Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Download 56,8 Kb.
Sana31.12.2019
Hajmi56,8 Kb.
#7467

Tarix fani

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari




Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

O‘rta ta’lim

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganilmaydigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari

В1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan

umumiy darajasi.



Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.




Tarix fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari


1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

TARIX FANIDAN

O‘QUV DASTURI

(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston tarixini o‘rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

O‘z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog‘lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o‘zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo‘lmaydi. Shu ma’noda tarix fani o‘zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo‘yadi:

o‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Tarix fanini o‘qitish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-IX sinflarida O‘zbekiston va jahon tarixining qadimgi zamonlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri o‘rganishni taqozo etadi. Tarixiy hodisalar va voqealarni o‘rganishga qo‘yilgan talablar (V-IX sinflar) o‘quvchilarning yoshi, bilim saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi darajalariga mos bo‘lishi lozim. Shunga muvofiq tarzda o‘quv fani uch yo‘nalishni tashkil etadi. Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Dunyo dinlari tarixi.

5-sinfda (68 soat) tarix fan sifatida o‘rganilmay, qisman tarixiy tasavvur hamda eng sodda tushunchalarni egallash bilan cheklaniladi.

6-sinf tarix (68 soat) o‘quv fani asosiy predmet sifatida o‘rganiladi. Bunda eng qadimgi davrlardan milodning V asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrdagi jahon va O‘zbekiston tarixi o‘rganiladi.

7-sinf O‘zbekiston tarixi (51 soat) – mamlakatimiz tarixining V asridan XVI asrgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi.

7-sinf Jahon tarixi (51 soat) – dunyo xalqlari tarixining V asridan XVI asrigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat)da – tariximizning XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davri o‘rganiladi.

8-sinf Jahon tarixi (34 soat)da esa, XVI asrdan XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr o‘rganiladi.

8-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) da eng qadimgi davrdan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.

9-sinf O‘zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimiz tarixining XIX asrning ikkinchi yarmidan 1918-yilgacha bo‘lgan davri bilan tanishtiradi.

9-sinf Jahon tarixi (34 soat) XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 1918-yillarini o‘z ichiga oladi.

9-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) jahon dinlari, globallashuv sharoitida inson ongi va tafakkuri uchun kurash, din niqobidagi terrorchilik harakatlari, ularning maqsad-vazifalarini yorituvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.

10-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – mamlakatimizning 1918-yildan 1991-yilgacha bolgan davri voqelikliklari bilan tanishish va o’rganishga bag’ishlanadi.

10-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1918-yildan 1991-yilgacha bo’lgan davrdagi dunyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganadi.

10-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – fan va din munosabatlari, jahon dinlari, tasavvuf va uning tariqatlari, din va “ommaviy madaniyat”, ksenofobiya va din kabi masalalarini o’rganadi.

11-sinf O’zbekiston tarixi (34 soat) – 1991-yildan hozirgi kungacha bo’lgan davrda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotni o’z ichiga qamrab oladi.

11-sinf Jahon tarixi (34 soat) – 1991-yildan bugungi kungacha dunyo mamlakatlari tarixiy taraqqiyoti va global voqeliklarni o’rganadi.

11-sinf Dunyo dinlari tarixi (34 soat) – dunyo dinlari tarixi, dinshunoslikdagi zamonaviy tendentsiyalar, davlat va din munosabatlari, jahon dinlari manbalari, tariqatchilik, din va madaniyat, diniy an’ana va marosimlar kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.

Dastur – mavzularini o‘rganish uchun ajratilgan soatlar miqdori o‘qituvchi ixtiyoriga ko‘ra, maktab metod birlashmasi va viloyat (shahar, tuman) xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Tarix fani chuqur o‘qitiladigan sinflarda mazkur dasturda berilgan mavzular kengaytirib o‘qitiladi.

Eng yangi davr tarixini o‘rganish umumta’lim maktablari (V-IX sinflar) vazifasiga kirmaydi. Uni izchillikda o‘rganish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida davom ettiriladi.

Tarix ta’limida o‘quvchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o‘qib olishlari, qanday muammolarni o‘rganishlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o‘rganishning asosiy maqsadi:

tarixni o‘rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘zlikni anglash, ma’naviy bo‘shliqlarni oldini olish;

Vatan, millat taqdiri uchun ma’suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo‘lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tarix fanini o‘rganishning asosiy vazifalari:

Tarixiy voqea va hodisalar asosida “Tarix – xalq ma’naviyatining asosi” ekanligini singdirish;

har bir xalq o‘z tarixini turli ta’sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib borish;

tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligini tushuntirish;

ta’lim-tarbiya jarayonida tayanch kompetensiyalar – kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash, o‘z o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi va tarix fani mazmuniga oid tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kabi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.

