Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz
Kam bo’lmasmiz, illo hech qachon
Biz birdammiz, sobitqadammiz
Ortimizda-vatan jonajon!
Aqliy hujum: Bolajonlar, ushbu she’r sizlarning nomingizdan aytilgan. Sizdek o’ktam,
jasur, sog’lom va barkamol avlodlar vatanning ertangi kunidir. Avvalo, “Barkamol avlod” deganda
nimani tushunasizlar?
O’quvchi:
Barkamol avlod bu ham aqlan, ham ruhan, ham jismonan sog’lom,
kamolga
yetgan avloddir.
O’qituvchi: Barakalla, ana shunday jismonan sog’lom shaxslar bo’lib yetishishingizda
jismoniy tarbiyaning roli kattadir. Ertalabki badantarbiya ta’sirida
tana qiziydi, sezgi a’zolari
uyg’onadi. Bugun biz sizlar bilan “Ertalabki badantarbiya mashqlari majmui” ni o’tamiz.