IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- O’zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilinganini bilish;
- navro’z yurtimizda qachondan boshlab nishonlanishini bilish;
- tilimizga qachon davlat tili maqomi berilganini bilish;
- o’qituvchi va murabbiylar kuni mamlakatimizda qachondan boshlab bayram sifatida
nishonlanishini bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- mustaqillikka qadar Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining qay tarzda nishonlanganini
bilish;
- bizdan boshqa mamlakatlarda ham nishonlanadigan umumxalq bayramlarini sanash;
- bayramlarning bugungi kun insonlari hayotidagi ahamiyati haqida gapirish.
V. Darsning metodlari: aqliy hujum , Blits-so’rov.
VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: bayram tantanalari tasvirlangan rasmlar, davlat
ramzlari, milliy boyliklarimizning plakatlari, prezidentimiz I.A.Karimovning rasmi.
IX. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’tilgan mavzu: Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu ish.
Takrorlashga oid savollar:
1. “Avesto” qanday kitob?
2. “Avesto”da inson odobining asosi nimada deb ta’kidlangan?
3. Ezgulik va yaxshilik deganda nimani tushunasiz?
X. Yangi mavzu bayoni:
Aqliy hujum: Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda qanday ishlar amalga oshirildi va
istiqlol bizga qanday ne’matlarni ato etdi?
Dars A.Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni” she’ri bilan boshlanadi.