I. TK-tayanch kompetensiya


  1. TK1-kommunikativ kompetensiya

  2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

  6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK-fanga oid kompetensiyalar

1.FK1- Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

2. FK2- Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

7-SINF. JAHON TARIXI



(A2 51 soat; A2+ 68 soat)

(A2 o‘quv-yilining birinchi yarim-yilligida ikki soat, ikkinchi yarim-yilligida bir soat o‘qitiladi. A2+ haftasiga 2 soat o‘qitiladi)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar tizimi:

Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.

A2+

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uniishontira bilish;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.



A2+

media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda mediamadaniyatga rioya qilish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholash:

A2+

fanga oid tanlovlarda ishtirok etish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2, A2+

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2, A2+

orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: kompetensiyasi

A2, A2+

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;

inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shartsharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
1-mavzu. Kirish. (A2 1, A2+ 1 soat).

O‘rta asrlar davri tarixini o‘rganish uchun mavjud manbalar. O‘rta asrlar davri jahon tarixining bir qismi. U nimani o‘rganadi? O‘rta asrlarning davrlashtirilishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Bu davrda jahon mamlakatlarining ijtimoiy tuzumi haqida umumiy tushunchalar.


I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI

(A2 10 soat; A2+ 11 soat)
2-mavzu. German qabilalari va Rim imperiyasi (A2 1, A2+ 1 soat).

IV–VI asrlarda xalqlarning buyuk ko‘chishi. Germanlar va ularning G‘arbiy Rim imperiyasi hududida joylashishi. Germanlarning ijtimoiy tuzumi. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. G‘arbiy Yevropa sodir bo‘lgan o‘zgarishlar.



3-mavzu. Franklar. Franklar davlatining tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Frank qabilalari. Franklar davlatining tashkil topishi. Xlodvig zamonida qirol hokimiyati. Xristian dinining qabul qilinishi. Cherkovning qirol hokimiyati bilan ittifoqi. Yirik yer egaligi va uning mamlakat hayotidagi o‘rni.



4-mavzu. Britaniyadan – Angliyaga (A2 1, A2+ 1 soat).

Britaniya qabilalari buyuk xalqlar ko‘chishi arafasida. Anglsaks qirolliklarining tashkil topishi. Angliya-Daniya munosabatlari. Shimoliy davlatning tuzilishi. Ijtimoiy hayot. “Donolar kengashi” faoliyati.



5-mavzu. Franklar imperiyasi (A2 1, A2+ 1 soat).

Karolinglar sulolasi. Frank imperiyasining tashkil topishi. Buyuk Karl davrida davlatning idora qilinishi. Yirik yer egaligining shakllanishi. Qaram dehqonlarning majburiyatlari. Imperiyaning parchalanib ketishi. Verden shartnomasi. Uch qirollikning vujudga kelishi. Feodal tarqoqlik davrida o‘zaro urushlar, ularning oqibatlari.


6-mavzu. Muqaddas Rim imperiyasi (A2 1, A2+ 1 soat).

Karolinglar davrida Germaniya. Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi. Rim papasi va Otton I munosabatlari. Frankoniya sulolasining hukmronligi. Sulola va Rim papalari o‘rtasidagi ziddiyatlar.



7-mavzu. Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida (A2 1, A2+ 1 soat).

Imperiyaning tashkil topishi. Ilk o‘rta asrlarda Vizantiya shaharlari. Hunarmandchilikning rivojlanishi va savdo-sotiqning o‘sishi. Yustinian hokimiyati va uning siyosati. Vizantiyaning zaiflashuvi.



8-mavzu. Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Slavyanlarning joylashishi, ijtimoiy tuzumi. Bolgariya podsholigi. Chexiya davlati, Pol’sha davlatining tashkil topishi.



9-mavzu. Sharqiy slavyanlar. Kiev Rusi davlati (A2 1, A2+ 1 soat).

Sharqiy slavyanlarning joylashuvi, ijtimoiy tuzumi. Kiev Rusi davlatining tashkil topishi va feodal munosabatlar. Vladimir Monomax knyazligi.



10-mavzu. Yevropa xalqlarining madaniyati (A2 1, A2+ 1 soat).

Vizantiya madaniyati. Yevropada cherkov va madaniyat. Ma’orif. Me’morchilik va san’at. Qo‘lyozma kitob san’ati. Kirill va Mefodiy yozuvlari.



Takrorlash (A2 1, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
II BOB. ILK O‘RTA ASRLARDA OSIYO

( A1 6 soat; A2+ 10 soat)
11-mavzu. Arabiston ilk o‘rta asrlar boshida (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Arab qabilalari va ularning ijtimoiy turmushi. VII asr boshlarida Arabistondagi iqtisodiy, siyosiy vaziyat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini, uning mohiyati.



