|
I bob. Funksional ketma-ketliklar va ularning yaqinlashuvchanligi
|
bet | 1/10 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 2,81 Mb. | | #263944 |
Bog'liq TAYYOR
Mundarija:
Kirish
I BOB. FUNKSIONAL KETMA-KETLIKLAR VA ULARNING YAQINLASHUVCHANLIGI
1.1. Funksional ketma-ketliklar
1.2. Funksional qator
1.3. Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlar va xossalari
1.4. Darajali qatorlar.
II BOB. FUNKTSIONAL QATORLAR
2.1. Funktsional qator yig`indisining funktsional xossalari
2.2. Darajali qatorni hadlab differenstiyalash va integrallash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
"Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo'lib o'tirish
taraqqiyot yo'lidagi eng katta g'ovdir"
SH.M.Mirziyoyev
Hozirgi kunda insonlar axborot kommunikatsiya sohasidan samarali foydalanishmoqda. Hayotning hamma sohasida kompyuterlashtirilgan tizim, internet tushunchalari kirib bordi va keng foydalanilmoqda.
Mаtеmаtikа oʻsib kеlаyotgаn yosh аvlоdni kаmоl tоptirishdа oʻquv fаni sifаtidа kеng imkоniyatlаrgа egа. U oʻquv tаfаkkurini rivоjlаntirib, аqlni chаrхlаydi, fikrlаshni tаrtibgа sоlаdi. Shu bilаn bir qаtоrdа tеоrеmаlаrni isbоtlаsh vа mulоhаzаlаrning toʻgʻri, mukammal va aniq tuzilgаnligi tаlаbаlаrga qiziqish paydo qiladi. Matematikaning imkoniyatlari juda keng va boy. U nafaqat fizika, astronomiya, ximiya, biologiya, geologiya, iqtisod fanlarida, balki tibbiyot, tilshunoslik, atrof-muhitni himoya qilish tabiatdagi turli-tuman hodisalarni oʻrganishga ham dadillik bilan kirib borayapti va samarali natija berayapti. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish yangi texnologiyalarni yaratish va ishga tushirishni, bu esa oʻz navbatida juda murakkab matematik hisob-kitoblarni taqozo etadi. Shunday qilib, matematik kadrlar sifatini tubdan yaxshilash masalasi yuzaga kelmoqda. Mamlakatimizga koʻplab yuqori malakali matematiklar kerak. Ularni tayyorlash ishi maktabdan, hattoki, bogʻchadan boshlanishi kerak. «Rеspublikаdа quyidаgi yoʻnаlishlаr boʻyichа jаhоn dаrаjаsidаgi ilmiy mаktаblаr yarаtilgаn boʻlib, ulаrdа tаdqiqоtlаr muvаfаqqiyatli оlib bоrilmоqdа. Jumlаdаn, mаtеmаtikа, ehtimоllаr nаzаriyasi, tаbiiy vа ijtimоiy jаrаyonlаrni mаtеmаtik mоdеllаsh, infоrmаtikа vа hisоblаsh tехnikаsi sоhаsidаgi tаdqiqоtlаr. Mаtеmаtikа fаnining ehtimоllаr nаzаriyasi vа mаtеmаtik stаtistikа, diffеrеnsiаl tеnglаmа, аlgebrа vа sоnlаr nаzаriyasi, funksiоnаl tаhlil sоhаsidаgi yutuqlаri rеspublikаdа аnchа mаshhur».
Bu esa nafaqat har bir kasb-hunar kolleji, akademik litsey, oliy o`quv yurtlari bitiruvchilari balki magistrlarga ham matematika fani boʻyicha ilmiy ishlar, tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borish va matematika sohasida yanada ulkan natijalarga erishish uchun katta imkoniyat sanaladi.
|
| |