• IX. Yangi mavzu bayoni
  • Kun tartibi va shaxsiy gigiyena. 14
  • M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012




    Download 236,88 Kb.
    bet42/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    VII. Darsning borishi:
    1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sportga oid yangiliklar haqida suhbat. 
    2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy
    mashqlarning ahamiyati. 
    Takrorlash yuzasidan savollar:
    1. Salomatlikni mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega? 
    2. Kasal bo’lmaslik uchun nima qilish kerak?

    IX. Yangi mavzu bayoni:
    a) aqliy hujum: Bolajonlar, bir kun davomida nima ishlar qilishingizni va ularning har biriga 
    qancha vaqt ketishini aytib bera olasizmi?

    X. Darslik bilan ishlash: O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini eshitib bo’lganlaridan
    so’ng, o’zining kun tartibini misol qilib keltiradi va mavzuni ifodali qilib o’qib beradi. 


    Kun tartibi va shaxsiy gigiyena.

    14

    Jimoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishda o’z kun tartibingizni tuzishingiz hamda kun 


    tartibi va shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilishingiz kerak.
    Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi? Bu, avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, 
    teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zararli
    odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim-kechaklarni toza tutish, zaruriy talab 
    va shartlarga rioya qilishdan iborat.
    Kun tartibi nimani bildiradi? Har bir o’quvchi kun tartibida ko’plab xilma-xil unumli 
    faoliyat bilan band bo’ladi: maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota- onasiga ko’maklashadi,
    14
    Mahkamjonov K, Xo’jayev F. Jismoniy tarbiya. 2 – sinf o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma: - 

    T.: “O’zbekiston. 2010. 9-12 betlar.




    o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’ynaydi, dars tayyorlaydi va


    hokazo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarni rejalashi, shu 
    ishlarning har biri bilan qachon shug’ullanish kerakligini o’ziga belgilab olishi va uni o’z vaqtida
    to’la bajarishga odatlanishi lozim. Bu kun tartibidir. 
    Kun tartibiga amal qilishda jismoniy mshqlarning ahamiyati juda katta. Chunki, hatto eng
    kichik harakatdan so’ng ham miyaga juda ko’p muhim asab signallari ( impulslar) yetib boradi. 
    Miya ularga javob berib nafas, qon aylanishi va boshqa a’zolarga o’zining maxsus buyruqlarini
    yo’naltiradi. Natijada nafas, qon aylanishi tezlashib, hamma a’zolar ko’proq kislorod oladi va 
    faoliyat yaxshilanadi. Inson o’zini tetik, bardam, sog’lom his qiladi, ish qobiliyati oshadi.


    Download 236,88 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012

    Download 236,88 Kb.