12-mavzu. Arab xalifaligi (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Arab xalifaligining tashkil topishi va yuksalishi. Sulolalar. Ummaviylar, Abbosiylar hukmronligi davrida xalifalik. Xalifalikning zaiflashuvi va parchalanishi.



13-mavzu. Hindiston (A2 1, A2+ 1 soat).

Hindistonda Guptalar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi. Xarsha imperiyasi. Savdo aloqalari.



14-mavzu. Xitoy (A2 1, A2+ 1 soat).

Suy imperiyasining tashkil topishi. Tan imperiyasi davrida tashqi siyosat. Agrar munosabatlar, shaharlar, hunarmandchilik va savdo.



15-mavzu. Osiyo mamlakatlari madaniyati (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati. Xalifalik mamlakatlarida me’morchilik va san’at. Ilm-fan taraqqiyoti. “Bayt ulhikma”. Xalifalik davrida O‘rta Osiyo olimlarining jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Hindiston va Xitoy xalqlari madaniyati.


Takrorlash (A2, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
III BOB. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA (XI-XV ASRLAR)

(A2 9 soat; A2+ 12 soat)
16-mavzu. Yevropada o‘rta asr shaharlari (A2 1, A2+ 1 soat).

Xo‘jalikdagi o‘zgarishlar. Hunarmandchilikning ajralib chiqishi. Shaharlarning vujudga kelishi. Sexlarning paydo bo‘lishi.



17-mavzu: O‘rta asrlarda tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi. Bozor va yarmarkalar (A2 1, A2+ 1 soat).

Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi. Shaharlarni o‘z-o‘zini boshqaruvi. Shaharliklarning turmushi. Hunarmandchilik. Savdo-sotiqning rivojlanishi. Yevropa shimolidagi savdo-sotiq ishlari. Yarmarkalar, banklar va birjalarning vujudga kelishi.



18-mavzu. Osiyo mamlakatlarining o‘rta asr shaharlari. (A2 1, A2+ 1 soat)

Osiyoda shaharlar, ularning aholisi, turmush tarzi. Hunarmandchilik va savdo. Bozorlar. Sarroflar. Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq aloqalari.



19-mavzu. O‘rta asrlarda xristianlik (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Xristian dinining ikkiga bo‘linishi va uning oqibatlari. Katolik cherkovi davlati. Provaslav cherkovi. Katolik cherkovining jamiyatdagi o‘rni. Yeretiklar va ularga qarshi kurash.



20-mavzu. Salib yurishlari (A2 1, A2+ 1 soat).

Salib yurishlari arafasida Yevropadagi siyosiy vaziyat. Salib yurishlarining sabablari. Salibchilar qo‘shini.



21-mavzu. Dastlabki salib yurishlari (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Salib yurishining boshlanishi. Quddus qirolligining tashkil topishi. Diniy ritsarlik ordenlari. Salibchilarga qarshi kurash. Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari.



22-mavzu. Keyingi salib yurishlari (A2 1, A2+ 1 soat).

To‘rtinchi salib yurishi. So‘ngi salib yurishlari. Salib yurishlarining to‘xtashi sabablari. Salib yurishlarining oqibatlari.



Takrorlash (A2 1, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A2 1, A2+ 1 soat).
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

tarixiy davrlar va-yillarni ajrata oladi, tarixiy voqelikni tushuntira oladi;



mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi:

Jahon tarixining o‘rta asrlar davriga oid atamalar: xalqlarning buyuk ko‘chishlari, Germanlar, “Sali haqiqati”, Cherkov, Qirol, erkin jamoachti dehqon, yirik yer egaligi, sulola, jamoa yerlari, feodal, qaram dehqon, obrok, barshchina, ushr, Verden shartnomasi, feodal tarqoqlik, imperiya, Rim papasi, imperator, Kiril va Mefodiy yozuvlari, knyaz, boyar, islom dini, xalifalik, musulmon, renessans, “Bayt ul hikma”, hunarmandlar ustaxonasi, hunarmandlar sexi, Yarmarka, Bank, Birja, cherkovi, katolik, provaslav, yeretik, salib yurishlari, salibchilar, diniy ritsarlik ordenlari, toifaviy monarxiya.

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi: Xlodvig, Buyuk Karl. Otton I, Otton III, Yustin, Yustinian, Vladimir Monamax, Muhammmad (s.a.v), Xalifa Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Toriq ibn Said, Karl-martell, Bobek, Xorun ar Rashid, Knyaz Meshko, Oleg, Buyuk Simeon, gersog Vilgelm, Chju Yuan Chjan, Richard II, Eduard, Karl VI, Ioann XII.

Quyidagi tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi:

486-yil Xlodvig franklar davlatiga asos soladi.

527-565-yillar Yustinian I hukmronlik qilgan davr.

