand qilgan bo’lamiz?
3. Go’zal xulq va yaxshi tarbiya egasi bo’lish uchun yana nimalar qilmog’imiz kerak?
singari.
Yaxshilab o’ylab olganlaridan so’ng o’quvchilarga sheriklari bilan savolni muhokama qilish
uchun bir yoki ikki daqiqa vaqt beriladi.
Ma’lum signaldan so’ng tashqi aylanadagilar bir o’rin chapga surilishdi va ayni savolni
yangi sheriklari bilan muhokama qilishadi. Tashqi aylanadagi o’quvchilar o’zlarining eng birinchi
sheriklari surilib kelgunga qadar yoki yetarlicha yangi sheriklari bo’lguncha faoliyat davom
ettiriladi.
Shu uslubni tashqi doiradagilar tanqidchi sifatida ichki doiradagilar himoyachi sifatida “
Doiraviy rolli o’yin” shaklida mashg’ulotlarda ham qo’llash mumkin.