• Tejamkorlik - xalqning va o’zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo’lish, faqat bugunni emas, ertani o’ylash, tadbirkor bo’lishdir
  • Tejog’lik ish- bejog’lik 11
  • Idrok daraxti” metodi
  • M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




    Download 236,88 Kb.
    bet34/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    VII. Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, davomatni aniqlash, yangiliklar 
    haqida suhbatlashish.
    2. O’tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifasining nazorati: 


    O’tilgan mavzu: “Usta” ertagi.
    Takrorlashga oid savollar: 
    a) Cholning nechta o’g’li bor edi?
    b) Ehtiyotkorlik, rejali ish tutishning natijasi qanday bo’ladi? 
    c) Nima uchun chol dastgohlari va ustachilik anjomlarini kenja o’g’liga qoldirdi?
    3. Aqliy hujum. Tejamkorlik deganda nimani tushunasiz? 
    - ushbu metodni qo’llash jarayonida o’qituvchi dastlab ularning tejamkorlik haqidagi ilk
    tushunchalarini doskaga tartib bilan yozib boradi.
    - Noto’g’ri aytilgan tushunchalar ham o’qituvchi tomonidan tanqidga olinmaydi
    - Yozib olingan tushunchalar orasidan eng asosiylari ajratib olinadi va shular asosida 
    o’qituvchi doskaga tejamkorlikning ta’rifini yozadi.

    Tejamkorlik - xalqning va o’zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo’lish, faqat 

    bugunni emas, ertani o’ylash, tadbirkor bo’lishdir.
    4.Yangi mavzu bayoni. (darslik bilan ishlanadi) 
    Reja:
    1. Tejamkorlik nima? 
    2. Nonushtadagi suhbat.
    3. Ajdodlarimizning tejamkorlik haqidagi fikrlari. 
    4. Tadbirkorlik va daromad topishning siri.
    3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ularda 
    mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini
    shakllantirish, o’z-o’ziga ishonch ruhini 
    rivojlantirish, oilaga, vatanga, tabiatga
    bo’lgan muhabbat tuyg’ularini o’stirish 
    va takomillashtirish




    Tejog’lik ish- bejog’lik

    11
    .

    Inson hayotida ro’zg’or, uy-joy tutishda tejamkorlik, ya’ni isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik,


    reja bilan ish tutish katta ahamiyatga egadir. Dono xalqimiz “Tejog’lik ish - bejog’lik” deb bejiz 
    aytmagan. Tejamkorlik insonning ma’naviyatini boyitadi, oilasiga qut-baraka olib keladi.
    Tejamkorlikka kichiklikdan o’rgatiladi. 
    Ahmadjonlar oilasida nonushtadan so’ng, otasi Akrom aka: “Qani o’ylab ko’raylik-chi,
    bugun sizlar nonushtada baham ko’rgan narsalar qayerdan kelib qoldi? Oyijoningiz bugun ertalab 
    dasturxonga qo’ygan ne’matlar: non, sut, sariyog’, tuxum qayerdan olinadi va qanday tayyorlanadi?
    Choy qaynatish, ovqat pishirishda foydalaniladigan gaz qayerdan olinadi? Burchakda turgan 
    sovitkich elektr tokisiz ishlamaydi. Elektr toki qayerdan keladi?” – deb so’radi. So’ngra davom
    etib,:

    -Biz bularni qadrlab, tejab ishlatishiz kerak,- dedi Akrom aka,- insonlar yaratgan hamma


    narsadan tejab foydalanishni o’rgansak, shunda oilamiz, davlatimiz boyiydi. 
    Tejash - bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash, har bir buyumni o’z me’yorida ishlata
    bilish demakdir. 
    Ajdodlarimiz tejamli oilalar barakali, to’kis, dasturxoni to’kin bo’lishini bashorat qilishgan.
    Tejamkorlik - xalqning va o’zining mehnatini qadrlash, qanoatli bo’lish, faqat bugunni 
    emas, ertani ham o’ylash, tadbirkor bo’lishdir. Tejamkorlik - yaxshi, isrofgarchilik yomondir.
    Davlatimiz, oilamiz boy bo’lsin desangiz har bir narsadan oqilona isrof qilmay 
    foydalanishga odatlaning.
    Tejamkor topgan daromadidan reja asosida foydalanganligi uchun boyib, mol-u mulkka ega 
    bo’ladi. Lekin tejayman deb o’ta xasislikka berilish ham yaramaydi.
    5. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun metodlar: 

    Idrok daraxti” metodi 


    - mazkur metod pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u 


    o’quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol
    bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi 
    aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi;
    - “Idrok daraxti” “tadbirkorlik” deb nomlanib, uning negizidagi tushuncha va tamoyillar 
    shohlari va barglarida aks etadi.


    Download 236,88 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

    Download 236,88 Kb.