532-537-yillar Konstantinopolda Muqaddas Sofiya ibodatxonasi barpo tilgan.

570-yil Muhammad (s.a.v.) Makkada tavallud topadilar.

589-618-yillar Xitoyda Suy sulolasi hukm surgan davr.

610-yil Muhammad (s.a.v.)ga Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayon bo‘la boshlaydi.

618-907-yillar Xitoyda Tan sulolasi hukm surgan davr.

622-yil Muhammad (s.a.v.) o‘z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi.

632-1258-yillar Arab xalifaligi faoliyat yuritgan davr.

632–634-yillar Abu Bakr xalifalik qilgan davr.

656-661-yillar Ali xalifalik qilgan davr.

661-750-yillar Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi hukmronligi davri.

711-yil Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo‘shini Ispaniyani bosib oladi.

732-yil Puate jangida franklar hukmdori Karl-martell arablarni yengib, ularning Fransiyaga yurishlariga chek qo‘yadi.

750-1258-yillar Arab xalifaligida Abbosiylar hukmronligi davri.

756-yil Italiyada Rim papalari davlati – Papa viloyati tashkil topadi.

768-814-yillar Buyuk Karl hukmronlik qilgan davr.

769-783-yillar Movarounnahr markazi Sug‘diyonada Muqanna boshchiligida yirik xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tadi.

772-802-yillar Franklarning sakslar bilan urushlari.

800-yil-dekabr Rim papasi avliyo Pyotr ibodatxonasida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi.

815-yil Ozarbayjonda Bobek boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlanadi.

843-yil Verden shahrida tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida keyinchalik – Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi.

879-yil Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi.

882-yil Oleg Kiev Rusi davlatiga asos soladi.

893-927-yillar Bolgariyada Buyuk Simeon hukmronlik qilgan davr.

919-yil Saksoniya gersogi Genrix qirol deb e’lon qilindi.

X asr o‘rtalari Knyaz Meshko Polsha davlatiga asos soladi.

960-1279-yillar Xitoyda Sun sulolasi davri.

962-1806-yillar Muqaddas Rim imperiyasi hukm surgan davr.

962-yil Rim Papasi Ioann XII Otton I ga imperatorlik tojini kiydiradi.

988-yil Kiev Rusida xristian dini joriy qilinadi.

1054-yil Xristian cherkovi rasman katolik va pravoslav cherkovlariga bo‘lindi.

1066-yil Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi.

1085-yil German imperatori Genrix IV Rim papasiga qarshi og‘ir kurashda unga yordam bergan chex knyazi Bratislav II ga qirol unvonini taqdim etadi.

1095-yil Papa Urban II Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida so‘zlagan nutqida xristianlarni salib yurishiga da’vat qiladi.

1096-1270-yillar Salib yurishlari bo‘lib o‘tgan-yillar.

1108-1137-yillar Fransiya qiroli Lyudovik VI hukmronlik qilgan davr.

1113-1125-yillar Kiev Rusida Vladimir Monomax hukmronlik qilgan davr.

XIII-XV asrlar G‘arbiy Yevropada Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog‘laydigan Shimoliy savdo yo‘llari harakatda bo‘lgan.

1152-1190-yillar Fridrix I Barbarossa hukmronlik qilgan davr.

1180-1223-yillar Filipp II hukmronlik qilgan davr.

1187-yil Misr sultoni Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddusni tortib oladi.

1202-1204-yillar papa Inokentiy III yangi salb yurishlarini tashkil etdi.

1204–1261-yillar salibchilar tomonidan asos solingan Lotin imperiyasi faoliyat yuritgan davr.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

Quyidagi hududlarni xaritadan ko‘rsata oladi:

German, frank qabilalari yashagan hududlar, Angliya, Daniya, Franklar imperiyasi, Muqaddas Rim imperiyasi, Germaniya, Saksoniya, Vizantiya imperiyasi, Bolgariya podsholigi. Chexiya va Pol’sha davlatlari, Sharqiy slavyanlarning joylashuvi, Kiev Rusi davlati, Vizantiya, Ummaviylar, Abbosiylar hukmronligi davrida xalifalik hududlari, Xarsha, suy, Tan imperiyalari, Arab xalifaligi mamlakatlari, Hindiston va Xitoy, Quddus qirolligi, salib yurishilari bo‘lib o‘tgan hududlarini davrga oid xaritalardan ko‘rsata oladi.

A2+

mavzuga oid o‘rganilgan qabilalar va davlatlari hududlarini zamonaviy xaritadan ko‘rsata oladi.

mavzuga oid ma’lumotlarni tarixiy, ilmiy badiiy manbalardan mavzuga oid qismlarini topa oladi.
IV BOB. YEVROPADA MARKAZLASHGAN

DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI

(A2 13 soat, A2+ 18 soat)
23-mavzu. Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Iqtisodiy-siyosiy ahvol. Mamlakatni birlashish zarurati. Fransiyada toifaviy monarxiyaning qaror topishi. Aholining toifalarga bo‘linishi.



