ham ahamiyati katta. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimi
shakllantiriladi, masalan: tejamkorlik, tadbirkorlik, isrofgarchilik, kichik biznes, daromad, rejali ish
va boshqalar;
- hosil bo’lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo’lgan (beshta, oltita…) va taalluqli
bo’lmagan bitta tushunchaning o’rin olishiga erishiladi, masalan: osmon;
- o’quvchilarga mavzuga taalluqli bo’lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan
chiqarish vazifasi yuklatiladi;
- o’quvchilarga o’z harakatlari mohiyatini sharxlashga undash, (mavzuni mustahkamlash
maqsadida o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda
ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlikni asoslashlari talab etilishi lozim).
VII. Uyga vazifa: Mavzuni qayta o’zlashtirib, “Men tadbirkor bo’laman” mavzusida matn
yozib kelish.
4-SINF
I.Dars mavzusi: Bayramlarimiz.
II.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan barcha
bayramlarning mohiyatini tushuntirib berish, ular haqida to’la ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda mustaqillikka, xurlikka bo’lgan mehr va muhabbat
tuyg’ularini tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni erkin va mustaqil fikr yuritishiga imkon yaratish,
ijodiy tafakkurini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: umumxalq bayramlari, mustaqillik kuni, Navro’z
bayrami, til bayrami, Ramazon va Qurbon hayiti, O’qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya
bayrami, 8-mart, Xotira va qadrlash kuni va boshqalar.