A.Ne’matova, S.Olim; Mas’ul muharrir M.Qarshiboy, A.Xolbekov. T.: “O’zbekiston
borayotgan an’analar boshqa shunga o’xshash marosimlarni o’tkazishda ham qo’l kelyapti.
Bayramlar kishilar ko’nglini ko’taradi, ularda o’ziga, yurtiga, xalqiga ishonch ruhini kuchaytiradi.
Bu tantanalar aynan xalqimiz milliy g’ururini tiklash, qalbi va ongiga o’z erki qaytganini singdirish,
odamlar ruhiyatini balandlatib, ularni yurt obodligi, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlariga undash
vazifasini bajaradi. Ularda fuqarolarning xursandchilik tuyg’ulari jo’sh uradi,
xalq istiqlol
nashidasini suradi. Bu xalq qalbida O’zbekistonimizning buguni va porloq kelajagiga ishonch
tuyg’ularini uyg’otadi, kuchaytiradi, mustahkamlaydi.
Quyidagilar dam olish kuni sifatida nishonlanadigan umumxalq bayramlari hisoblanadi:
1-yanvar – Yangi yil;
8-mart – Xotin – qizlar kuni;
21-mart – Navro’z bayrami;
9-may – Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr – Mustaqillik kuni;
1-oktabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni;
8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ramazon hayiti (Iyd ul-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni.
Qurbon hayiti ( Iyd ul Adha) diniy bayramning birinchi kuni. Bundan tashqari muayyan bir kasb
egalarining xizmatlari e’tirof
etiladigan kasb bayramlari, muhim siyosiy-tarixiy sanalar,
mamlakatimizda ham nishonlanadigan xalqaro sanalarni bayram qilish rasmiy deb belgilab
qo’yilgan. Bu sanlarning ham hayotimizda o’rni va ahamiyati juda katta, shuning uchun ular ham
o’ziga xos tarzda nishonlanadi.