24-mavzu. General shtatlar (A2 1, A2+ 2 soat).

Fransiya qirolining cherkovga qarshi siyosati. General shtatlarning chaqirilishi. General shtatlardagi ixtilof.



25-mavzu. Yuz-yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

Yuz-yillik urush, uning kelib chiqish sabablari. Urushning boshlanishi. Mamlakatdagi og‘ir ichki vaziyat. Jakeriya. Angliya bilan sulh shartnomaning imzolanishi. Janna d`Ark. Urushdagi keskin burilish. Urush yakunlari.




26-mavzu. Fransiyada mutlaq monarxiya (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. Sulh shartnomasi. Fransiyaning siyosiy birlashuvi yakunlari. Fransiyada mutlaq monarxiyaning tashkil topishi. Lyudovik XI ning idora usuli.



27-mavzu. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (A2 1, A2+ 1 soat).

Normandlar istilosi va uning oqibatlari. Kuchli qirollik hokimiyatining vujudga kelishi. “Buyuk erkinlik xartiyasi”. Angliya parlamenti.



28-mavzu. Angliya (A2 1, A2+ 1 soat).

Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. Angliyada sulolaviy kurashlar, tyudorlarning hokimiyaga kelishi.



29-mavzu. Germaniya (A2 1 soat, A2+ 2 soat).

Mamlakat xo‘jaligi. Siyosiy taraqqiyotning o‘ziga xosligi. Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. XIII-XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol. Iqtisodiy va ijtimoiy hayot. Siyosiy taraqqiyot. German shaharlari.



30-mavzu. Rus knyazliklari (A2 1 soat, A2+ 1 soat).

Kiev Rusining bo‘linib ketishi. Rusning siyosiy tarqoqlik sabablari va uning oqibatlari. Ichki ziddiyatlar va ularning oqibatlari.



31-mavzu. Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi (A2 1 soat, A2+ 1 soat).

Mo‘g‘ullar hujumi. Botuxonning Rus yerlariga bosqini. Shved va nemis ritsarlarining rus yerlariga tahdidlari.



32-mavzu. Rus knyazliklarida markazlashish jarayonlari (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

Rusni yagona davlatga birlashtirish shart-sharoitlari. Kulikovo jangi. Rusning ozod bo‘lishida Amir Temurning o‘rni.



33-mavzu. Yevropa madaniyati (A2 1 soat; A2+ 1 soat).

Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Ma’orifning rivojlanishi. Universitetlarning tashkil topishi. Ilm-fanning rivojlanishi. Kitob bosishning ixtiro qilinishi.



34-mavzu. G‘arbiy Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot (A2 1 soat, A2+ 1 soat).

Me’morchilik, G‘arbiy Yevropada san’at va adabiyot. Gumanizm.



Takrorlash (A2 1 soat, A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A2+ 1 soat).
VI BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI

(A2 13 soat; A2+ 18 soat).
35-mavzu. Saljuqiylar davlati (A2 1soat, A2+ 1 soat).

Saljuqiy turklar davlatining vujudga kelishi, ravnaqi. Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. Davlat boshqaruvining o‘ziga hosligi.



36-mavzu. Usmonli turklar davlati (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Usmoniy turklar davlati va uning yuksalishi. Yevropaga tahdidi. Amir Temur va Boyazid munosabatlari. Vizantiya imperiyasining barham topishi.



37-mavzu. Mo‘g‘ullar davlati (A2 1, A2+ 1 soat).

“Yakka mo‘g‘ul ulusi” ning tashkil topishi. Iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar. Davlat boshqaruvining o‘ziga hosligi. Mo‘g‘ullar davlati va uning yuksalishi.



38-mavzu. Oltin O‘rda xonligi (A2 1, A2+ 1 soat).

Xonlikning tashkil topishi. Oltin O‘rdada ijtimoiy munosabatlar. Botuxon va Berkaxon hukmdorligi davrida Oltin O‘rda. Oltin O‘rdaning qulashi.



39-mavzu. Xitoy (A2 1, A2+ 2 soat).

XIII-XV asrlarda Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Mo‘g‘ullar bosqini va uning oqibatlari. Min sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. Min sulolasining ichki va tashqi siyosati.



40-mavzu. Yaponiya (A2 1, A2+ 1 soat).

Yaponiyada yer egaligi jamiyatining qaror topishi. Xo‘jalikning rivojlanishi. Davlat boshqaruvining o‘ziga hosligi. Imperator va syogun hokimiyati. Xodzyo xonadoni hukmronligi. Mamlakatdagi ichki ziddiyatlar.



