M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




Download 236,88 Kb.
bet45/71
Sana13.02.2024
Hajmi236,88 Kb.
#155384
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

XI. Darslik bilan ishlash. 
Futbol.

15
Futbol-xalq sevgan o’yin. Garchi uning vatani Angliya hisoblansa-da, o’yinning osonligi, 


qonun-qoidalari oddiy tuzilgani, muhimi har bir kishi bemalol shug’ullana olishi mumkinligi uchun


ham futbol butun dunyoda mashxur bo’lib ketgan, har bir xalq uni o’ziniki deb hisoblaydi. Shu 
sababli futbol xalq o’yini, millionlar o’yini deyiladi.
Futbol - maxsus maydonda to’p bilan o’ynaladi. Har bir jamoada o‘n bittadan o’yinchi 
bo’lib, ular alohida hujumchilar, yarim himoyachilar, himoyachilar va darvozabonga bo’linadi.
Hujumchilar raqib darvozasiga hujum uyushtiradilar. Ularning vazifasi to’pni ustalik bilan 
olib borish va darvozaga aniq tepish.
Himoyachilar o’z darvozalarini raqib hujumidan himoya qiladilar, o’z navbatida, raqibidan 
to’pni olib tezda uni o’z hujumchilariga oshiradilar.
Yarim himoyachilar himoyada va hujumda o’ynaydilar, shuning uchun ular eng chidamli va 
yaxshi tayyorlangan o’yinchilar hisoblanadi.
Darvozabon - raqib hujumi paytida darvozaga to’p kirishidan saqlovchi o’yinchi. Faqat 
darvozabonlarga to’pni qo’l bilan o’ynashlariga ruxsat etilgan.
To’pni ilib olish-darvozabon o’yining asosiy vositasi. Bu ko’pincha ikki qo’llab amalga 
oshiriladi. Darvozabon to’pni qo’lda ilib olishi va urib qaytarishi mumkin. Lekin hujumchilar,
yarim himoyachilar va himoyachilar o’yin vaqtida to’pga qo’llarini tekkizishlari mumkin emas. 

To’pni tashlash. Agarda to’p biror jamoa o’yinchisi zarbasidan keyin maydon tashqarisiga


chiqib ketsa, o’yin to’xtatiladi. 
To’pni tashlashda oyoqlar yelka kengligida kerib turiladi. To’pni ushlagan qo’llar tirsakdan
sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda salgina orqaga egiladi, oyoqlar 
tizzasi bukilib, gavda og’irligi tovonlarga tushiriladi.
To’pni o’yinga kiritishda qo’l barmoqlari shunday holatda bo’ladi. 
Futbol maydonining yonidan to’pni o’yinga kiritish.
Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish. Bu usul ko’p jihatdan oyoq yuzining ichki 
qismi bilan tepishga o’xshaydi.
To’pga kalla bilan zarba berish. To’pga kalla qo’yish o’yin jarayonida yakunlovchi zarba 
berishda ham, sheriklariga to’p oshirishda ham qo’llaniladi. Lekin bolalarning o’yin paytida,
mashg’ulot vaqtida bo’lar-bo’lmasga to’pga kalla qo’yishlari yaxshi emas. Bolalar to’pga kalla 
qo’yishni asta-sekinlik bilan o’rganishlari kerak.
Futbol o’yini ko’pchilik sport o’yinlari kabi bolalarda dadillik va qat’iyatlilikni, diqqat-
e’tibor va ziyraklikni tarbiyalaydi. O’yinchilar o’yin davomida har xil tezlikda yugurish, sakrash,
to’pni olib yurish , oyoq va boshda to’pni uzatish harakatlarini bajarishadi. Shu bois futbolni yaxshi 
o’ynash uchun kuchli, chidamli, tezkor va epchil bo’lishingiz kerak.


Download 236,88 Kb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Download 236,88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

Download 236,88 Kb.