• V. Darsning metodlari
  • X. Yangi mavzu bayoni
  • XI. Darslik bilan ishlash Kurash. 16
  • III. Asosiy tushuncha va atamalar




    Download 236,88 Kb.
    bet47/71
    Sana13.02.2024
    Hajmi236,88 Kb.
    #155384
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
    Bog'liq
    M. artikova, M. Tursunova-fayllar.org

    III. Asosiy tushuncha va atamalar: kurash, o’zbek milliy sport turi, polvon, mardlik,
    pahlavonlik, epchillik, “ Kurash federatsiyasi” va hokazo. 
    IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
    Bilimlar: 
    - kurashning qanday sport turi ekanini bilish;
    - dong taratgan o’zbek polvonlari kimligini bilish; 
    - kurash assotsatsiyasining qachon tashkil etilganini bilish;
    - kurash bo’yicha jahon chempionatlari qachon bo’lib o’tganini bilish; 
    Ko’nikma va malakalar:
    - kurashning tarixi haqida gapirish
    - bugungi kunda yetishib chiqayotgan jahon chempionlari haqida gapirish;
    - Angliyaning Bedford shahrida o’tkazilgan kurash turniri haqida to’xtalish. 


    V. Darsning metodlari: aqliy hujum,

    VI. Dars shakli : suhbat, amaliy mashg’ulot

    VII. Dars usuli: noan’anaviy

    VIII. Darda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi, mavzuga oid
    rasmlar. 


    IX. Darsning borishi: 
    1. Tashkiliy qism: salomlashish, yo’qlama qilish, sport yangiliklari haqida suhbat. 
    2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Dzyudo.
    Takrorlash yuzasidan savollar: 
    1. “Dzyudo” so’zining ma’nosi nima?
    2. Dzyudo qanday sport turi? 
    3. O’zbekistonga dzyudo qachon kirib keldi?
    4. Osiyo chempionatida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan dzyudochilarni sanang. 


    X. Yangi mavzu bayoni: 
    Aqliy hujum: Poyga qilaman, poyini o’zdirganga tegaman; kurashda alplarning barini 
    yiqqanga tegaman; yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman; ming qadamdan tanga pulni urgan
    qirag’ay merganga tegaman. ( Alpomish dostonidan). Bolajonlar, “ kuragi yerga tegmagan 
    pahlavon “ deganda nimani tushunasizlar?




    XI. Darslik bilan ishlash 

    Kurash.

    16

    Dunyodagi har bir millatning o’ziga xos kurash turi bo’lganidek o’zbeklarning kurash 


    hamda belbog’li kurash turlari bor. Bu kurash turlari avloddan-avlodga o’tib, bugungi
    kunimizgacha yetib keldi. O’zbeklarning uzoq tarixga ega bo’lgan milliy sport turlaridan-kurash 
    asrlar davomida rivojlanib, kishilarga zavq-shavq baxsh etib, mard yigitlarning mahoratini,
    matonatini namoyish etib, keldi. O’sha vaqtlarda polvonlarning turli munosabatlar bilan o’tkazilgan 
    xalq sayillaridagi chiqishlarini va unda namoyish etiladigan xatti-harakatlari ko’pchilikni lol
    qoldiradi.. Shuning uchun polvonlarning nomi el ichida e’zozlanadi. Polvonlar Eron, Turkiya, 
    Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga borib, o’z xalqi sharafini himoya qilardilar.
    Kurash Temuriylar zamonida ham , undan keyin ham xalqning sevimli sport o’yinlaridan 
    bo’lib keldi. O’ziga xos kurashish mahorati bilan olamga dong taratgan o’zbek polvonlar tarix
    sahifasida o’chmas iz qoldirdilar. Bular Pahlavon Mahmud, Pahlavon Muhammad, Ahmad polvon, 
    Toji polvon va boshqalardir. Hozirda jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, kurashga katta e’tibor qaratildi.
    1998-yilning 6-sentabrida “Xalqaro kurash assotsiatsiyasi” tashkil etildi. Kurash-bu mard, 
    pahlavon, epchil ikki yigit o’rtasida o’tkaziladigsn olishuv, kuch sinashishdir. Yillar o’tishi bilan
    kurashning usullari tiklanib, boyib, uning xalq hayotidagi o’rni, mazmuni, mohiyati kengayib 
    boraveradi. Kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati 1999-yil 1-2-mayda Toshkentda, ikkinchi
    jahon chempionati 2000-yilda Turkiyaning Antalia shahrida, uchinchi jahon chempionati 2001-
    yilda Vengriyada va to’rtinchi jahon chempionati Armanistonning Yerevan shahrida o’tkazilishi
    kurashimizning tobora dunyoga keng yoyilayotganidan dalolatdir. Dunyo o’zbek polvonlari 
    Toshtemir Muhammadiyev, Kamol Murodov, Akobir Qurbonov, Mahtumquli Mahmudov, ikki
    karra jahon chempioni Bahrom Avazov, Shuhrat va Botir Xo’jayevlar san’atiga qoyil qolmoqda. 
    Angliya “Kurash federatsiyasi” prezidenti tashabbusi bilan Angliyaning Bedford shaxrida
    har yili Islom Karimov turniri muvaffaqqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Bunda qirollikning barcha 
    hududlaridan qatnashgan polvonlar ichidan vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza
    medallarini qo’lga kiritishdi. ( 2000 yil). Ayniqsa, qizlar o’rtasida kechgan bellashuvda Feruza 
    Hayitmetovaning ko’rsatgan natijasi quvonarlidir. U o’zbek qizlari orasida hali ham ajdodlari
    To’maris, Barchinoy singarilar borligini isbotlab, g’oliblikni qo’lga kiritdi. 
    Kurashimiz Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. Hurmatli bolajonlar, agar siz kurash bilan
    yoshlikdan shug’ullansangiz, sizni bo’lajak olimpiada o’yinlari va jahon chempionatlari kutadi. 



    Download 236,88 Kb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




    Download 236,88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Asosiy tushuncha va atamalar

    Download 236,88 Kb.