41-mavzu. O‘rta asrlarda Koreya (A2 1, A2+ 1 soat).

Uch qirollik davri. Silla, Koryo, Choson qirolligi. Buyuk Sechjon. Boshqaruv shakli, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vamadaniy hayot.



42-mavzu. Hindiston (A2 1, A2+ 1 soat).

XI-XV asrlarda Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Dehli sultonligining tashkil topishi. Davlat boshqaruvining o‘ziga hosligi. Dehli sultonligining keyingi taqdiri. Yevropaliklarning kirib kela boshlashi.



43-mavzu. Amerika o‘rta asrlarda (A2 1, A2+ 2 soat).

Amerikaning tub aholisi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.-mayyalar. Asteklar. Inklar sivilizatsiyalari.



44-mavzu. Afrika xalqlari o‘rta asrlarda (A2 1, A2+ 1 soat).

Afrika davlatlar: Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.Gana, Mali, Songai, Gvineya, Benin davlatlari boshqaruvidagi o‘ziga hosliklar.



45-mavzu. Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari madaniyati (A2 1 soat; A2+ 2 soat).

Osiyo mamlakatlarida me’morchilik, san’at va madaniyat. Amerika xalqlarining Yevropaliklar kelguniga qadar madaniyati, me’morchilik, san’at. Afrika xalqlari madaniyatining o‘ziga hosligi.



Takrorlash (A2 1, A2+ 1 soat).

Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).

Nazorat ishi (A2 1, A2+ 1 soat).
Nazorat ishi jarayonida quyidagi fanga oid kompetensiyalar tekshiriladi:
Tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi:

A2

tarixiy davrlar va-yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;



mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi:

Domen, toifaviy monarxiya, general shtatlar, dvoryan, “tampliyrlar ishi”, mutlaq monarxiya, Sulh shartnomasi, markazlashgan feodal davlat, kuchli qirollik hokimiyati, “Buyuk erkinlik xartiyasi”, parlament, ijtimoiy ziddiyatlar, gumanizm, “Yakka mo‘g‘ul ulusi”, Oltin O‘rda, beklarbegi, sultonligi, jakeriya, “Orlea qizi”, lord, xartiya, “Mayl End”, magistr, univesitet, kollegiya, kansler, rektor, dekan, monostir, “Dahshatli sud kitobi”, sherif, kommuna, gotika va roman uslubi, viteraj, miniatyura, Yeildirim, yanchar, tumori, Chingizxon, keshik, xon, shomonlik, ulus, suyurg‘ol, iqto, vazir, chiqim, talab, bosqoq, panno, syogun, xanke, ryokalar, samuray, mikado,-mayyalar, asteklar, iniklar, radxona, tugunli xat (kipu) piktgrafika, tlatoni, “suzuvchi dalalar”, Oliy inka;

Quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi:

Qirol Lyudovik VI, Inokentiy III, Isaak II, Filipp II, Filipp IV, Ioann XII, Gilom Kal, gersog Vilgelm, Robim Gud, “Buyuk ozodlik xartiyasi”, Uot Tayler, Genrix Tyudor, Fridrix I Barbarossa, Innokentiy II, Fridrix II, Janna d`Ark, Lyudovik XI, Uot Tayler, Urban II, Aleksandr Nevskiy, Marko Polo, Salohiddin Ayubiy, Chingizxon, Botu, O‘zbekxon, Jonibekxon, Muso I, Iogann Gutenberg, Mamay, Yaroslav Donishmand (Mudriy), Vladimir Monamax, Vladimir Suzdal, Knyaz Dmitriy (Donskiy);

Quyidagi tarixiy sanlar haqida ma’lumot bera oladi:

XIII asrning boshlari Fransiya qiroli Filipp II tomonidan “Ingliz tojining marvaridi” hisoblangan Noriandiya qaytrib olinadi.

1307-1377-yillar, Rim cherkovi tarixida “Papaning Avinon tutqini” degan nom oldi.

1337-yil ingliz qiroli Edurad III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi.

1302-yil Fransiyada General shtatlarning chaqirilishi.

1337–1453-yillar Angliya va Fransiya o‘rtasidagi “Yuz-yillik urush”.

1346-yil Angliya va Fransiya o‘rtasidagi Kresi jangi.

1358-yil Fransiyada Gilom Kal boshchiligidagi dehqonlarning Jakeriya qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tadi.

1491-yil Karl VIIIning Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi Fransiyaning markazlashuvini yakunladi.

1086-yil Normandiya gersogi Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer mulk va aholi ro‘yxatini o‘tkazdi.

1279-yil Mo‘g‘ullar tomonidan Xitoy to‘liq bo‘ysundiriladi.

1206-yil Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi.

1206-yil Dehli sultonligi tashkil topadi.

1368-yil Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topdi.

