“O’zbekiston” 2010. 14-15 betlar.
-
o’quvchilar doira shaklida joylashadilar;
-
o’qituvchi doiraning o’rtasiga turadi va ular bajarishi kerak bo’lgan harakatlarni birma
bir sanaydi;
-
o’quvchilar esa o’qituvchi aytgan harakatlardan faqatgina oldiga “klassik” so’zi
qo’shib aytilgan harakatlarnigina bajarishi kerak bo’ladi;
-
agarda “klassik” siz aytilgan harakatni kimdir bajarsa, o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi.
Masalan: O’qituvchi:
“klassik o’tiring”, “klassik turing”, “klassik qo’lingizni ko’taring” “tushuring”
va hokazo
tarzida.
Uyga vazifa: Mashqlarni takrorlash.
2-SINF
I.Dars mavzusi: Kun tartibi va shaxsiy gigiyena.
II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga shaxsiy gigiyena va kun tartibi haqidagi ma’lumotlarni
to’la yetkazish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ozoda, saranjom, sarishta,
intizomli va rejali qilib
tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini
rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: gigiyena,
kun tartibi, uxlash, ovqatlanish, dars
tayyorlash,
rejalashtirish, impulslar va hokazo.
IV. Darsning metodlari: aqliy hujum, Blits-so’rov.
V. Dars usuli: noan’anaviy.
VI. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 2-sinf “Jismoniy tarbiya” darsligi,
mavzuga oid
rasmlar, tarqatma materiallar.