XII- XIII asrlar Angliyada dehqonlar urushi.

1215-yil qirol Ioann “Buyuk ozodlik xartiyasi” nomini olgan hujjatga imzo qo‘ydi.

1265-yil Angliyada birinchi parlament chaqirildi.

XIV asrdan Angliya parlamenti lordlar va umumpalatalarga bo‘lindi.

1381-yil Uot Tayler qo‘zg‘oloni.

1397-yil Londondagi birinchi yopiq bozor Blekuelxoll qurib bitkazilgan.

1455-1485-yillar Angliyada “qizil va oq gullar” urushi.

1485-yil Lankasterlar xonadoni yordamida Genrix Tyudor Angliya taxtiga o‘tirdi.

1176-yil Lenyando jangidan so‘ng, Fidrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna – erkinlik huquqni berishga majbur bo‘ldi.

1237-1242-yil Botuxon Sharqiy Yevropadagi Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani iste’lo qiladi. Oltin O‘rda xonligi tuziladi.

1240-yilda Aleksandar Yaraslavich neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g‘alaba qozonadi va unga Nevskiy nomi beriladi.

1242-yil Chud ko‘lida “Muz ustidagi jang” ruslar va nemislar o‘rtasidagi jang.

XII-XIII asrlar Italiya (Neapl, Boloniya), Ispaniya (Siviliya, Valnenskiy), Fransiya (Parij, Tuluza), Angliya (Oksford, Kemberj) dastlabki universitetlar tashkil etilgan.

1445-yil Logann Gutenberg tomonidan kitob bosish dastgohi kashf qilindi.

1337-yil Botu va Subutoylar Ryazanni bosib oldi.

1238-1340-yillarda Botu va Subutoylar Vladimir, Suzdal, Kiev, Galich, Volin va boshqa shaharlarni bosib oldi.

1380-yil Knyaz Dmitriy (Donskiy) Mamay boshchiligidagi qo‘shinni yengdi.

1391-yil Amir Temur Oltin O‘rda ustidan Qunduzcha, 1395-yilda Tarak daryosi bo‘yidagi mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alabasi rus yerlari va Sharqiy Yevropa xalqlarining mo‘g‘ullar zulmidan ozod etdi va saqlab qoldi.

1402-yil Amir Temur bilan Boyazid o‘rtasida Anqara jangi.

1409-yil Bryuggeda birja tashkil topgan.

1415-1420-yillar Xitoy imperatorlarin Samarqanddagi Ulug‘bek saroyiga elchi yubordi.

1445-yil Konstantinopol Usmonli turklar tomonidan bosib olindi va Istambul deb nomlandi.


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

Quyidagi hududlarni xaritadan ko‘rsata oladi:

Angliya, Fransiya, frank qirolligi, Normandiya, Burgundiya, Vretan, Akvitaniya, Shampan, Flandiya, Parij, Tuluziya, Avinon, Kresi, Jakeriya, Reyms, Kompen, Ruan, Kale, Marsel, Tauer, Frankfurt, Kyoln, Vorms, Ulm, Nyunberg, Angsburg, Milan, Lombardiniya, Ganza, Daniya, Shvabiya, Italiya, Kiev, Moskva, Venesiya, Florensiya, Bursa, Kichik Osiyo, Bolqon, Istambul, Qunduzcha, Tarak.

A2+

mavzuga oid o‘rganilgan qabilalar va davlatlar hududlarini zamonaviy xaritadan ko‘rsata oladi;

mavzuga oid ma’lumotlarni tarixiy, ilmiy badiiy manbalardan mavzuga oid qismlarini topa oladi.

O‘quvchilarda quyidagi tayanch kompetensiyalar tizimi shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:

A2

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va javob beradi;

ijtimoiy moslashadi, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qiladi, jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi.

A2+

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila biladi, uni ishontira biladi;

turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara oladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A2

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana oladi.



A2+

media vositalardan zarur bo‘lgan (tarixiy, ilmiy, badiiy) axborotlarni izlab topa oladi, saralaydi, qayta ishlaydi, uzatadi, saqlaydi, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media madaniyatga rioya qiladi.


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A2

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib boradi, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intiladi;

o‘z xatti-harakatini adekvat baholay oladi.

A2+

fanga oid tanlovlar va tadbirlarda ishtirok etadi.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A2, A2+

Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi va faol ishtirok etadi;

o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi, unga rioya qiladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:

A2, A2+

orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qiladi,

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy-madaniy an’analar va h.k.) biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi;

o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qiladi;

xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qiladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A2, A2+

kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy oladi va foydalana oladi;



inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - (A2 44 soat; A2+ 56 soat).

Nazorat ishlari uchun(A2 2 soat; A2+ 2 soat).

Takrorlash uchun (A2, A2+ 5 soat).

Manbalar bilan ishlash(A2+ 5 soat).

Jami: (A2 51 soat, A2+ 68 soat).
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Ўзбекистон, 1998.

  2. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – 440 б.

  3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u istiqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng оliy saodatdir. – T.: O’zbekiston, 2015.

  4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  6. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.

  8. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997-yil 29-avgustdagi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni.

  9. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g'risida” gi 390-sonli Qarori.

  10. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2004-yil 21-maydagi “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to’g’risida” gi Farmoni.

  11. O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirli va Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2010-yil 1 iyuldagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o’qitiladigan umumta'lim fanlari hamda oliy ta'limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash to’g’risida” gi 6G`2G`4G`1-sonli qo’shma hay'at majlisi qarori.

  12. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2012-yil 10 dеkabrdagi “Chеt tillarini o’rganish tizimini yanada takomilashtirish to’g’risida” gi PP-1875-sonli qarori.

  13. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta'lim tizimining chеt tillar bo’yicha davlat ta'lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli qarori.

  14. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 aprеldagi “Umumiy o’rta ta'lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori.

  15. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta'lim to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori.

  16. O’tkazilgan Forum tavsiyalari “Ijtimoiy fanlarni o’qitish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishda o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va еchimlar”. 2017-yil. 24-25-mart kunlari.

  17. Тарих ўқитиш методикаси. – T.: TURON- IQBOL, 2001.

  18. Жаҳон тарихининг муҳим саналари. – T.: O‘zbеkiston, 2011.

  19. O‘zbеkiston tarixining muhim sanalari.”O’ZBEKISTON” NMIU, 2012-yil.

  20. O‘zbеkistonda davlat va din munosabatlari: Diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo’nalishlari. – “Toshkеnt islom univеrsitеti” nashriyot –matbaa birlashmasi, 2014-yil.

  21. Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Т.: O’zbekiston, 2015.

  22. Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. – Т.: Маънавият, 2008.

  23. Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи (Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар). – Т.: Шарқ, 2001.

  24. Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар. – Т.: Шарқ, 1999.

  25. Левитин Л. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Президент Ислом Каримов тарафдорининг танқидий мулоҳазалари. – Т.: Ўзбекистон, 2001.

  26. Левитин Л., Карлайл С. Ислом Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. – Т.: Ўзбекистон, 1996.

  27. Тойнби А. Цивилизация перед судом истории. Сборник. – М.: Рольф, 2002.

  28. Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиѐтнинг ўзбек модели (методология, инновация, тарихий таҳлил). – Т.: O’zbekiston, 2015.

  29. Эркаев А. Ўзбекистон йўли (Президент Ислом Каримовнинг ислоҳотлар назарияси ҳақида мулоҳазалар). – Т.: Маънавият, 2011. – 198 б.

  30. Жалолиддин Мангуберди. – Т.: Шарқ, 1999.

  31. Muhammad Ali. Sarbadorlar. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.


Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablariga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining

10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun “Tarix” fanlari bo‘yicha yagona o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ishchi guruhi
TARKIBI



TТ/r

F.I.SH

Lavozimi

Imzo

1.

Yaxshiyev Anvar Jo‘raqulovich

O‘zbekiston davlat soliq akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent




2.

Zamonov Akbar Turg‘unovich

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiq-lashtiruvchi metodik markazi bo‘lim boshlig‘i.




3.

Xodjayev Begzod Xudoyberganovich

A.Navoiy nomidagi Toshken davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, p.f.d., prof.




4.

Ergashev Shuhrat

Fanlar akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n.




5.

Rajabov Qahramon

Fanlar akademiyasi Tarix instituti loyiha rahbari, t.f.d., prof.




6.

Raximjonov Durbek Obidjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti dotsenti, t.f.n




7.

Ismatova Nargiza Qamariddinovna

Respublika ta’lim markazi bo’lim boshlig’i




8.

Abdullayev Jamshid

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey tarix fani o’qituvchisi




9.

Safarova Shirin Yarashovna

Respublika ta’lim markazi metodisti




10.

Tojiboyev Husniddin Abdumalikovich

Yakkasaroy tumani 144-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi




Tarix fani ekspert guruhi tarkibi

11.

Polvonov Jo‘rabek Ne’matovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining tarix fani o‘qituvchisi




22.

Tillaboyev Soyibjon Bakievich

Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchisi




33.

Alimova Mahfuza Faxrutdinovna

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta o’qituv-chisi, t.f.n.




44

Xaydarxon Yuldoshxodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, t.f.n.




55

Xushvaqova Nigora

Toshkent shahar Uchtepa tumani 74-maktabning tarix fani o`qituvchisi




Download 56,8 Kb.




Download 56,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarix fani O‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

Download 56,8 Kb.